O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi samarqand davlat universiteti yuridik fakulteti kafedra


I.Bob.N.Spikmen AQSH geosiyosatining yaratuvchisi sifatida



Download 37,37 Kb.
bet2/6
Sana23.06.2022
Hajmi37,37 Kb.
#695220
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
spikmen ta\'limoti

I.Bob.N.Spikmen AQSH geosiyosatining yaratuvchisi sifatida
1.1.Spikmen geosiyosiy g’oyalari.
Spikmen Nikolas (1893-1943) – Amerikaning 1930-1940
yillardagi geosiyosatining atoqli nazariyotchisi. U admiral Mehen nazariyasining davomchisidir. Yel universitetining Xalqaro munosabatlar institutiga rahbarlik qilgan. Geosiyosatgaxavfsizlik manfaatlari yo‘lida samarali xalqaro siyosat ishlab chiqishga imkon beradigan tahlil metodi sifatida qaragan. Uning 1944 yilda nashr etilgan “Jahon geografiyasi” kitobida “Hartland-Rimland” geosiyosiy ta'limotining asosiy qoidalari
bayon etilgan. Olimni “amerika Haushoferi”2 deb atashgan.
Amerikalik olim, xalqaro munosabatlar bo‘yicha professor Nikolas Spikmen (1893-1943) Mehenning “pragmatik geosiyosat” nazariyasining izchil davomchilaridan biri bo‘ldi. U geosiyosatga tabiiy muhitning davlat hayotiga, reylefning
milliy xarakterga ta'sirini o‘rganuvchi fan sifatida qarashga qarshi chiqdi va “davlatga samarali xalqaro siyosat strategiyasini tayyorlashga imkon beruvchi
analitik metod va amaliy tafakkur sifatida” qaraydigan pragmatik yondashuv tarafdori bo‘ldi. Shu konsepsiyaga muvofiq, uning barcha tadqiqotlari sof pragmatik
xarakterda bo‘ldi.
Spikmen davlat siyosiy qudratining o‘nta asosiy mezonini ta'kidlagan edi. Bular:
- hudud sathi;
- chegaralar;
- aholi soni;
- foydali qazilmalarning mavjudligi;
-iqtisodiy va texnologik taraqqiyot darajasi;
- ijtimoiy integratsiyaning darajasi;
- moliya qudrati;
- etnik birlik;
- siyosiy barqarorlik;
- milliy ruhdan iborat edi.
Muallifning fikricha, agar davlatning geosiyosiy imkoniyatlarining qiymati bu mezonlarga javob bermasa, u holda bu davlat o‘z suverenitetining bir qismidan voz kechishga majbur bo‘ladi. Spikmen doktrinasining amaliy mohiyati AQSh tomonidan Yevroosiyo: Yevropa, arab mamlakatlari, Hindiston, Xitoy, Janubi- Sharqiy Osiyo va shu kabilar ududining sohil bo‘ylarini qattiq nazoratga olishini tashkil qilishdan iborat. Uning aytishicha, bu muhim mintaqani qattiq nazorat qilishgina qit'a va dengiz
kuchlari kurashida uzil-kesil g‘alabaga olib keladi. Yevroosiyo qit'asining g‘arbidan sharqiga uzangan “hoshiya ichi yarimoyi” mintaqasini Spaykmen Yevroosiyo “Rimlandi”3 (“rimland” – inglizcha so‘z bo‘lib, – “er”, “mamlakat” demakdir) deb atadi. Angliyadan Yaponiyagacha, Shimoliy qutbdan Janubiy qutbgacha uzangan quruqlikdan iborat bu ulkan hududni Spikmen jahonning buyuk dengiz yo‘llarini nazorat etishga imkon beradigan geostrategik makon deb baholagan.
Spikmen o‘zidan oldingi salaflari singari, jahonni geosiyosiy tomondan ikki qismga – “Hartland” va “Rimland”ga bo‘ldi. Biroq, Spaykmenning fikricha, jahonga hukmronlikka erishishda, Makinder aytganiday, “Hartland” emas, ayni “Rimland” hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Spikmen Makinder ko‘chmanchilarning tarixdagi rolini haddan tashqari oshirib yuborgan, deb hisoblagan.
U “ichki yarimoy”, Makinder da'voqilganidek,“quruqlikdagi ko‘chmanchilarningbosimi natijasida emas, balki sohil zonalarining o‘z musbat turtkisi natijasida shakllangan va rivojlangan” degan. Shu tariqa Spikmen geosiyosiy doiralarda “Rimland” konsepsiyasining asoschisi sifatida tanildi. Amerikalik geosiyosatchi keyinchalik geosiyosiy adabiyotlarda “atlantizm” deb nom olgan geosiyosiy konsepsiyaning yetakchi mafkurachilaridan biri ham bo‘ldi. U geosiyosiy asarlarida jahon qudratining uchta markazini ajratib ko‘rsatgan:
- Shimoliy Amerikaning Atlantika okeani qirg‘oqlari;
- Yevropa sohillari;
- Yevroosiyoning Uzoq Sharqi.
Spikmen kelgusida jahonda “Atlantika bloki” (AQSh va
Yevropa mamlakatlarining birligi) hal qiluvchi rol
o‘ynaydi, deb hisoblagan. Ayni chog‘da u Hindiston jahon geosiyosatining to‘rtinchi markaziga aylanishi mumkinligini taxmin qilgan. Spikmen geosiyosiy adabiyotga birinchi bo‘lib “Markaziy okean” tushunchasini olib kirdi. Muallifning aytishicha, agar Qadimgi dunyo va o‘rta asrlarda O‘rtaer dengizi markaziy okeanrolini o‘ynagan bo‘lsa, hozirgi vaqtda bu rolni yangi geosiyosiy reallik bo‘lgan Atlantik okeani va “Atlantika qit'asi”, ya'ni AQSh va G‘arbiy Yevropa o‘ynamoqda.

Download 37,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish