O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat chet tillar instituti “tasdiqlandi”



Download 3,2 Mb.
bet15/120
Sana29.05.2022
Hajmi3,2 Mb.
#618068
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   120
Bog'liq
2 5188239116822648566

Ijtimoniy-siyosiy hayot. Xalqning juda boy tarixi va madaniyatini, o'lkaning o'ziga xos noyob xususiyatlarini bilmagan va bilishni istamagan kelgindilar mahalliy xalqning urf-odatlari, an'analarini oyoq-osti qildilar. Xalqimizning boy madaniyati va ma'naviy qadriyatlari kamsitildi. Ona tilining qo'llanilishi yanada cheklab qo'yildi. Hatto milliy libos kiyib yurish ham qoralandi. Milliy an'analar bo'yicha to'y qilgan, qarindosh-urug'larini milliy, diniy qadriyatlar asosida dafn qilganlar tanqid ostiga olindi, shafqatsiz jazolandi. Bunday vaziyat xalqni ranjitdi, hafsalasini pir qildi, siyosiy loqaydlikni kuchaytirdi. Ko'plab olimlar, yozuvchilar va boshqa ijodiy xodimlar aziyat chekdi. Ularning ko'pchiligi mahalliychilikda, milliy cheklanganlikda, xurofot-bid'atga berilganlikda, sinfiy va partiyaviy tamoyillardan og'ishlikda, o'tmishni, xonlar va amirlar hayotini bo'rttirib ko'rsatishda ayblandilar. Iqtisodiyot tobora tanglik holatiga tushib bordi. 1985- yilda iqtisodiy rivojlanishning negizi sifatida qabul qilingan jadallashtirish konsepsiyasining asossizligi ma'lum bo'lib qoldi. Respublikada sanoat korxonalari, qurilish va transport sohalarini, ko'pgina kolxoz va sovxozlarni xo'jalik hisobiga yoki brigada (jamoa) pudratiga o'tkazish samara bermadi. 1987- yilda iqtisodiy tuzilmalarni qayta qurish, xo'jalikni boshqarish va xo'jalik mexanizmini isloh qilish, ma'muriy rahbarlikdan iqtisodiy rahbarlikka o'tish tadbirlari ham natija bermadi. Ma'muriy-buyruqbozlik usuli bilan ishlayotgan vaziriiklar va idoralar iqtisodiy islohotlarni yo'qqa chiqardi, iqtisodiyot taraqqiyotiga to'g'anoq bo'lib qolaverdi. Respublikaning tog'-kon, metallurgiya, mashinasozlik, elektrotexnika, kimyo sanoatiga qarashli korxonalar Ittifoq vazirliklari va idoralariga tobe bo'lib qolaverdi. Ijtimoiy va iqtisodiy ko'rsatkichlarni, avvalgidek, Markaz belgilab berardi.
Aholining ijtimoiy ahvoli nochor edi. O'sha yillarda mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko'ra, kun kechirish uchun bir kishiga oyida kamida 85 so'm zarur edi. O'zbekistonda aholi jon boshiga daromad 75 so'mdan oshmaydigan 8 million 800 mingga yaqin kishi yashardi, bular aholining 45 foizini tashkil etardi. Qishloq aholisining atigi 50 foizi toza ichimlik suvi bilan ta'minlangan edi, xolos.
Qishloqlarda yashovchi 240 ming oilaning tomorqa yeri yo'q, har besh xonadonning birida birorta ham chorva mol, 37 foiz xonadonlarda sigir, yarmisida qo'y boqilmas edi. Maktab va maorif ishlarini isloh qilish va o'rta maxsus ta'limni qayta qurish borasidagi sa'y-harakatlar ham behuda ketdi. Respublikadagi 9000 ga yaqin maktablarning atigi 40 foizi maktab uchun mo'ljallab qurilgan binolarda, qolganlari esa moslashtirilgan binolarda ishlardi, ko'plari avariya holatida edi, o'quvchilarning katta qismi ikkinchi yoki uchinchi smenada o'qir edi. O'quvchilarning yiliga 2-3 oylab qishloq xo'jalik ishlariga jalb etilishi o'quv ishlarini izdan chiqargan edi. Oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarida ham mutaxassislar tayyorlash sifati pasayib ketgan edi. Kadrlar tayyorlashda son ketidan quvishga yo'l qo'yildi. Ijtimoiy hayotning barcha sohalarida muammolar to'planib bordi, ularni ma'muriy-buyruqbozlik usullari bilan hal qilishga urunishlar hech qanday natija bermadi. Xalq orasida pinhona o'sib borayotgan ishonchsizlik, loyqaydlik kayfiyatlari asta- sekin yuzaga chiqa boshladi. Ruxsat etilmagan mitinglar, namoyishlar o'tkazish, hatto noxush voqealar ham sodir bo'la bordi. Farg'ona fojiasi. 1989- yilning may-iyun oylarida Farg'onada fojiali voqealar sodir bo'ldi. 45 yil muqaddam Stalin bedodligi natijasida o'z yeridan badarg'a qilingan mesxeti turklarini o'zbek xalqi o'z bag'riga olgan, ularga mehribonlik qilgan edi. Tub joy aholi bilan mesxeti turklari o'zaro qardoshlik rishtalarini bog'lab, inoq yashardilar.
Biroq 1989- yil 20-mayda Quvasoyda mahalliy aholi bilan mesxeti turklari guruhlari o'rtasida mushtlashuv sodir bo'ldi. Respublika rahbariyatining voqeani to'g'ri baholay olmaganligi va tezkorlik bilan zarur choralar ko'rmaganligi oqibatida vaziyat murakkablashdi va etnik mojaroga aylanib, qon to'kilishiga olib keldi. Voqealarning keng miqyos va fojiali tus olganligi sababli sovet va ma'muriy organlar mesxeti turklarini Farg'onadagi harbiy qism poligonidagi lagerga hamda Tojikistonning Leninobod viloyati Asht tumanidagi Novgarzon posyo’lkasiga shoshilinch ko'chirildi. Minglab odamlarni bunday lagerlarda uzoq saqlab bo'lmas edi. Shuning uchun 16.282 kishi Farg'ona viloyatidan Rossiyaning Smolensk, Orlovsk, Kursk, Belgorod va Voronej viloyatlariga ko'chirib olib borib joylashtirildi. Farg'ona fojiasining sabablari, uni harakatga keltirgan kuchlar kimlar edi? O'zbekiston Kompartiyasi MQning 1989- yil 23-iyunda bo'lgan XIV Plenumida Farg'ona fojiasi bilan bog'liq masalalarni o'rganish uchun maxsus komissiyasi tuzildi. Komissiyaning O'zbekiston Kompartiyasi MQning 1989- yil 29-iyulda bo'lgan XV Plenumi tomonidan ma'qullangan axborotida fojiani keltirib chiqargan sabablar ochib berildi.
Farg'ona viloyati, shahar, tuman partiya va sovet tashkilotlarining, huquqni himoya qilish organlarining tashkilotchilik, siyosiy ishidagi jiddiy xatolar fojiali voqealarga sabab bo'ldi. Ular viloyatdagi keskin ijtimoiy, siyosiy vaziyatni kuchayishi xavfini o'z vaqtida anglab etmadilar, millatlararo adovatni keltirib chiqarishga uringan ekstremistlarga, poraga sotilganlarga o'z vaqtida zarba berolmadilar.
Farg'ona viloyatida o'n yillar davomida ijtimoiy-iqtisodiy keskinlik ortib bordi. strukturasi buzilgan, tarmoqlarga xomashyo yetishtirish, yarim fabrikalar ishlab chiqarishga moslashib qolgan edi, ishsizlar soni tobora oshib borar, odamlarni, Yoshlarni ish bilan ta'minlash tadbirlari ko'rilmasdi. Kadrlar tanlash, munosib ish bilan ta'minlash ishlari buzilgan, poraxo'rlik, xizmat mavqeyini suiiste'mol qilish avj olgan edi. Ana shunday keskinlikdan, respublikada ijtimoiy-siyosiy beqarorlikni keltirib chiqarishdan manfaatdor siyosiy kuchlar allaqa-chon ishlab chiqilgan, puxta tayyorgarlik ko'rilgan reja asosida ig'vogarona harakat qildilar, olomonga oldindan tayyorlangan varaqalar tarqatdilar.
Farg'onada sodir bo'lgan siyosiy ig'vogarlik Tbilisi, Tog'li Qorabog', Bokuda tashkil etilgan ig'vogarliklardan biri edi. Keyinchalik, 1990- yil fevral-mart oylarida Bo'ka va Parkent, 1990- yil iyunda O'sh va O'zganda ham shunday urinishlar bo'ldi. Yovuz kuchlar o'z maqsadiga erisha olmadilar. O'zbekistonning yangi rahbariyati tomonidan ko'rilgan chora-tadbirlar natijasida keskinlik bartaraf qilindi.
11. 2. O'zbekistonning davlat mustaqilligini qo'lga kiritish tomon yo’l tutishi
Yangi yo'l. 1989-yil 23-iyun kuni bo'lib o'tgan O'zbekiston Kompartiyasi MQning XIV Plenumida Islom Abdug'aniyevich Karimov O'zbekiston Kompartiyasi MQning birinchi kotibi etib saylandi. I.A. Karimov boshliq yangi rahbariyat tomonidan o'zbek xalqining milliy o'zligini anglashi kuchayib borayotganligi birinchi bor etirof etildi. Xalqning shon-shuhrati, qadr-qimmatini himoya qilish, milliy mustaqillikka erishish tomon yo'l olindi.
Respublikada kadrlarni tanlash, joy~joyiga qo'yish va tarbiyalash masalalarida milliy manfaatdorlik ustivorligi ta'minlandi. Markazdan yuborilgan «kadrlar desanti» o'z mavqeyini yo'qotdi. Anishev, Ogarek, Satin va boshqa «kazo-kazolar» respublikadan chiqarib yuborildi. Mahalliy kadrlar rahbarlik lavozimJariga ko'tarildi. Kadrlar siyos atidagi jiddiy ijobiy o'zgarish shundan iborat bo'ldiki endi O'zbekistonda partiya, sovet, davlat, huquqni himoya qilish organlarining boshliqlarini Moskva orqali hal qilish, Moskva belgilagan xodimlarni ko'tarish amaliyotiga chek qo'yildi, bu masalalarni hal qilishni respublika rahbariyati o'z qo'Iiga oldi.Bu vaziyatni teran anglagan rahbarning jasorati bo'lib, siyosiy mutelikdan qutilish tomon tashlangan muhim qadam bo'ldi.
O'zbekistonda adolatni tiklash chora-tadbirlari ko'rildi, to'qib chiqarilgan «o'zbek ishi», «paxta ishi»ning tamomila sharmandasi chiqdi. Bu bilan bog'liq ishlar qayta ko'rildi, aybsiz qamalgan minglab kishilar oqlandi, o'zoilasiga qaytdi, adolat tiklandi.O'zbek tili - davlat tili. Respublika jamoatchiligi tomonidan allaqachon o'zbek tiliga davlat tili maqomini berish masalasi ko'tarilgan edi. O'zbekistonning sobiq rahbariyati bu masalaga awallari millat-chilik, mahalliychilik deb qarardi, keyinchalik o'zbek va rus tilini teng mavqega ko'tarishga urindi, shu yo'sinda ikki tillik haqidagi qonun loyihasini o'tkazishga harakat qilgan edi. Respublika yangi rahbari jamoatchilik fikrini inobatga oldi, masalani bosiqlik bilan hal qilish yo'lini tanladi.
O'zbekiston SSR Oliy Sovetining 1989- yil 21-oktabrda bo'lgan o'n birinchi sessiyasida «O'zbekiston SSRning davlat tili haqida» Qonun qabul qilindi. Qonunda: «O'zbekistonning davlat tili o'zbek tilidir, o'zbek tili Respublikaning siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotining barcha sohalarida to'liq amal qiladi», -deb belgilab qo'yildi.1990- yil 19-fevralda «O'zbekiston SSRning davlat tili haqida»gi qonunni amalga oshirish davlat qabul qilindi. Qonun va davlat ga binoan, mehnat jamoalari, o'quv yurtlari, korxonalar va davlat muassasalarida ish yuritish rus tilidan o'zbek tiliga o'tkazila boshladi. Bu qonunning qabul qilinishi va uning amalga oshirila boshlanishi respublika ijtimoiy hayotida katta tarixiy voqea bo'lib, mustaqillik sari tashlangan yana bir muhim qadam bo'ldi.
Respublika iqtisodiyoti va ijtimoiy sohasini xolisona tahlil etish, baholash va ko'tarishga qaratilgan dastlabki sa'y-harakatlar qilindi. Qishloq aholisiga shaxsiy tomorqa uchun yer ajratildi. Yerga muhtoj 381 ming oilaga tomorqa yerlari berildi, 372 ming oila o'z tomorqalarini kengaytirib oldi. Shu maqsadlar uchun jami 150 ming gektar yer ajratildi. Respublikada «Ish bilan ta'minlash» ishlab chiqildi. Ana shu dasturga binoan 1990- yilda 300 ming kishi, asosan Yoshlar ish bilan ta'minlandi. Aholining kam daromadli qismini ijtimoiy jihatdan himoyalash uchun 1990- yilda budjetdan va korxonalr hisobidan 142 mln. so'm qo'shimcha mablag' ajratildi.
Prezident lavozimining ta'sis etilishi.1990- yil 18-fevralda O'zbekiston Oliy Sovetiga saylov bo'ldi. Bu saylovlarning yangiligi shundan iborat bo'idiki, 500 saylov okrugining 326 tasida muqobil nom-zodlar ko'rsatildi. Oldingi saylovlarda barcha nomzodlar birinchi turdayoq deyarli 100 foiz ovoz bilan saylangan bo'lsalar, bu safar birinchi turda 368 nomzod zarur ovozlarni to'play oldi. Qolgan 132 okrugda qayta saylovlar bo'lib o'tdi.1990- yil 24-31-mart kunlari Toshkentda o'n ikkinchi chaqiriq O'zbekiston SSR Oliy Sovetining birinchi sessiyasi bo'lib o'tdi. 24-mart kuni sessiya respublikalar orasida birinchi bo'lib «O'zbekiston SSR Prezidenti lavozimini ta'sis etish to'g'risida» qonun qabul qildi. 1990- yil 24-mart kuni Oliy Sovet sessiyasida yashirin ovoz berish yo'li bilan Islom Abdug'aniyevich Karimov O'zbekiston Prezidenti etib saylandi.
Ana shu sessiyada I. Karimov nutq so'zlab, O'zbekistonning siyosiy mustaqilligini, o'zini-o'zi idora qilishga va o'zini-o'zi pul bilan ta'minlashga o'tishni ta'minlashni o'zining asosiy vazifasiligi ekanini ta'kidladi. SSSR va Markaziy hokimiyat mavjud bo'lgan sharoitdayoq O'zbekistonda Prezident saylanishi muhim voqea bo'ldi, mamlakatimiz mustaqilligiga erishish sari tashlangan yana bir dadil qadam bo'ldi.
Mustaqillik Deklaratsiyasi O'zbekiston SSR Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasi 1990- yil 20-iyun kuni «Mustaqillik Deklaratsiyani qabul qildi. Deklaratsiyada har bir millatning o'z taqdirini o'zi belgilash huquqidan kelib chiqqan holda, xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlariga va demokratiya tamoyillariga asoslanib O'zbekiston SSRning davlat suvereniteti e'lon qilindi.
Mustaqillik Deklaratsiyasi 12 moddadan iborat bo'lib, quyidagilar bayon etilgan:
• O'zbekiston SSR davlat suvereriiteti;
• O'zbekiston SSR demokratik davlatining o'z hududida barcha tarkibiy qismlarda va barcha tashqi munosabatlarda tanho hokimligi;
• O'zbekiston SSR davlat hududi chegarasi daxlsiz va bu hudud xalqning muhokamasiga qo'yilmay turib o'zgartirilishi mumkin emas. SSSR Oliy Soveti qabul qiladigan qarorlar O'zbekiston SSR Konstitutsiyasiga muvofiq O'zbekiston SSR Oliy Soveti tomonidan tasdiqlangandan keyingina O'zbekiston hududida kuchga ega bo'ladi;
• O'zbekiston SSR davlat hokimiyati vakolatiga O'zbekiston SSR ichki va tashqi siyosatiga tegishli barcha masalalar kiradi va hokazo.
O'zbekiston mustaqilligi to'g'risidagi Deklaratsiya muhim tarixiy hujjat bo'lib, mamlakatimizning o'z davlat mustaqiltigini qo'lga kiritish yo'lida yana bir yangi qadam bo'ldi.
12. 4. Sovet imperiyasining tanazzulga yuz tutishi Ittifoq shartnomasini yangilash talabi
Sobiq SSSRga kiruvchi respublikalar rasman teng va suviren deb yuritilsa-da, amalda qaram edi. Ular o'z yerlari, suvlari, o'rmon-lari va yer osti boyliklariga, ko'pdan-ko'p korxonalariga o'zlari egalik qilolmas edilar. 80- yiHarning oxirlari 90- yillarning boshlarida ko'pchilik respublikalar mavjud vaziyatni o'zgartirish talablarini ilgari sura boshladilar.
O’zbekiston Respublikasining rahbari I.Karimov 1989-yil 20-sentabrda Moskvada bolib otgan KPSS MQ ning Plenimida sozlangan nutqida respublikalar bilan SSSR ortasidagi vakolatlarni aniq-ravshan ajratib qoyishi kozda tutadigan yangi federativ shartnoma ishlab chiqish zarurligi to’g’risida oz fikrini bildirib: «Biz ittifoq va respublikalarning vazifalarini, burchlarini va O’zaro majburiyatlarini aniq- ravshan btlgilab qoyish, respublikalat mustaqilligini har jihatran mustahkamlash ratafdorimiz»,-degan edi.
Biroq Markaziy hokimiyat respublikalarga erkinlik bensh haqidagi talab-takliflarni e'tiborga olmadi, to'g'rirog'i ularga erkinlik berishni xohlamas edi. Markazning qaysarligi hamda respublikalar jamoat-chiligining ta'siri ostida markazdan ajralish harakati kuchayib bordi. 1990- yil bahorida Boltiqbo'yidagi Latviya, Litva, Estoniya Respublikalari, keyinroq Gruziya va Ozarbayjon SSSR tarkibidan chiqqanligini e'lon qildilar.
Markazda vajoylarda: «SSSR Konstitutsiyasi va qonunlari ustunmi yoki respublika Konstitutsiyasi va qonunlari ustunmi?»- degan masalada bahs-munozaralar kuchaydi. Markazdagilar: «Kuchli markaz-kuchli respublikalar»,- desa; joylardagilar: «Kuchli respublikalar-kuchli markaz»,- der edilar.
Markaziy hokimiyat jamoatchilikning talabi ostida Ittifoq shartnomasini yangilash zarurligini e'tirof etishga majbur bo'ldi. SSSR Oliy Soveti mazkur masala bilan shug'ullanuvchi maxsus delegatsiya tuzdi va uning tarkibini tasdiqladi. 1990- yil iyulda Moskvada Markaz vakillari bilan respublikalar delegatsiyalari yangi shartnoma matnini tayyorlashga kirishdi. 1990- yil avgust oyida Ittifoqni yangilash ishlab chiqildi.
Dasturda respublikalar o'z hududlaridagi butun milliy boylik-larga egalik qilish, foydalanish huquqiga ega ekanligi ta'kidlangan edi. Ammo shartnomaga bunday yondashuv Markazdagilarga yoqmadi. SSSR Oliy Soveti mazkur dasturni qabul qilmadi. SSSR Oliy Soveti respublikalarning istak va manfaatlarini batamom inkor etgan yangicha shartnoma loyihasini tuzib respublikalarga tarqatdi. Respublikalar, shu jumladan, O'zbekiston Markaz loyihasini qabul qilmadi.
1991- yil fevral-mart oylarida Ittifoq shartnomasi loyihasi ustida qayta ish olib borildi. Unda Boltiqbo'yi respublikalari, Gruziya, Armaniston, Moldova vakillari qatnashmadi, Ozarbayjon kuzatuvchi bo'lib qatnashdi. Ittifoq bilan respublikalar vakolatlarini farqlab qo'yishga harakat qilindi. Nihoyat, Ittifoq va respublikalar vakolatlari belgilab berilgan shartnoma loyihasi matbuotda e'lon qilindi. Respublikalarda mazkur loyiha muhokama qilindi. O'zbekiston rahbariyati respublikalarga to'la mustaqillik berishni ko'zlamaydigan shartnoma loyihasini rad etdi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov O'zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo'mitasining 1991-yil 12-martda bo'lgan IV plenumida so'zlagan nutqida: «Ittifoq shartnomasini imzolash uchun eng qulay payt qo'ldan boy berib qo'yildi. Ikki yil muqaddam bu masalani ko'targan kishilarning ovoziga hech kim quloq solmadi. Markaz 1922- yildagi shartnomaga mahkam yopishib olib, oqilona takliflarni qabul etmadi, ishni paysalga soldi»,-degan edi. Bu fikrning to'g'riligini hayot to'la isbotladi.
Butunittifoq referendum SSSR Oyiy Soveti ittifoq shartnomasini o'zgartirish, SSSRni teng huquqli suveren respublikalar Federat-siyasi sifatida yangilash xususida xalqning fikrini bilish maqsadida 1991- yil 17-mart kuni Butunittifoq referendumini o'tkazishga qaror qildi. 1991- yil 20-fevralda O'zbekiston Oliy Kengashning Rayosati referendum o'tkazishni ma'qulladi va SSSR Oliy Soveti tomonidan tayyorlangan bulleten bilan birga yana bitta qo'shimcha byulletenni ovozga qo'yishga qaror qildi.
Qo'shimcha bulletenga «Siz O'zbekistonning mustaqil, teng huquqli respublika sifatida yangilangan Ittifoq (Federatsiya) tarkibida qolishiga rozimisiz?»- degan savol qo'yildi. Ovoz berishda qatnashgan saylovchilarning 93 foizi bu savolga «Ha» deb javob berdilar. Demak, o'zbekistonliklar o'z mamlakatini mustaqil davlat sifatida federativ ittifoqda bo'lishini, O'zbekistonning suveren respublika sifatida rivoj-lanishini yoqlab ovoz bergan edilar.
1991- yil aprelda Kiyevda Ukraina, Rossiya, Belorus, O'zbekiston, Qozog'iston Respublikalari rahbarlarining uchrashuvi bo'ldi. Uchrashuvda mustaqil respublikalar manfaatlariga mos keladigan Ittifoq shartnomasini tuzishga yondashish yo'llari ishlab chiqildi va tegishli bayonot imzolandi. Bu hujjatni Qirg'iziston, Tojikiston, Turkma-niston Respublikalari ham imzolashga rozilik bildirdi. Markaz yon berishga majbur bo'ldi.
13. Mustaqil davlatlar ittifoqini tuzishda intilish.
1991- yil aprelda Novo-Ogoryovoda SSSR Prezidenti M.S.Gorbachyovning 9 respublika rahbarlari bilan uchrashuvi bo'ldi. Ishtirokchilar tomonidan «Mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish va tangUkni bartaraf etishga doir kechiktirib bo'lmaydigan choralar to'g'risida» qo'shma Bayonot imzolandi. Bu hujjat «9+1» (9 respublika + Markaz) degan nomni oldi. Uning mazmuni markazning yon berganini, Kiyevda bildirilgan fikr-mulohazalarga rozi bo'lganini ko'rsatadi.
1991- yil 3-iyunda Novo-Ogoryovoda SSSR Oliy Soveti vakillari bilan Respublika rahbarlari o'rtasida uchrashuvbo'ldi. Uchrashuvda Mustaqil davlatlar ittifoqi (MDI) tuzish masalasi muhokama qilindi. Mulk, til va yangi shartnomani tasdiqlash tartibi to'g'risida keskin munozara bo'ldi. Uchrashuvda ishtirokchilarning fikr-mulohazalari asosan inobatga olingan «Mustaqil davlatlar ittifoqi to'g'risida shartnoma» loyihasi ishlab chiqildi. Loyiha barcha Respublikalar Oliy Sovetlariga muhokama uchun jo'natildi.
Mazkur shartnoma loyihasi O'zbekiston Oliy Sovetida 1991- yil 14- iyunda muhokama qilindi. Kengash Federatsiya tamoyillari asosida Mustaqil Davlatlar Ittifoqini tuzish tarafdori ekanligini bildirdi. Shu bilan birga, respublikalar vakolatlarini yanada kengaytirishga doir takliflarni ilgari surdi.
1991-yil iyul oyining oxirlarida Novo-Ogoryovoda yangi shartnoma loyihasini uzil-kesil tayyorlash uchun Markaz vakillari va Respublika rahbarlarining uchrashuvi bo'ldi. Markazni ham, Respublikalar rahbarlarini ham qanoatlantiradigan «Mustaqil Davlatlar Ittifoqi to'g'risida shartnoma» loyihasi tayyorlandi. Ammo hamma rozi bo'lgani holda «Mustaqil Davlatlar Ittifoqi to'g'risidagi shartnoma»ni imzolash 1991- yil 20-avgust kuniga qoldirildi. SSSR Prezidenti M.S.Gorbachyov Foros (Qrim)ga dam olish uchun jo'nab ketdi.
1991 yil avgust voqealari Markaziy hokimiyatni saqlab qolish, respublikalarga mustaqillik bermaslik payida yurganlar uchun qandaydir bir «imkoniyat» vujudga kelgan edi. Ana shu kuchlar tomonidan 1991- yil avgustda Markaziy hokimiyatni avvalgi maqomida saqlab qolish maqsadida fitna tayyorlandi va SSSRda Favqulodda holat davlat qo'mitasi (FHDQ) tuzildi. Uning boshliqlari G.I.Yanayev - SSSR vitse-prezidenti, O.D.Baklanov - SSSR Mudofaa Kengashi Raisining birinchi o'rinbosari, V.A.Kryuchkov - SSSR Davlat xavfsizligi qo'mitasining raisi, V.S.Pavlov - SSSR Bosh vaziri, B.K.Pugo ~ SSSR ichki ishlar vaziri, D.T.Yazov -SSSR mudofaa vaziri, V.A.Starodubsev - SSSR dehqonlar uyushmasi raisi, T.Tizyakov - SSSR sanoat, qurilish, transport va aloqa davlat korxonalari hamda inshoatlari uyushmasining prezidenti kabi Markaziy hokimiyatning rahbarlari edi. Shu tariqa, fitnachilar M.S.Gorbachyovni noqonuniy yo'l bilan hokimiyatdan chetlashtirib, o'zlari hokimiyatni egallab oldilar.
Mazkur qo'mita Sovet rahbariyatining Bayonoti, Sovet xalqiga murojaatnoma, Davlatlar va hukumatlarning boshliqlariga hamda BMT Bosh kotibiga murojaat va boshqa qarorlarni e'lon qildi.
Butunittifoq doirasida mo'rtlashib qolgan ijtimoiy-siyosiy vaziyat yanada taranglashdi. Mamlakatdagi siyosiy kuchlar vaziyatga turlicha munosabat bildirdilar.
Qaltis vaziyatda 1991- yil 19-avgustda O'zbekiston Prezidenti I.A.Karimov Hindistonga qilgan rasmiy tashrifdan qaytib keldi va Toshkent shahri faollari bilan uchrashuv o'tkazdi. Uchrashuvda Prezident O'zbekistonning nuqtayi nazarini bildirib, respublika-mizda favqulodda holat joriy etishga hojat yo'qligi, O'zbekistonda vaziyat barqarorligi, qonunga xilof ko'rsatmalar bajarilmasligini qat'iy ta'kidladi.
1991-yil 20-avgust kuni Toshkentda O'zbekiston SSR Oliy Kengashi Rayosati va O'zbekiston Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining Qoraqalpog'iston, viloyatlar va Toshkent shahar rahbariari ishtirokidagi qo'shma majlisi bo'lib o'tdi. Majlis mamlakatda vujudga kelgan vaziyatni muhokoma qilib, Bayonot qabul qildi. Bayonotda O'zbekiston Respublikasining tinch vaqtda kuch, awalo, harbiy kuch ishlatishga qarshi ekanligi ta'kidlandi. Unda tinchlik, osoyishtalikni saqlash va mustahkamlash, har qanday ig'vogarona harakatlarning oldini olish, hamma joyda qattiq intizom va tartibni saqlash, mish-mishlar va ehtiroslarga berilmaslik vazifalari ilgari surildi. Bayonotda O'zbekiston Davlat mustaqilligi to'g'risidagi Deklaratsiya qoidalarini og'ishmay va izchil amalga oshirish yo'lidan boraveradi deb ko'rsatildi.
1991- yil 21-avgustda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti o'z farmoni bilan O'zbekiston hududida hokimiyat va boshqaruv ido-ralari, korxonalar, tashkilotlar hamda muassasalarning qabul qilgan barcha qarorlari va ularning ijrosi SSSR va O'zbekiston SSR Konstitut-siyalariga hamda qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlariga va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga so'zsiz mos kelishi kerak, deb belgilab qo'ydi. Farmonda SSSR da Favqulodda holat davlat qo'mitasining SSSR Konstitutsiyasi hamda qonunlariga, O'zbekiston SSR Konstitutsiyasi hamda qonunlariga zid keladigan farmonlari va qarorlari haqiqiy emas, deb belgilab qo'yildi.
Fitnachilarning qonnunga xilof ravishda urinishlari natijasida 1991-yil 19-21-avgust kunlari Moskvada fojiati hobisalar roy berdi. Rossiya Federatsiyasi rahbariyati tashabbusi bilan demokratik kayfiyatdagi Moskva aholisi tomonidan fitna bostirildi. Fitnachilar qamoqqa olindi. M.S.Gorbachyev Prqzidentlik lavozimiga qaytib keldi. Biroq mamlakatdagi siyosiyb vaziyat tang ahvolga tushib qoldi. Markaziy hokimiyat falaj bolib, harakatsiz qolgan edi. Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi ham halokatga uchradi. Shu tariqa, SSSR tanazzulga uchradi va parchalana bosgladi.
14. 5. O'zbekiston davlat mustaqilligining e'lon qilinishi va uning tarixiy ahamiyati SSSR tanazzulga uchragach, O'zbekiston rahbariyati davlat mustaqilligini to'la o'z qo'liga olishga kirishdi.1991- yil 25-avgustda O'zbekiston Prezidentining farmoni e'lon qilindi. Farmonga binoan, Respublika ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizligi Qo'mitasi O'zbekiston SSRning qonuniy tassarufiga olindi. Respublika hududida joylashgan SSSR ichki ishlar vazirligining ichki qo'shinlari bevosita O'zbekiston Prezidentiga bo'ysundirildi. Respublika ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik Qo'mitasi, prokuraturasi va adliya organlari, shuningdek, respublika hududida joylashgan ichki qo'shinlar, Turkiston harbiy okrugi qismlari va qo'shilmalari partiyadan butunlay xalos qilindi.
O'zbekiston Prezidenti Islom Karimov Oliy Kengash Rayosa-tiga juda qisqa muddatda respublikaning davlat mustaqilligi to'g'risidagi qonun loyihasini tayyorlash va uni Oliy Kengashning navbatdan tashqari sessiyasi muhokamasiga taqdim etishni taklif qildi. Oliy Kengash 1991- yil 26-avgust kuni O'zbekistonning davlat mustaqilligi to'g'risida qonun loyihasini tayyorlash haqida va 31-avgustda Oliy Kengashning navbatdan tashqari VI sessiyasini cha-qirishga qaror qildi.
1991- yil 28-avgust kuni O'zbekiston Kompartiyasi MQ va Markaziy nazorat komissiyasining qo'shma plenumi bo'lib o'tdi. Plenumda Prezident I.Karimovning SSSRda 19-21-avgust kunlari sodir bo'lgan fojiali voqealar va respublika partiya tashkilotlarining vazifalari to'g'risidagi axboroti tinglandi va muhokama qilindi. Plenum Respublika Kompartiyasining KPSS MQ bilan har qanday aloqalarni to'xtatishga, KPSSning barcha tuzilmalaridan chiqishga, uning markaziy organlaridagi o'z vakillarini chaqirib olishga qaror qildi.
1991- yil 31-avgust kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari tarixiy oltinchi sessiyasi bo'lib o'tdi. Sessiyada O'zbekiston Prezidenti I.Karimov nutq so'zlab, sobiq Ittifoqda so'ngi paytlarda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy voqealarni, davlat to'ntarishiga urinish oqibatlarini tahlil qilib, ular O'zbekiston taqdiriga, xalqimiz tarixiga bevosita daxldor ekanligini har tomonlama asoslab berdi. Vaziyatdan kelib chiqqan holda, O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e'lon qildi va uni mustaqillik to'g'risidagi qonun bilan mustahkamlashni taklif qildi.
Sessiyada "O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to'g'risidagi Oliy Kengash Bayonoti" qabul qilindi. Bayonotda bunday deyilgan edi:
"Mustaqillik deklaratsiyasini amalga oshira borib, O'zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi O'zbekistonning Davlat mustaqilligini va ozod suveren davlat - O'zbekiston Respublikasi tashkil etilganligini tantanali ravishda e'lon qiladi".
Oliy Kengash sessiyasida "O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e'lon qilish to'g'risida" qaror qabul qilindi.
15. Mazkur qarorda:
1) respublikaning davlat mustaqilligi to'g'risidagi Oliy Kengash bayonoti tasdiqlansin va resrublika bundan buyon O'zbekiston Respublikasi deb atalsin;
2) 1-sentabr O'zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb belgilansin va 1991- yildan boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb e'lon qilinsin, deb qat'iy belgilab qo'yildi.
Oliy Kengash sessiyasida "O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to'g'risida"gi Qonun qabul qilindi. Bu Qonun 17 moddadan iborat bo'lib, O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini huquqiy jihatdan mustahkamlab berdi. Qonunda:
• O'zbekiston Respublikasi o'z tarkibidagi Qoraqalpog'iston Respublikasi bilan birga, mustaqil, demokratik davlatdir;
• O'zbekiston Respublikasining xalqi suverendir va respublikada davlat hokimiyatining birdan-bir sohibidir. U o'z hokimiyatini ham bevosita, ham vakOlik idoralari tizimi orqali amalga oshiradi;
• O'zbekiston Respublikasi to'la davlat hokimiyatiga ega, o'zining milliy davlat va ma'muriy-hududiy tuzilishini, hokimiyat va bosh-qaruv idoralari tizimini mustaqil belgilaydi, davlat chegaralari, hududi daxlsiz va bo'linmas bo'lib, uning xalqi o'z xohish-irodasini erkin bildirmasdan turib o'zgartirilishi mumkin emas;
• Respublika hududidagi yer, yer osti boyliklari, suv va o'rmon-lar, o'simlik va hayvonot dunyosi, tabiiy va boshqa resurslar, respub-likaning ma'naviy boyliklari O'zbekiston Respublikasining milliy boyligi, mulki hisoblanadi, deb qonunlashtirilib, belgilab qo'yildi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VII sessiyasida 1991- yil 30-sentabr kuni "O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to'g'risida"gi Qonunga Konstitutsiyaviy qonun maqomini berishga qaror qilindi. Qarorda O'zbekiston Respublikasining amaldagi Konstitutsiyasi moddalari "O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to'grisida"gi Qonunning moddalariga zid kelgan hollarda mazkur Qonunga amal qilinsin, deb belgilab qo'yildi.
Shunday qilib, xalqimizning asriy orzusi, umidlari ushaldi, ro'yobga chiqdi. Mamlakatimiz, xalqimiz siyosiy mutelikdan, asoratdan qutildi. Dunyo xaritasida yana bitta mustaqil davlat -O'zbekiston Respublikasi paydo bo’ldi.

Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish