7-ilova Turistlik yo‘llanmasiga AXBOROT VARAQASI
Sayohat nomi Zaruriy ma’lumotnoma
247
Turistlik safarning turi va xili, sayohat davomida va uning safar qismida ko‘rsatiladigan xizmatlarning asosiy mazmuni ko‘rsatiladi.
Sayohat yo‘lining bayoni – to‘xtash joylari, muddati va joylashish shart-sharoitlari va xizmatlar turi (bino xili, nomerdagi o‘rinlar miqdori, uning sanitar-gigiyenik jixozlar) ko‘rsatiladi.
Sayohat hududining qisqacha bayoni (yodgorliklar, relefining o‘ziga xosliklari), safarning har bir punkdagi xizmatlar dasturi (Turistlik safarining texnologik haritasiga mos ravishda) beriladi.
Qo‘shimcha to‘lovlar evaziga ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxati.
Sport inshoatlari, maydonchalari, avtomobil turar joyi, yo‘lovchilar uchun osma ko‘priklar, bolalar o‘yin maydonchasi (xonalari) kutubxona, kinozal va boshqalar mavjudligi va qisqacha tavsifi.
Turistlik safari boshlanadigan turistlik korxonasi manzili va unga borish yo‘li.
Qo‘shimcha ma’lumotlar taxminiy ro‘yxati
Yosh cheklovi, bolali sayyohlar, oilalilar qabuli to‘g‘risida ma’lumot.
Poxodli turistlik safar uchun maxsus ma’lumot.
Boshqa ma’lumot va tavsiyalar
IZOH: Doimiy tibbiy nazoratda bo‘lishi lozim bo‘lgan shaxslarga sayyohatning marshrutlari tavsiya etilmasligini ta’kidlash maqsadga muvofiqdir.
8-ilova Turistlik safar marshrutining ekspeditsion tekshiruv o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi
hisobotning tuzilishi va mavzusi
Marshrutning ekspeditsion tekshiruv o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi hisobot safarlarning nazarda tutgan yangi turistlik sayohatini loyihalashtirish uchun asosiy ma’lumotnoma hisoblanadi.
Hisobot matni quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
Safar hududi to‘g‘risida ma’lumotlar: safarga tayyorgarlik va uni o‘tkazish paytida hududning taktik va texnik masalalarga ta’siri.
Safar to‘g‘risida ma’lumot: safar marshrut to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar, uning uzunligi va davomiyligi, turli vositalar yordamida pechadigan bosqichlari. Safarni tashkil etish, jumladan aynan shu marshrut tanlanishining asoslanishi. Safar harakatining grafigi va texnik tavsifi.
Havfsizlik, ekstremal vaziyatlar, ko‘rish cheklangan sharoitlarda
mo‘ljallarga alohida e’tibor beriladi. 2.5 Safar xulosasi, natija va tavsiyalar.
Hududning eng o‘ziga xos jihatlari, o‘tishni yengillashtirish yo‘llari,
havfsizlik va qiziqarli o‘tkazish takliflari.
Safarga tayyorgarlik va hisobot tayyorlashda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, Turistlik hisobotlari va boshqa manbalar.
Ilova:
248
shaxsiy va guruh jihozlari, jihoz va inventar koplektatsiyasi bo‘yicha tavsiyalar;
safarda ovqatlanish ratsioni, yo‘lda mahsulotlar olish imkoniyati mavjudligi;
guruh va har bir kishiga tegishli mahsulot va uskunalar hajmi; safar harajatlari smetasi;
transport, aloqa, tibbiyot punktlarining ish tartibi;
hisobotga ilova qilinadigan suratlar (chizmalar)
safar yo‘lining murakkab nuqtalarini, yodgorliklarni, tabiatini aks ettirishi lozim. Fotosuratlar va chizmalar raqamlanishi, nomlanishi va imzolanishi kerak.
safar hududining marshrut ko‘rsatilgan, zahira yo‘l qayd etilgan, yo‘nalishlar belgilangan, tunash joylari ta’kidlangan, to‘siq va mo‘ljallar aks etgan, asosiy nuqtalar fotosuratlar vositasida tasvirlangan haritasi. Harita safarning og‘ir uchastkalari va ularni o‘tish yo‘llarini aks ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |