Turistlik xizmatlar haqida tushuncha
Turistlik mahsulotlar haqida tushuncha.
Jozibador turistlik mahsulot yaratish.
Xizmat ko‘rsatish klasslari va paketi
8.1. Turistlik xizmatlar haqida tushuncha
O‘zbekiston Respublikasining «Turizm to‘g‘risida»gi Qonunidagi ayrim moddalarda turistlik xizmatlar bilan bog‘liq tushunchalarning ta’rifi berilgan. Jumladan, Qonunning 3-moddasida turistlik xizmatlar tushunchasi haqida: «turistlik xizmatlar–turistlik faoliyat sub’ektlarining joylash-tirish, ovqatlantirish, transport, axborot-reklama xizmatlari ko‘rsatish borasidagi, shuningdek, turistlarning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan boshqa xizmatlar», - deb ta’riflanadi. Qonunning 11-moddasi: «Turistlik sayohat va turistlik xizmatlar majmui»,-deb nomlanib, unda quyidagi fikrlar bayon qilinadi - «turistlik sayohat yakka tartibda yoki turistlar guruhi tarkibida amalga oshiriladi. Turistlik xizmatlar majmui transport xizmati ko‘rsatishni, yashash, ovqatlantirish, ekskursiya xizmati ko‘rsatish, madaniy, sport dasturlarini tashkil etish va boshqa xizmatlarni o‘z ichiga oladi», - deyiladi.
Qonunning 10-moddasi: «Turistlik xizmatlarni sertifikatlashtirish»,-deb nomlanib, unda quyidagi jumlalarni o‘qiymiz: «Turistlik xizmatlar majburiy sertifikatlashtirilishi lozim. Turistlik xizmatlarni sertifi-katlashtirish va sertifikat berish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Turistlik faoliyat sub’ektining turistlik xizmatlarni majburiy sertifikatlashtirishdan bosh tortishi, turistlik xizmatlarni sertifikatlashtirishning natijasi salbiy bo‘lishi, shuningdek, sertifikatning amal qilishini bekor qilish turistlik faoliyatni amalga oshirish uchun berilgan litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib qo‘yishiga yoki litsenziyadan mahrum qilishga sabab bo‘ladi».
Qonunning 12-moddasi: «Turistlik xizmatlar ko‘rsatish shartnomasi»,-deb nomlanib, quyidagi fikrlar bayon etiladi: «Turistlik xizmatlar shartnoma asosida ko‘rsatiladi. Shartnomada ko‘rsatilgan xizmatlarning ko‘lami va sifati, taraflarning huquqlari hamda majburiyatlarini, haq to‘lash va hisob-kitoblar tartibini, shartnomaning amal qilish muddatini va uni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgarlikni, shuningdek, taraflarning kelishuviga ko‘ra boshqa shartlarni belgilaydi». Qonunning 13-moddasi: «Turistlik yo‘llanma (vaucher)»,-deb nomlanib, unda: «Turistlik yo‘llanma (vaucher) - turistning yoki turistlar guruhining tur tarkibiga kiruvchi turistlik xizmatlarga bo‘lgan huquqini belgilovchi va bunday xizmatlar ko‘rsatilganligini tasdiqlovchi hujjat»,-deyiladi.
Turist turistlik mahsulotlar (turistlik xizmatlar, ishlar va tovarlar) iste’molchisidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |