O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi samarqand davlat universiteti yuridik fakulteti kafedra



Download 43,46 Kb.
bet3/5
Sana23.06.2022
Hajmi43,46 Kb.
#695450
1   2   3   4   5
Bog'liq
Sharqiy Yevropa, Kavkaz, Yaqin Sharq

Bushdan qolgan siyosiy meros
2009-yil 20-yanvarda Barak Obama Amerika Qo’shma Shtatlarining 44-prezidenti sifatida qasamyod qabul qilgan paytda, mamlakatning o’zida o’tkir iqtisodiy inqiroz, tashqi siyosatda esa keskin diplomatik vaziyat mavjud edi. Tashqi siyosiy faoliyat nuqtayi-nazaridan Jorj Bush hukumati navbatdagi prezidentga Yaqin Sharqdagi og’irlashib borayotgan vaziyat, islom dunyosida kuchayib borayotgan anti-amerikanizm kayfiyati va Osiyo-Tinch okeani mintaqasida AQShning global dominantligiga raqobat qilishi mumkin bo’lgan yangi qudrat markazlarining kuchga to’lib borishidan iborat manzarani qoldirgan edi. Aksariyat tahlilchilar bu holatni post-Amerika davri boshlanayotgani bilan izohlashdi.Obama hokimiyatga kelgan paytda Yaqin Sharqdagi vaziyat AQSh uchun 2001-yil 11-sentyabr voqeasidan oldingi vaqtdanda keskinlashib ketgan edi. Unga oldingi hukumatdan Yaqin Sharqda davom etayotgan og’ir vaziyat; Iroq va Afg’onistonda milliardlab dollar va harbiylar hamda tinch aholining hayoti behuda yo’qotilishiga sabab bo’layotgan urushlar; Abu G’aribning qiynoqqa tutilishi ortidan AQShning demokratiya targ’ibotchisi sifatida jahonda obro’sining tushib ketishi; rasmiy Vashingtonning ittifoqdoshlari bilan aloqasi sovuqlashishi; mamlakat ichi va dunyo, ayniqsa, islomiy dunyoda anti-amerikanizm kayfiyatining ortishi; o’sib borayotgan islomiy ekstremizm va terrorizm xavfining ortishi; Eronning yadro dasturini davom ettirishdagi harakatlari hamda og’ir iqtisodiy vaziyat meros bo’lib qoldi.
Geosiyosiy nuqtayi-nazardan yuqoridagi omillar mavzu bilan qiziqqan deyarli hamma uchun ma’lum. Biroq chuqur tahlil orqaligina yuzaga chiqishi mumkin bo’lgan boshqa bir holatlar ham mavjud edi. Jorj Bush ma’muriyatining Yaqin Sharqqa nisbatan siyosati demokratiya tamoyillarini faol tarzda targ’ib qilish hamda yoyishga asoslangan edi. Ammo mintaqadagi xalqlarning hayot tarzi va siyosiy irodasini (yuz berajak oqibatlarini chuqur tahlil qilmasdan) majburan o’zgartirishga urinish Arab Dunyosida diniy radikalizm, ekstremizm va terrorizmning keskin yoyilishiga, anti-amerikanizm kayfiyatining yuqori cho’qqiga ko’tarilishiga, pirovardida, Musulmonlar Birodarligi va Hamas kabi guruhlarning saylovlarda ko’pchilik tomonidan qo’llanilishiga sabab bo’ldi. Oqibatda, mintaqada AQSh manfaatlariga mos bo’lmagan avtoritar rahbarlardan ko’ra xavfliroq kuch – siyosiy islom hokimiyat tepasiga kela boshladi. Mazkur holat AQShning mintaqadagi ta’siriga jiddiy salbiy ta’sir ko’rsatdi.
Bundan tashqari, Bushning Yaqin Sharq siyosati mintaqadagi turli kayfiyatli guruhlarning AQShga qarshi birlashishi yoki birlashishga intilishiga sabab bo’ldi. Rasmiy Vashingtonning bunday guruhlarni parchalab yuborish yoki neytrallashtirishga yo’naltirilgan taktikalar ko’zlangan samarani bermadi. Shuningdek, prezident Bushning Eron, Iroq va Shimoliy Koreani “yovuzlik chizig’i” deya atab, turli siyosiy yo’nalish va kayfiyatdagi davlatlarni bir qolipga solishga urinishi hamda bir-biri bilan keskin qarama-qarshiliklarga ega bo’lgan sunniy islomiy guruhlar, al-Qoida, Hamas, shia fundemantalistlari, Eron rejimi va Hezbollahni umumiy - “islomiy radikalizm” nomi bilan ta’riflashi ham Amerikaning imidjiga keskin putur yetkazdi. Afg’oniston va Iroqdagi urushlar boshlanmasidan oldingi davrdayoq AQShga qarshi kayfiyat Yaqin Sharqda ortib ketgan edi. Bush ma’muriyati diplomatik yo’llar orqali mintaqada o’z manfaatiga mos ittifoqdoshlarni topish va jalb qilish o’rniga harbiy kuch vositasida muammolarni hal qilish yo’lini ma’qul ko’rdi. Qo’shimcha ravishda, Bush hukumati mintaqadagi barcha islomiy harakatlar va guruhlarga umumiy terrorizm prizmasi orqali qarab, ularga qarshi yalpi urush e’lon qildi. Pirovardida, Yaqin Sharq mintaqasida Amerikaga qarshi mafkuraviy va jangari islomiy guruhlarning to’lqini ko’tarilishni boshladi. Xulosa qilib aytganda, prezident Bushning uniletarist dunyoqarashi AQShni dunyoning boshqa davlatlari ko’z o’ngida moral normalariga rioya qilmaydigan mamlakat sifatida gavdalantirdi. Ayniqsa, Yaqin Sharqda bunday qarashga asoslanib olib borilgan siyosat Eron va Iroq kabi mintaqaviy raqiblar o’rtasidagi kuchlar muvozanatini izdan chiqarib yubordi. Mintaqadagi davlatlar, harakatlar, oqimlar va guruhlarni umumlashtirish, ularni individual kuch sifatida ko’rmaslik ko’zlanmagan oqibatlarga olib keldi. Masalan, mintaqaviy raqibi bo’lmish Iroqning qulashi ortidan Eron bir o’z qudratini mustahkamlab oldi. Butun Bush boshqaruvi davomida Eron mintaqadagi eng asosiy anti-amerikanist davlatga aylandi. Qisqacha aytganda, prezident Jorj Bush tashqi siyosati oqibatida AQShning Yaqin Sharq mintaqasidagi musulmon davlatlari bilan munosabati so’nggi oltmish yil ichidagi eng quyi nuqtaga pastladi.Anti-amerikanizm kayfiyatining kuchayishi.
Anti-amerikanizm kayfiyati mintaqa davlatlarining musulmon jamoalari orasida kuchaya bordi. Amerikaning demokratiyani targ’ib qilishiga javoban musulmon jamiyatlar anti-amerikanizm shiorlari va norozilik namoyishlarini kuchaytira boshladi. Ushbu jamoalar e’tiborini qaratish hamda o’z tarafdorlari sonini oshirish maqsadida turli islomiy guruhlar o’z harakatlarini faollashtirdi. 
2012-yilda AQShga qarshi kayfiyatda namoyishlar bo'lib o'tgan asosiy hududlar 
Tizimli tahlil o’tkazish orqali anti-amerikanizm kayfiyatining to’rtta sababini aniqlash mumkin:
Birinchidan, mahalliy fuqarolar AQSh tomonidan o’z hududlarida boshlangan ikki urushning oqibatlari tufayli bosh ko’tarishdi. Mazkur urushlar kutilgan tinchlik va barqarorlikmi ta’minlash o’rniga keng ko’lamli vayronagarchiliklar va minglab odamlarning o’limiga sabab bo’ldi, millionlab odamlar qochoqqa aylandi. Odamlar bunday vaziyatdan ko’ra AQSh ayblab, qarshi urush boshlagan avtoritar rejimlar hukmi ostida yashashni ma’qul ko’rar edi. Afg’oniston va Iroqdagi urushlar oqibatida Yaqin Sharqdagi ijtimoiy tizimda turg’unlik yuzaga keldi, iqtisodiyot izdan chiqdi, davlat institutlari esa deyarli yo’q bo’lib ketdi.
Ikkinchidan, AQShning gegemonlik strategiyasi va islomiy mafkura o’rtasida o’ziga hos qarama-qarshilik yuzaga keldi. Musulmon jamiyatlar o’rtasida G’arb navbatdagi “salb yurishi”ni boshlaganligi haqida aqida yuzaga keldi. Ushbu kayfiyatdan foydalangan islomiy terroristik guruhlar musulmon aholi, ayniqsa yoshlarni AQSh boshchiligidagi “salb yurishi”ga qarshi muqaddas jihodga chorlay boshladilar va ma’lum muvaffaqiyatga erishdilar.
Uchinchidan, rasmiy Vashingtonning Bush boshqaruvi davrida ham Isroil hukumati va G’arbiy Qirg’oqdagi isroilliklarni qo’llashda davom etishi mintaqa musulmonlarining Amerikaga bo’lgan nafratining yanada oshishiga sabab bo’ldi.
Tortinchidan, AQShning Fors Ko’rfazi davlatlaridagi harbiy mavjudligi va ushbu davlatlar hukumatlari bilan ittifoqdoshlikni davom ettirgan holda Yaqin Sharq mintaqasidagi musulmon jamiyatlari tizimini o’zgartirishga urinishi ortidan mahalliy odamlar o’ziga hos tengsizlikni xis qildilar va, oqibatda, ikki o’rtadagi qarama-qarshilik yanada ortib bordi.
Bush boshqaruvining so’nggi davriga borib Yaqin Sharq mintaqasidagi musulmon jamiyatlarning anti-amerikanizm kayfiyati ochiqdan-ochiq dushmanlik darajasiga ko’tarilib ulgurgan edi. 2007-yilda o’tkazilgan so’rovnomaga ko’ra Misr, Marokash, Pokiston va Indoneziyadagi aholining deyarli 79 foizi Amerika Qo’shma Shtatlari Islom Dunyosini ojizlantirish va bo’lib yuborishni maqsad qilganligi to’g’risidagi fikrga qo’shilishlarini ma’lum qildilar. O’xshash foizdagi so’rovnoma ishtirokchilari Amerika Yaqin Sharqdagi tabiiy zahiralar, ayniqsa, neft konlari ustidan nazoratni to’liq qo’lga olishga urinmoqda, deya ta’kidladilar. So’rovnomada qatnashgan 64 foiz odam AQSh Yaqin Sharqda xristianlik dinini yoyishni maqsad qilganligiga ishoshishlarini ma’lum qilganlar. Qisqacha qilib aytganda, so’rovnoma ishtirokchilarining to’rtdan uch qismi Amerika Yaqin Sharq mintaqasini egallashga harakat qilayotganligi borasidagi fikrni ilgari surgan.
Geosiyosiyotdagi dinamik tebranishlar.
Vladimir Putin rahbarligidagi Rossiyaning qayta qudratga to’lib, jahon siyosiy maydoniga asosiy geosiyosiy kuchlardan biri sifatida qaytishi, Xitoy va Hindiston kabi davlatlarning yangi kuch markazlariga aylanishi hamda dunyodagi iqtisodiy markazlarning Atlantikadan Tinch okeani havzasidagi davlatlar tomon surilishi aynan Jorj Bush hukumati boshqaruvi davriga to’g’ri keldi. AQShning o’zidagi va boshqa davlatlardagi strateglar, tahlilchilar XXI asrdagi siyosiy-iqtisodiy tarix aynan Osiyo-Tinch okeani mintaqasida yozilishiga ishonch bildirar edilar. 2004-yildayoq sobiq AQSh davlat kotibi Genri Kissenjer “Xitoyning potensial superqudrat sifatida maydonga kelishida tarixiy muhimlik mavjud bo’lib, bu holat dunyoda ro’y beradigan o’zgarishlar markazi Atlantikadan Tinch okeani mintaqasiga ko’chishidan dalolat beradi”, deya ta’kidlagan edi. O’xshash holda, sobiq davlat kotibi Kondoliza Rays 2006-yildagi “diplomatik transformatsiya” to’g’risidagi nutqida bundan buyoq diplomatik resurslarni ko’proq Osiyo-Tinch okeani mintaqasiga yo’naltirishni taklif etadi. 2008-yildagi saylov kampaniyasida ham Barak Obama AQShning kelajagi va xavfsizligi Osiyoda bo’layotgan o’zgarishlar bilan uzviy bog’liqligini ko’p bora ta’kidlaydi.
Qo’shimcha ravishda, Osiyo-Tinch okeanining hayotiy muhimligi nuqtayi-nazaridan kelib chiqilsa, mintaqa nafaqat moliyaviy inqiroz davrida AQShning iqtisodiy o’nglanishi uchun yordam bera olardi, balki mamlakatning kelajakdagi iqtisodiy rivojlanishi aynan shu mintaqaga tayanishi yuz berayotgan o’zgarishlardan yaqqol ko’rinib turar edi. 1960-yilda AQShning Osiyo bilan tovar ayirboshlashi AQSh-G’arbiy Yevropa tovar ayirboshlashi miqdorining yarmiga teng edi. XXI asrga kelib, Osiyo bu masalada G’arbiy Yevropadan anchayin o’zib ketdi. Statistik ma’lumotlarga ko’ra, AQShning Yevropa bilan savdo aylanmasi 589 milliard dollarga teng bo’lgan holda, butun Osiyo-Tinch okeani mintaqasi bilan bo’lgan tovar ayirboshlovi miqdori 1,6 trillion dollarni tashkil qildi. Prezidentligining ilk davrida Barak Obamaning Osiyoga ikki bor tashrif buyurishi AQShning moliyaviy inqirozdan chiqib olishi hamda iqtisodiy o’nglanishi uchun zamin yaratdi. O’sha vaqtda AQShning Yevropaga kiritgan sarmoyalari miqdori Osiyodagidan ko’proqni tashkil etgan bo’lsada, bu tendensiya yuqorilab borayotgan edi.
Bundan tashqari, kuchlar muvozanati markazining surilishi natijasida Xitoy dunyodagi ikkinchi yirik iqtisodiy davlatga aylandi. O’tkazilgan tahlillardan prognoz qilinishicha, Xitoyning YaIMi miqdori 2035 yilga qadar AQShnikidan o’zib ketishi, rasmiy Pekin 2075 yilga borib xalqaro tizimdagi yetakchi davlatga aylanishi uning kelajakda rasmiy Vashington uchun jiddiy raqib bo’lishidan dalolat berar edi.
Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi Xitoy va boshqa davlatlarning iqtisodiy jihatdan qudrati ortib borishi va sekin-asta jahon siyosiy jarayonlariga ta’sir o’tkaza boshlashi rasmiy Vashingtonning yangi strategiya ishlab chiqishga undadi. Ushbu mintaqa davlatlari bilan aloqalarning sovuqlashishi va ehtimoliy urush holatlarining paydo bo’lishi AQSh uchun og’ir oqibatlarga sabab bo’lar edi. Shu sababdan barqaror va iqtisodan rivojlangan Osiyo-Tinch okeani mintaqasi AQSh milliy manfaatlariga ko’proq mos edi. Ayniqsa Xitoy bilan ixtiloflarga borishni istamagan Obama ma’muriyati ilk yillardanoq asosiy diplomatik va boshqa ta’sir resurslarini Osiyo-Tinch okeani mintaqasi tomon yo’naltirilish strategiyasini amalga tadbiq qila boshladi. Biroq bu strategiya to’laligicha iqtisodiy va diplomatik bo’lmasdan, AQSh mintaqadagi harbiy mavjudligini mustahkamlash, mintaqaviy mojarolar, Xitoy va Tayvan, Vyetnam, Yaponiya, Filipin kabi davlatlar o’rtasidagi hududiy nizolar o’z aralashuvi hal bo’lishini ta’minlash maqsadidagi harakatlarini kuchaytirishda davom etdi. 
Global geosiyosiy o’zgarishlar, o’z iqtisodiyotini bardavom rivojlantirish, milliy xavfsizligi va global dominantligini ta’minlash maqsadida prezident Obama ma’muriyati Osiyo-Tinch okeani mintaqasiga nisbatan “tayanch nuqtasi” yoki “qayta muvozanatlash” atamalarini qo’llagan holda yangi strategiyadan foydalana boshladi, ayni paytda Yaqin Sharqdagi qurolli kuchlar sonini qisqartirish harakatlari boshlanib, bu hududdagi AQSh harbiy mavjudligi anchayin kamaygan edi. Hillari Klinton boshchiligidagi AQSh tashqi siyosiy faoliyati Osiyo-Tinch okeani mintaqasida faollashib, mintaqa davlatlari bilan yangidan-yangi diplomatik, iqtisodiy va xavfsizlik aloqalari o’rnatila boshlandi.
Moliyaviy inqiroz.
Barak Obama prezidentligining ilk davridagi AQShning tashqi va ichki siyosatdagi vaziyatini o’rganganda 2007-2009 yillarda yuz bergan moliyaviy inqirozni e’tibordan qochirish xatolik bo’ladi. Ushbu inqiroz AQShning ko’chmas mulk bozoridan boshlangan edi. Muammoning ilk belgilari 2007-yilda paydo bo’lib, shu yili Federal Home Loan Mortgage Corporation ortiq yuqori riskli ipoteka operatsiyalarini amalga oshira olmasligini ma’lum qildi va New Century Financial Corporation bankrotlik e’lon qildi. Ko’chmas mulk bo’yicha faoliyat yuritadigan bu ikki yirik korporatsiyaning qulashi ortidan moliyaviy tizimda tizimli risklar yuzaga kelishni boshladi, keyingi bosqichda moliyaviy institutlar faoliyatida muammolar boshlanib, inqiroz ta’siri oqibatida real iqtisodiyotda keskin pasayish yuzaga keldi. 2008 yilning sentyabri va oktyabrida inqiroz yangi bosqichga ko’tarilib, endilikda bank tizimlari faoliyati izdan chiqa boshladi. AQShning qator yirik va qudratli banklari katta zarar ko’rib, kichikroq banklar bankrotlik e’lon qildi.
Iqtisodiy inqiroz Qo’shma Shtatlar uchun yirik iqtisodiy falokatga aylandi, uning salbiy ta’sirlari ham mamlakat ham dunyoning boshqa moliyaviy institutlari faoliyatiga keskin zarba berdi. Ichki vaziyatda 1930-yillardagi moliyaviy inqirozdan keyingi eng katta iqtisodiy turg’unlik yuzaga keldi, milliardlar dollar yo’qotildi, ishsizlik darajasi o’zining eng yuqori cho’qqisiga chiqdi va katta miqdordagi fiskal defitsit yuzaga keldi.Dunyo miqyosida esa, kattami-kichikmi, jahon moliyaviy tarmog’ida faoliyat yurituvchi har bir davlat domino effekti oqibatida inqirozdan katta zarar ko’rdi. Natijada xalqaro siyosat akterlarining AQShning moliyaviy qudratiga nisbatan ishonchi keskin susaydi. Ikkinchi Jahon Urushi so’ngidan beri AQSh tomonidan ilgari surib kelinayotgan xalqaro liberal iqtisodiy tartibot konsensusining kelajagi haqida pessimistik qarashlar orta bordi. AQShda boshlangan moliyaviy inqiroz tufayli davlatlar aziyat chekayotgan bir paytda Xitoy erishayotgan nisbiy iqtisodiy yutuqlar ushbu mamlakatga nisbatan ishonchning ortishiga sabab bo’ldi. Bu esa AQSh targ’ib qilgan erkin bozor kapitalizmining kelajagi savol ostida qolishidan dalolat berar edi.
Moliyaviy inqiroz yangi prezident oldida juda kam tanlovlarni qoldirdi. Obama ichki siyosiy-iqtisodiy vaziyatni barqarorlashtirishi, tushib borayotgan iqtisodiy ko’rsatkichlarni yaxshilashga erishishi, iqtisodiy o’sishni ta’minlashi va dunyoning AQSh iqtisodiy yetakchiligiga bo’lgan ishonchini qayta tiklashi lozim edi. Ushbu omillarni hisobga olgan holda Obama ma’muriyati soliqlarni normallashtirish, ishsizlik darajasini barqarorlashtirish va ishsizlarga nisbatan imtiyozlar joriy qilish hamda ijtimoiy fondlar faoliyati samarasini oshirishni maqsad qilgan qator islohotlarni qabul qildi. Bundan tashqari 2011-yildagi Byudjet Nazorati Akti mudofaaga ajratilayotgan mablag’ miqdorini qisqartirishni ko’zda tutar edi. Xulosa qilib aytganda, AQShning Yaqin Sharqdagi harbiy mavjudiyati deyarli tugatildi, mintaqadagi faolligida ham chekinishlar kuzatildi, yangi hukumat, asosan, ichki vaziyatni barqarorlashtirish va Osiyo-Tinch okeani mintaqasi bilan aloqalarni kuchaytirishga e’tibor qarata boshladi. 
Arab mamlakatlari xalqlarining milliy ozodlik kurashi (1945-1951 yillar).
Predmetning maqsadi va vazifalari. Yaqin va O'rta Sharq mintaqasiga oid tarixiy va jug'rofiy sharx. Yaqin Sharqdagi siyosiy inqiroz muammosi tarixiy adabiyotlarda.
Misr, Iordaniya va Iroq xalqlarining ingliz mustamlakachilik siyosatiga qarshi kurashi. 1946 yil 25 oktyabrdagi Misr Angliya shartnomasi. Misr xalqining 1947 - 1951 yillardagi milliy ozodlik kurashi va Misr parlamentining 1951 yil. 15 oktyabrda qabul qilingan qonuni. 1946 yildagi Angliya Transiordaniya va 1948 yildagi Angliya - Iroq shartnomalari. Suriya va Livan xalqlarining fransuz mustamlakachilariga qarshi kurashi. Arab Davlatlari Ligasi maqsadi va vazifasi.

Download 43,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish