O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti


rasm. Kriptovalyutalarni nomlanishi va ularni muallifi



Download 3,62 Mb.
bet12/26
Sana24.06.2022
Hajmi3,62 Mb.
#701030
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26
Bog'liq
Джалилов Акмал

1.12. rasm. Kriptovalyutalarni nomlanishi va ularni muallifi

Kriptovalyutalar ba’zi bir xususiyatlarini va internet manzillarini quyida qisqacha tavsiflab o’tamiz.


LTC ushbu kriptovalyuta ommaviyligi jihatidan ikkinchi o’rinda turadigan kriptovalyutadir. Unda bloglar har 2,5 daqiqada generatsiya qilinadi va unda 84 million pul birligi mavjud. Tizimning murakkabligi har bir 2016 blokda o’zgarib turadi. Har bir blok uchun mukofotlanuv 50 LTC har 840000blokda ikki baravar kamayadi. Xeshlashtirish algoritmi ,,scrypt” turiga mansub. Ushbu algoritimning boshqalaridan asosiy farqi LTC ning markaziy protsessorda osonroq mayning qilinishidir. Ular haqida Litecoin ning malumotnomasida va mayning bo’yicha qo’llanmada batafsilroq keltirilgan.
NMC ya’ni Namecoin kriptografik jihatdan himoyalangan va .bit deb nomlangan domen zonasida ishlash uchun yaratilgan. Ushbu ,,valyuta” bitcoin konseptsiyasiga asoslangan bo’lib u bilan bir xilda hisoblanishi mumkin. Pullarning o’zi .bit zonasidagi domenlarni qayd qilishga asoslangan. Bitcoin kriptografik tizimchasi tufayli bunday domenlar ularning egalaridan boshqalar tomonidan o’zgartirishga qarshi himoyalangan. Ammo DNS serverni o’z shaxsiy kompyuterida ko’rib chiqish imkoniyati har bir ishtirokchi uchun mavjud.
PP-PPcoin PoW va POS ning gibrid dizayni xuddi shu valyutada amalga oshirilgan. Bu tizimda tanzaktsiya 520 marta tasdiqlanishini so’raydi, ammo pullar hanyonda darrov paydo bo’ladi. Tizim hakkerlar hujumiga juda chidamli hisoblanadi.
NVC ya’ni Novacoin tizimini yaratishdan asosiy maqsad PPCoinlarning afzalliklarini yana bir marta qaytarish bo’lgan ammo bunda uning juda ham katta emissiya hajmi kabi kamchiliklaridan qutilishga harakat qilingan. Bitkoin tangalarini yaratish uchun sarflanadigan xarajatlar unchalik katta emas, biroq oltin yomki neftni qazib olishdagi tashkilotlar ko’payishi va ushbu resurslarning kamyob topilishi bois narxi oshgani singari bitcoinni ham so’nggi vaqtlarda mayning orqali hosil qilish murakkablashgan holda butun bir boshli ,,mayning fermalari”dagi bir necha kunlik to’xtovsiz amaliyot natijasida bor yo’g’i bir nechta bitkoin hosil bo’layotgani hamda bitkoinlar soni chegaralangani (21000000) narxning ko’tarilishiga turtki bo’lmoqda. Biroq bundan tashqari yana eng katta sabablardan biri Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreya singari rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida rasman to’lov vositasi sifatida qabul qilinishi ushbu bitkoin tangalariga nisbatan talabni kuchaytirdi, 2017-yilning o’zida yil boshiga nisbatan jadal o’sish ko’rsatgichiga erishildi. Kurs 998 AQSH dollaridan 20000 AQSH dollariga ko’tarildi. Bugun dunyodagi yetakchi birjalar yirik banklar ham bitkoinning oldi-sotdisini treyding tizimida yo’lga qo’yishlariga to’g’ri kelmoqda.
TRC-Terracoin bu tizimda har 2 daqiqada generatsiya qilinadi va jami tangalari soni 42 millionni tashkil etadi. Murakkablik har 30 ta blokdan keyin qayta hisoblanadi. Blok uchun mukofotlanuv 20 TRC deb belgilangan. Har 1050000 blokda mukofotlanuv ikki barobar kamayadi.
FTC-Feathercoin fork Litecoin hisoblanadi va u scryptdan hamda POW sxemadan foydalanadi. Bloklar har 2,5 daqiqada generatsiya qilinadi. Unda jami 336 million tanga mavjud. Murakkablik har 5040 blokda qayta hisoblanadi, blok uchun mukofot miqdori 200FTC bo’lib, u har 8400000 blokda ikki marta kamayadi.
CNC-Chinacoin ham fork Litecoin hisoblanadi. Bloklar har bir daqiqada generatsiya qilinadi. Unda jami 2628000 bloklar bo’lib, u 462,5 million tangani tashkil qiladi. Murakkablik har 5040vblokda qayta hisoblanadi, blok uchun mukofotlanuv miqdori 88CNC.
RUC-Rucoin ushbu kriptovalyuta tangalarni scrypt hamda sha256d sxemalari orqali generatsiya qiladi. Tarmoqning xakerlar hujumidan himoyalanish kattaligi 51%ga teng bo’lib, u mayningda generatsiya qilingan bloklarning katakchalari nomi bilan amalga oshirilgan.



Download 3,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish