Ekskursiya xizmatlarida turistlarning hayoti xavfsizligini ta’minlash.
Turizm marshrutlaridagi ekskursiyalarda turistlarning hayotiga xavf soluvchi vaziyatlar transport xizmatlarida, dam olish xizmatlarida, sayrlarda va ovqatlanish xizmatlarida ham yuz berishi mumkin. Chunki, marshrutlardagi ekskursiyalarda ham turistlik marshrutlardagi barcha xizmatlar ko‘rsatiladi. Ayniqsa ekoturizm marshrutlaridagi (tog‘larda, suv havzalarida, daralardagi so‘qmoqlarda va hakozo…) ekskursiyalarda harakatlanishdagi xavfsizlik oldindan ta’minlanishi zarur.
Turistlarni tog‘ so‘qmoqlarida tabiat bilan tanishtirish ekskursiyalarida ehtiyotlik choralariga, tartib-intizomga rioya qilish kerak. Chunki, bunday sharoitda turistlar surinib, pastliklarga tushib ketishi yoki oldinda ketayotgan turistlarning noto‘g‘ri harakatlaridan pastda kelayotganlar ustiga toshlar yumalab ketishi hollari yuz berishi mumkin.
Ekskursiyalar o‘tkazish davrida (ekoturizm ekskursiyalarida) tabiatning so‘lim joylarida dam olish istagi paydo bo‘lgan hollarda, turistlarni qisqa muddatli ovqatlantirishda tushonka, kolbasa, brinza yoki oldindan pishirilgan ovqatlarning toza saqlanganligi, sifati tekshirilgandan keyin foydalanishi lozim. Ichimliklar albatda termosda choy, gazlangan suv o‘z idishlarida saqlanishi kerak.
244
Turistlik marshrutni o‘tkazishda turistlarning hayoti xavfsizligini ta’minlashda eng ishonchli vositalar bo‘lishi tibbiyot markazlari va ularning bo‘limlari bilan doimiy telefon aloqalarning mavjud bo‘lishligi marshrut rahbari uchun ma’suliyatli, majburiy vazifa bo‘lishligi talab qilinadi. Ikkinchidan, marshrut rahbari marshrutga yaqin bo‘lgan va atroflardagi tibbiy yordam ko‘rsatish punktlari joylashgan manzillarni juda yaxshi bilishlari kerak. Uchinchidan, marshrut davomida tibbiyot dorilar qutichalari (aptechkalar) bo‘lishligi ham marshrut hujjatlarida rasmiylashtirilishi talab qilinadi.
Turistlik marshrutlarda turistlarning hayoti xavfsizligini ta’minlashdagi birinchi chora-tadbirlar bu- marshrut boshlanishida turistlarga marshrutda tartib-intizomning saqlanishi, xavfli vaziyatlar yuzaga kelishidan ehtiyot bo‘lish haqida qisqacha tushuntirish ishlari o‘tkazilishi va bu haqda marshrut axborotnomasida alohida qaydlar bo‘lishini amalga oshirishdir.
Turistlik marshrutlarda turistlarning birortasi bilan ko‘ngilsiz, hayotiga xavf soluvchi voqealar yuz berganda tezkor usullarda bunday voqealarni bartaraf etish chora-tadbirlari ko‘riladi. Agar bunday voqealarga marshrut tashkilotchilari aybdor bo‘lishsa uzr so‘rashni turistlik tashkilot rahbari bajaradi. Marshrut tugagandan keyin yuz bergan voqea turistlik firma jamoasi ishtirokida muhokama qilinib tegishli qarorlar qabul qilinishi kerak.
Turistlarning hayotiga xavf soluvchi omillar, vaziyatlar, ob’ektlar, holatlar haqida so‘z yuritganda e’tibor berish lozimki, turist mehmonxonaga kelib joylashgandan keyin o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan marshrutda bo‘ladi. U yoki ular (turistlar) hohishi bo‘yicha mehmonxona yaqinida joylashgan ob’ektlarga (parklarga, ko‘chalarga, binolarga, markazlarga va hako…) qisqa muddatli sayrlarga chiqishi ham marshrut sxemasida bo‘ladi va bu yurishlar, tanishishlarda ham turistlarni albatda marshrut rahbari (turoperator boshlab yuradi). Shuning uchun ham turistlarning hayotiga xavf soluvchi holatlar, omillarni marshrut rahbari (turfirma xodimlari) juda yaxshi bilib olishlari zarur bo‘ladi.
Turistlarning hayotiga xavf soluvchi omillar quyidagicha ta’riflanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |