O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat chet tillar instituti “tasdiqlandi”



Download 3,2 Mb.
bet59/120
Sana29.05.2022
Hajmi3,2 Mb.
#618068
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   120
Bog'liq
2 5188239116822648566

To‘rtinchidan, Markaziy Osiyo mintaqalarining umumiy muammosi suv-energetika resurslaridan oqilona foydalanish va ekologik vaziyatni barqarorlashtirishdir.
Yagona energetika tizimining qayta tiklanishi O‘zbekiston, Turkmaniston, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘izistonga umumiy quvvatlardan foydalanish va energiya ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish imkonini beradi. Yagona elektr energiyasi bozori iste’molchilarga oshkora narxlar belgilash imkonini beradi va a’zo davlatlarning iqtisodiy o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Markaziy Osiyo mintaqalaridagi ekologik vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlar doirasida “suvning quyi qismi”dagi davlatlarda (Qozog‘iston, O‘zbekiston va Turkmaniston) suv tanqisligini bartaraf etish, “suvning yuqori qismi”dagi mamlakatlarni (Qirg‘iziston va Tojikiston) esa gidroelektr stansiyalaridan elektr energiyasi bilan ta’minlash, shuningdek, qishloq xo‘jaligini intensivlashtirish orqali suv sarfini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar o‘tkazish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Shunday qilib, mintaqaviy va mintaqalararo iqtisodiy munosabatlarni yanada kuchaytirish Markaziy Osiyo davlatlari uchun yagona iqtisodiy bozorni yaratish, mintaqaviy va jahon bozorlarida mahsulotning raqobatbardosh-ligini oshirish, mavjud resurslardan samarali foydalanish, innovatsion jarayonlarni jadallashtirish, yagona ilmiy va ta’lim salohiyatini shakllantirish, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish orqali ularning taraqqiyotiga sezilarli ijobiy turtki beradi.
3. O‘zbekistonning jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvini kengaytirish iqtisodiyotda davom etayotgan tarkibiy o‘zgarishlarning muhim elementi bo‘lib, barqaror iqtisodiy rivojlanish uchun muhim zamin bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish strategiyasida mamlakat va uning mintaqalarini eksportga yo‘naltirilgan rivojlanish modeliga o‘tish, jumladan, hududlarning eksport salohiyatini oshirish va qo‘llab-quvvatlash, ichki bozordagi tovar va xizmatlarni jahon bozorlariga kiritish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishi zarurligi bayon etilgan.
Shu tufayli davlatimiz rahbari BMT bosh Assambleyasining 72-sessiyasida Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida mintaqalararo hamkorlikni kuchaytirish muhimligini ta’kidlab, Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash, barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo‘lida qator konstruktiv g‘oya va tashabbuslarni ilgari surganligi bejiz emas.
Demak, O‘zbekiston va xorijiy davlatlar o‘rtasidagi mintaqalararo hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish bugungi kunda dolzarb vazifa hisoblanadi. Shularni inobatga olgan holda, mualliflar, O‘zbekiston bilan Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi mintaqalararo hamkorlikni mustahkamlash masalalarini mamlakat va uning mintaqalari iqtisodiy o‘sishining muhim manbai, deb hisoblashadi.
O‘zbekiston bilan Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida mintaqalararo hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berish ishning asosiy vazifalari: tashqi savdo aylanmasini baholash, mamlakatning raqobat ustunliklari va salohiyati, O‘zbekiston mintaqalararo hamkorligining tamoyillari va asosiy yo‘nalishlarini belgilash hisoblanadi.
Tajriba shuni ko‘rsatadiki, mintaqalararo iqtisodiy hamkorlik faoliyat turlarini diversifikatsiya qilish, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishning zamonaviy shakllarini joriy etish hamda mahalliy mahsulot va xizmatlarni sotish, xomashyo sotib olish, mamlakatlar mintaqalari o‘rtasida investitsiya va mehnat resurslari harakatida kuzatiladigan to‘siqlarni bartaraf etishga ko‘maklashadi.
2017-2019 yillar bo‘yicha “Tovar va xizmatlar eksport, import” O‘zbekiston Respublikasi Statistika davlat qo‘mitasining statistik byulletenlari axborot bazasi bo‘lib xizmat qildi. Shuningdek bu jarayonni qiyosiy baholash, guruhlash, tizim va tizimli tahlil usullaridan foydalanildi.
2016 yilda boshlangan yangi iqtisodiy siyosatda iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarning eng muhim elementlaridan biri O‘zbekistonning jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvining sezilarli darajada faollashuvi bo‘ldi. Mamlakat va uning mintaqalaridagi mavjud tabiiy-iqtisodiy salohiyatdan samarali foydalanish Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan tashqi savdo hajmini bosqichma-bosqich oshirish imkonini berdi.
2017-2019 yillarda O‘zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari eksport salohiyatini oshirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish ko‘lamini kengaytirish va import o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarish jarayonlarini chuqurlashtirish bo‘ldi. Tahlil qilingan davrda O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 2,9 barobar oshdi, bu mamlakat savdo aylanmasining umumiy qiymati o‘sishidan yuqori (O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasining umumiy hajmi shu davr mobaynida 1,5 barobar oshdi) bo‘ldi. Natijada Markaziy Osiyo davlatlarining tashqi savdodagi hissasi 2017 yilda 10,2% dan 2019 yilda 19,1% gacha oshgan bo‘lib, bu mintaqalararo iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashdan dalolat beradi.
Shuni ta’kidlash joizki, ayrim iqtisodiy faoliyat turlarida o‘ziga xos xususiyatlar va raqobat ustunliklariga ega bo‘lgan O‘zbekiston tovar va xizmatlarni eksport qilishda munosib o‘rin egallaydi (2019 yilda mamlakat tovar va xizmatlarini eksport qilishda Markaziy Osiyo mamlakatlarining ulushi 14,5% ni tashkil etdi, bu esa 2017 yilga nisbatan yuqoridir).
Shu bilan birga, mintaqa mamlakatlari orasida asosiy importchilar Qozog‘iston (umumiy eksportning 8,0%) va Qirg‘iziston (3,8%) hisoblanadi, Tojikiston va Turkmaniston esa o‘rtacha ko‘rsatkichlarga ega (1,9% va 0,8%, mos ravishda).
Tovarlar va xizmatlar eksport tarkibining tahlili shuni ko‘rsatdiki, O‘zbekiston kimyo mahsulotlari va undan olinadigan mahsulotlar, mashina va uskunalar, oziq-ovqat mahsulotlari (Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmanistonga), shuningdek, qora metallar (Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikistonga eksport) ishlab chiqarish va eksport qilishda raqobat ustunligiga ega
Shu bilan birga, O‘zbekiston Markaziy Osiyodan energiya va neft mahsulotlari, rangli va qora metallar va boshqa mahsulotlarning asosiy importyori hisoblanadi.
Umuman olganda, bugungi kunga kelib, Markaziy Osiyo hukumatlari tomonidan sanoat va ilmiy-texnikaviy hamkorlik, mintaqalararo hamkorlik, sarmoyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish, ta’lim-tarbiya hujjatlarini o‘zaro tan olish to‘g‘risida shartnomalar imzolandi. O‘zbekiston mashinasozlik, elektr, to‘qimachilik va oziq-ovqat sanoati sohalarida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hamkorlik uchun yaxshi istiqbollarni ko‘rmoqda.
Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston iqtisodiy mintaqalararo rivojlanish va mintaqada ekologik xavfsizlikni ta’minlash borasida ham O‘zbekiston uchun muhim hamkorlardir. Bu mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar xalqlarning tarixiy yaqinligi va o‘zaro siyosiy va iqtisodiy manfaatlarga asoslanadi.
Hamkorlikni kengaytirishning muhim omili qo‘shma va xorijiy korxonalarning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishidir. Hozirgi kunda O‘zbekistonda qozoq sarmoyasi ishtirokida tuzilgan 200 dan ortiq korxona (83% qo‘shma korxona va 100% qozoq sarmoyasi bilan 17% korxona) va qirg‘iz sarmoyadorlari ishtirokida tuzilgan 96 ga yaqin kompaniya mavjud. O‘z navbatida, Qozog‘iston hududida 150 ga yaqin korxona, Qirg‘izistonda esa keng turdagi tovar va xizmatlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan 200 dan ortiq qo‘shma qirg‘iz – o‘zbek korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish