MUSTАQIL TА'LIM VА MUSTАQIL IShLАR
№
|
Мустақил таълим мавзулари
|
Ҳажми
|
1- семестр
|
1.
|
Ўзбекистонда ижтимоий соҳада амалга оширилаётган ўзгаришлар.
|
12
|
2.
|
Мустақиллик йилларида давлат бошқаруви тизимида амалга оширилган ислоҳотлар.
|
8
|
3.
|
Юксак маънавиятли ёшларни тарбиялашда Ўрта Осиё алломалари илмий меросининг ўрни (алломаларнинг илмий фаолияти мисолида).
|
8
|
4.
|
Ўзбекистон Республикасида оммавий ахборот воситаларининг фаолияти (ўзгариш ва муаммолар)
|
8
|
5.
|
Қишлоқ хўжалиги ва саноат соҳасидаги ўзгаришлар
|
4
|
6.
|
Ўзбекистонда инсон ҳуқуқлари ва эркинликлари кафолатининг яратилиши
|
8
|
7.
|
Миллий хавфсизликни таъминлаш борасида амалга оширилаётган ишлар.
|
12
|
|
Жами:
|
60
|
Glossariy
Abolitsionizm – (lot. bekor qilish) biror qonunni bekor qilishga qaratilgan ommaviy harakat. XVIII asr oxiri va X1X asrning birinchi yarmida AQSHda negrlarni qullikdan ozod qilish uchun boshlangan harakat ishtirokchilari – abolitsionist deb atalgan.
Avtonomiya (yunon. autos+nomos-o’zi+qonun); 1.yagona Davlat miqyosida hududiy-milliy tuzilmalarga (viloyat, o’lka) o’zini o’zi boshqarish vakolatlarini berish; 2.Ma’muriy-hududiy birlik; 3.Qandaydir organlar (xo’jalik, davlat, partiya va boshqalar) faoliyatlaridagi o’zini o’zi boshqarish huquqi.
Avtonomiya (yunon. autos+nomos-o’zi+qonun); 1.yagona Davlat miqyosida hududiy-milliy tuzilmalarga (viloyat, o’lka) o’zini o’zi boshqarish vakolatlarini berish; 2.Ma’muriy-hududiy birlik; 3.Qandaydir organlar (xo’jalik, davlat, partiya va boshqalar) faoliyatlaridagi o’zini o’zi boshqarish huquqi.
Agregatsiya- (lot.) nodavlat va jamoat tashkilotlari ayrim manfaatlarni agregatsiya qilish, ya’ni turli munozaralar va muhokamalar vositasida turli manfaatlar uyg’unlashtiriladi va ular o’rtasida muayyan munosabatlar tizimini shakllantiradi. Bu jarayonda asosiy va muhim manfaatlar tanlab olinadi ularni qondirish chora va tadbirlari ko’riladi.
Advokatura-huquqiy institut, advokatlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi shaxslarning mustaqil, ko’ngilli, kasbiy birlashmalarini o’z ichiga oladi. O’zb.Res. fuqarolari, ajnabiy fuqarolar, fuqaroligi bo’lmagan shaxslarga, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga yuridik yordam ko’rsatadi. O’zbekiston Respublikasining advokatura to’g’risidagi qonuni 1996 yil 27 dekabrda qabul qilingan.
Adliya-(arab.-adolat)-sud muassasalarining butun majmuini, ularning odil sudlovni amalga oshirish faoliyatini, shuningdek, sud idorasini bildiruvchi atama.
Adolat (arab. – odillik, to’g’rilik) – u yoki bu qadriyatlarning o’zaro umumiy munosabatini va ularning individlar o’rtasida konkret taqsimlanishini ifodalovchi tushuncha; insonning mohiyati va uning ajralmas huquqlarini haqidagi tasavvurlarga mos bo’lgan jamoa tartibi.
Aktor - (lot. «actor» - arbob); muayyan xatti-harakatlarni amalga oshiruvchi individ, ijtimoiy guruh, institut yoki boshqa sub’ekt, ziddiyatlarda ishtirok etuvchi tomonlar. Siyosatshunoslikda aktor va sub’ekt tushunchalari sinonim sifatida ishlatiladi.
Alarmizm – intellektual va ekspertlarni birlashtiruvchi zamonaviy g’oyaviy oqim. U xavf solayotgan global muammolar – yaroviy, ekologik v.x. – borasida ogohlantiradi
Amnistiya-jinoyat sodir etgan shaxslarni jinoiy javobgarlikdan to’liq yoki qisman jazodan ozod qilish, shuningdek, ilgari sud tomonidan belgilangan jazoni o’tab bo’lgan shaxslardan sudlanganlikni olib tashlash. Amnistiya akti normativ xususiyatga ega, ya’ni amnistiya akti bilan belgilangan talablarga javob beradigan barcha shaxslarga nisbatan qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |