III BOB BO’YICHA XULOSA Kriptovalyutalar kursining tezlik bilan o’sishi investorlar tomonidan juda katta qiziqish uyg’otmoqda. Dunyoda eng ommaviy bo’lishga ulgurgan bitkoin kriptovalyutasi 2017 yil boshidan buyon salkan 400% ga o’sdi, laytkoin va efiriumlarning narxlari esa yil davomida 10 barobarga o’sdi. Daromadning bu darajada katta miqdorda o’sishini hech qanday bank yoki investitsion fond ta’minlab bera olmaydi. Bugungi kunga kelib kriptovalyutalarni bozordagi ulushi 2 trln$ dan oshib ketdi. 2017 yilni qo’rqmasdan bitkoin yili deb aytish mumkin, chunki yil boshida uning narxi 1000 dollar bo’lgan bo’lsa, yil davomida 20000 dollargacha o’sish kuzatildi, kelajakda esa uning narxi 100 000 dollagacha ko’tarilishi mumkin.
Hozir raqamli asr, bitcoin esa- raqamli asr valyutasi hisoblanadi. Odamlar hayotini telefonlarsiz tasavvur ham qila olmaydigan juda ko’plab savdo bitimlari onlayn amalga oshiriladigan dunyoda muomila oddiyligi va harajatlar tejalishi bitcoinga ustunlik beradi.
Endi kriptovalyutalar birjalari ko’pchilik hollarda oddiy birjalar bilan ishlaydi. Bu savdo maydonchalaridagi asosiy farq shundaki, agar oddiy birjaga odamlar brokerlarsiz biror ish qila olishmasa, kriptovalyuta birjasida savdolarda boshqalarni jalb qilmasdan ham ishtirok etishi mumkin. Birjadagi bundan boshqa ishlar esa o’xshash ya’ni, ro’yxatdan o’tish. Birjada kodirovka qilinadigan ma’lum bir hisob raqam ochish, shundan so’ng operatsiyalarni amalga oshirish kerak bo’ladi. Asosiysi kriptovalyuta birjalarini ikki xil turi mavjudligini esdan chiqarmaslik lozim. Birinchi turdagi birjalarda kriptovalyutalar “tirik” pulga –dollar, yevro. Fund va hatto rublga sotiladi. Ikkinchi turdagilarida esa kriptovalyutalar raqamli pullarga sotiladi. Elektron pullar bitcoinni eferiumga yoki boshqa kriptovalyutaga joriy kurs bo’yicha onlayn rejimida almashtirish va bunda pul ishlab olish mumkin bo’lgan kriptovalyuta ayirboshlash shaxobchasi ro’lida ishtirok etiladi.
XULOSA O’tkazilgan tadqiqotlar bo’yicha quyidagi xulosa va tavsiyalar ishlab chiqildi: Raqamli tranformatsiya jarayonlarining jadallashishi, raqamli texnologiyalarning biznes jarayonlarini boshqarishga keng joriy etilishi, raqamli aktivlar turlari va ko‘lamining ortishi pirovardida raqamli valyutalarga bo‘lgan talabning ko‘payishiga olib keladi. Bundan tashqari, raqamli valyutalardan foydalanish fiat pullar bera olmaydigan yangi imkoniyatlarni taqdim etish orqali raqamli iqtisodiyot ekotizimining samarali faoliyat yuritishiga xizmat qiladi. SHu boisdan, kriptovalyutalarni tartibga solish tizimini erkinlashtirish, kriptoxavfsizlikni ta’minlagan holda kripto aktivlardan foydalanish doirasini belgilash va uni kengaytirib borish yaqin istiqbolda nafaqat rivojlangan, balki rivojlanayotgan davlatlarda yuz beradigan tendensiyaga aylanadi. Fikrimizcha, mamlakatimizda ham kriptovalyutalarni tartibga solish tizimini shakllantirishda quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiq sanaladi:
Kriptovalyutalar bilan operatsiyalarning huquqiy asoslari tegishli qonun bilan mustahkamlanishi va mamlakatimizda kriptovalyutalardan foydalanish sohalari qat’iy belgilanishi zarur.
Markaziy bank kriptovalyutalardan foydalanishning mamlakatdagi pulga bo‘lgan talabga ta’sirini baholab borishi, pul massasini boshqarishda kriptoaktivlarga kiritiladigan investitsiyalar hajmidagi o‘zgarishlarni hisobga olishi kerak.
Markaziy bankning raqamli iqtisodiyot talablaridan kelib chiqib raqamli valyutalarni muomalaga chiqarish bo‘yicha strategiyasi ishlab chiqilishi zarur. Bunda Markaziy bankning raqamli valyutasi qo‘llanilishi sohalari, investitsion aktiv sifatidagi xususiyatlari, undan foydalanish vakolatiga ega bo‘lgan ishtirokchilar doirasini belgilash, zarur bo‘lganda cheklash masalalari qamrab olinishi zarur.
Raqamli iqtisodiyot ulushining ortib borishiga monand tarzda, kriptoaktivlar daromadliligidan kelib chiqib, rasmiy xalqaro valyuta zaxiralari tarkibiga etakchi kriptovalyutalarni kiritish choralarini ko‘rishi kerak.
Markaziy bank kriptovalyutalar bozorida ishtirok etish va bozor likvidliligiga ta’sir etish mexanizmlarini, xususan, kriptovalyutalar bilan svop operatsiyalarini amalga oshirishni yo‘lga qo‘yishi zarur. SHuningdek, kriptovalyutalarning muddatli bozorini, ya’ni bazaviy aktivi kriptovalyutalar bo‘lgan hosila moliyaviy vositalari (derivativlar) bilan operatsiyalarni rivojlantirish ham ko‘zda tutilishi kerak. Boshqalardan farqli o’laroq kriptovalyutalarni qonuniy asosda tashkil etish kerak. Shu bilan birga kriptoaktivlarni boshqarishni alohida rejimini joriy etishni ham ko’zda tutishi kerak. O’zbek milliy valyutasi- so’mni ham qisman yoki qandaydir chegaralangan optimal nisbatlarda kriptovalyuta ko’rinishiga va uni bu bilan bog’liq bo’lgan blokcheynga o’tkazish mamlakatimizdagi bir qancha moliyaviy muammolarni muvaffaqiyatli ravishda hal qilish imkonini berishi kerak. Yuqoridagilardan kelib chiqib kriptovalyutalar bilan bog’liq bir qator takliflarni kiritish maqsadga muvofiq bo’ladi:
kriptovalyutalarni joriy etish orqali xalqaro valyuta-kredit resurslarini mamlakatimiz iqtisodiyotiga keng miqyosda jalb etish imkonini beradi;
kriptovalyutalar infratuzilmalarini yaratish orqali yangi ish o’rinlarini yaratish va zamonaviy intellectual information texnologiyalarni respublikamizga keng miqyosda jalb qilish;
kriptovalyutalarni mamlakatimiz moliyaviy munosabatlarida ishtirok etish orqali banklardagi joriy operatsiyalar shaffofligini taminlash;
respublikamizda kriptovalyuta bo’yicha malakali mutaxasislarni tayyorlashni amalga oshirish lozim;
mamlakatimizda kriptoaktivlar bilan ishlaydigan tashkilotlar va birjalarni joriy etish va ko’paytirish;
raqamli valyutalarni joriy etish orqali ularni mamlakatimiz moliyaviy munosabatlar tizimidagi rolini oshirishga erishish lozim.