EXHT bilan hamkorlik O’zbekiston 1992 yil fevral oyida dunyodatinchlikni mustahkamlash, inson huquqlarini himoya qilish bo’yicha katta tadbirlarni amalga oshirayotgan nufuzli xalqaro tashkilot -Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti - EXHT ga a’zo bo’lib kirdi. I.Karimovning 1992 yil 9-10 iyulda bo’lgan Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining majlisida ishtirok etishi, unda nutq so’zlashi va Kengashning 10 iyulda bo’lgan majlisiga raislik qilishi O’zbekistonning jahon hamjamiyatida munosib o’rin egallayotganligining dalilidir. I. Karimov o’z nutqida u yoki bu mintaqada tinchlik va barqarorlikni buzishi mumkin bo’lgan mojarolar yaqinlashuvining oldini olish, mojarolarga yo’l qo’ymaslik muammolari bilan shug’ullanuvchi mexanizmni vujudga keltirish, tashkilot qabul qilayotgan hujjatlarning ta’sirchanligini oshirish, hujjatlar mojarolarni oldini olish, yo’l qo’ymaslik ruhida bo’lishini ta’minlash takliflarini ilgari surdi.
1999 yil noyabr oyida bo’lgan EXHTning Istanbul sammiti Islom Karimovning xalqaro terrorchilikka qarshi kurashuvchi xalqaro markaz tuzish haqidagi taklifi ham ma’qullandi. 1996 yil fevral oyida O’zbekiston bilan Evropa Ittifoqi o’rtasida hamkorlik o’rnatish bo’yicha muzokaralar bo’ldi. Shu yil iyul oyida Florensiya shahrida Evropa Itgifoqi bilan O’zbekiston o’rtasida sherikchilik va hamkorlik to’g’risida Bitim imzolandi. Bu hujjat O’zbekistonning Evropa Ittifoqi va unga a’zo bo’lgan 15 ta mamlakat bilan o’zaro munosabatlarining huquqiy negizi bo’lib siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy aloqalar uchun keng imkoniyatlar ochdi. Evropa Ittifoqi bilan hamkorlik O’zbekistonning xavfsizligi va taraqqiyotini ta’minlovchi muhim omillardan biri bo’lib xizmat qilmoqda.
O’zbekiston mustaqil davlat sifatida sayyoramiz ozon qatlamini muhofaza qilish bo’yicha Vena Konvensiyasiga, ozon qatlamini kamaytiradigan moddalar xaqidagi Monreal Protokoliga, atrof-muhitga ta’sir etuvchi vositalarni harbiy yoki boshqa dushmanlik maqsadida qo’llashni taqiqlovchi Konvensiyaga, Yadro qurolini tarqatmaslik xaqidagi shartnomaga qo’shilgan. Shunday qilib, O’zbekiston tarixan qisqa bir davrda jahon hamjamiyatiga qo’shildi, xalqaro va mintaqaviy muammolarni hal qilishda, umumiy va mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashda faol qatnashayotgan nufuzli davlat darajasiga ko’tarildi. 1996 yilda Shanxayda, 1997 yilda Moskvada bo’lib o’tgan Xitoy, Rossiya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston davlat rahbarlarining sammitlarida harbiy sohada hamda chegara hududlarida o’zaro ishonchni mustahkamlash, qurolli kuchlarni qisqartirish to’g’risida shartnomalar imzolangan edi. Shu tariqa, «Shanxay forumi» yoki «Shanxay beshligi» tashkiloti tuzilgan edi. 2001 yil 14-15 iyun kunlari Xitoyda navbatdagi Shanxay sammiti bo’lib o’tdi. Uning ishida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov qatnashdi va O’zbekistonning «Shanxay forumi»ga to’la huquqli a’zo bo’lishi to’g’risida bayonot imzolandi.
O’zbekistonning «Shanxay forumi»ga kirishi munosabati bilan uning nomi
Do'stlaringiz bilan baham: |