yo‘qotgan hissiyotini qaytarishda va o‘z xatti-harakati uchun mas’uliyatni his
qilishida yordam beradi.
Ommaviy tartibsizliklar paytida ommani tarqatish uchun uni kichik guruhlarga
ajratish, olomondagi ashaddiy ishtirokchilarni topish va ularni jazolash muhim
ahamiyat kasb etadi.
Olomondagi jamiyatga qarshi harakatlarning oldini olishda ichki ishlar
idoralari xodimlari sotsial psixologiya va uning qonuniyatlarini yaxshi bilishlari,
ya’ni sotsial jarayonlar, jamoa va guruhlarining
psixologik xususiyatlarini, ularni
harakatga keltiruvchi psixologik mexanizmlarni hisobga olishlari muhim ahamiyatga
egadir. Bundan tashqari, amaldagi qonunni, jamiyatdagi ma’naviy-ruhiy muhitni
o‘rganishlari, sotsial psixologik munosabatlar tizimida jamoa va guruhlarning o‘rnini
bilishlari zarur.
Amaldagi qonunlarga muvofiq, ichki ishlar organlari
zimmalariga yuklatilgan
vazifalarni odatdagi (kundalik) sharoitlarda ham, alohida sharoitlarda ham
bajaradilar.
Jamoat tartibini va xavfsizligini saqlashning alohida sharoitlari
deganda,
odamlar hayoti va sog‘lig‘i, moddiy va madaniy qadriyatlar uchun xavflilik darajasi
katta bo‘lgan muayyan holatlarda yuzaga keladigan hamda ichki ishlar organlaridan
huquqiy va tashkiliy xususiyatga ega maxsus choralar ko‘rishni talab qiladigan
sharoitlar tushuniladi. Mazkur sharoitlar turli xil favqulodda vaziyatlarning kelib
chiqishi bilan bog‘liq. Tinchlik vaqtida ularga quyidagilar kiradi:
tabiiy ofatlar,
epidemiyalar, epizootiyalar, texnogen va ekologik falokatlar, sotsial to‘qnashuvlar,
shuningdek, katta ommaviy tadbirlar o‘tkazilishi va hokazo.
Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qonuniyligiga ko‘ra miting, yig‘ilish, namoyish
o‘tkazish demokratiyaning bir ko‘rinishidir. Demokratik davlat va fuqarolik
jamiyatini shakllantirishda fuqarolar o‘z sotsial-siyosiy faolliklarini erkin amalga
oshirish huquqiga egadirlar. Konstitusiyamizning 33-moddasida fuqarolarning sotsial
faolliklari miting, yig‘ilish va namoyishlar shaklida amalga oshirilish huquqi e’tirof
etilib, qonuniy jihatdan mustahkamlangan.
Hozirgi vaqtda turli xil ommaviy tadbirlar aholining sotsial faolligi va bo‘sh
vaqtini o‘tkazishining keng yoyilgan shakllaridan biri hisoblanadi hamda shaxsning
159
siyosiy hayot, sport,
madaniyat, san’at yutuqlaridan bevosita bahramand bo‘lish
ehtiyojini qondiradi. Demokratiya sharoitida fuqarolarning konstitusiyaviy huquq va
erkinliklarini amalga oshirishlari ko‘p jihatdan ularning davlat organlari, siyosiy
partiya va harakatlar, shuningdek, turli xil kasaba uyushmalari, sport, madaniyat,
diniy va boshqa tashkilotlar o‘tkazadigan turli xil ommaviy
tadbirlarda faol ishtirok
etishlari bilan bog‘liq.
Shu o‘rinda, ommaviy tadbirlarning turlari va ularni o‘tkazish tartibiga
to‘xtalishdan avval, uning lug‘aviy ma’nosiga alohida e’tibor qaratsak. O‘zbek
tilining izohli lug‘atida «ommaviy» so‘zining mohiyatiga «ommaga, ko‘pchilikka
oid; ko‘pchilik tomonidan yoki omma orasida bajariladigan ommaviy ish. Ommaviy
harakatlar», deb izoh berilgan.
O‘zbekiston Respublikasida ommaviy tadbirlar o‘tkazilishining huquqiy asosi
bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 13 yanvardagi
«Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarorida
«ommaviy tadbirlar» tushunchasi berilgan bo‘lib, unda «ko‘ngilochar, teatr-tomosha,
konsert, sport, reklama dasturlari va boshqa dam olish dasturlarini, shuningdek,
kamida 100 kishi ishtirokida umumxalq, diniy, professional bayramlarni o‘tkazish
maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ochiq va yopiq inshootlarda,
maydonlarda, binolarda va boshqa joylarda tashkil etiladigan kishilarni to‘plash»
ommaviy tadbirlar ekanligi ta’kidlangan.
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, yuridik va jismoniy shaxslar
ommaviy tadbirlarni o‘tkazish tashkilotchilari bo‘lishlari mumkin. Tashkilotchilar,
artistlar, sportchilar va dasturda nazarda tutilgan tomoshali chiqishlarni (harakatlarni)
bevosita amalga oshiruvchi boshqa shaxslar hamda tomoshabinlar ommaviy tadbirlar
qatnashchilari hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: