O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT CHET TILLAR INSTITUTI
KURS ISHI
MAVZU: “Najib Mahfuzning hayoti va ijodi hamda uning arab adabiyotidagi o’rni”
Bajardi: Zokirov G’olib
Ilmiy rahbar: Hashem Esmail Ali
Guruh: 407
Samarqand - 2022
MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………...3
ASOSIY QISM
I BOB.MISR ROMANNAVISI NAJIB MAHFUZ……...……………..………………………………......6
1.1.Najib mahfuz hayoti………………….….……………………9
1.2.Najib Mahfuzning adabiyotga kirib kelishi……………….…13
II BOB.NAJIB MAHFUZNING ASARLARI……………….14
2.1.Najib Mahfuzning romanlari………………………………...14
2.2. Najib Mahfuz asarlaridagi voqealar tasnifi…………………20
XULOSA……………………………………………………..…26
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI…….….27
TAQRIZ……………………………………………………...…28
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. 1988 yilda Misr romannavisi Najib Mahfuz Nobel mukofoti sovrindori bo‘ldi. Bu ilk bor arab adibi yuksak umumjahon adabiy mukofotiga sazovor bo‘lishi edi. Garchi Mahfuz anchadan buyon o‘z vatanida, Misrda va boshqa mamlakatlarda, shuningdek uni eng zo‘r arab romannavisi hisoblab, tarjima qiladigan va o‘rganadigan Yevropa, Amerikada ham shunday bo‘lishini his qilib turgan bo‘lsalar-da, ammo baribir u kutilmagan holda sodir bo‘ldi. Arab jamoatchiligi bu xabarni quvonch bilan kutib oldi uni yozuvchi iste’dodi va adabiyot oldidagi xizmatlari e’tirofi sifatidagina emas, ayni chog‘da XX asr jahon madaniyatiga arab adabiyotining qo‘shgan umumiy hissasining ahamiyati tarzida baholadi. Bu e’tirof shu jihatdan ham muhimki, yaqin vaqtlargacha arab dunyosidan tashqarida asosan insoniyatni bebaho badiiy obidalardan bahramand etgan o‘rta asr adabiyoti shuhrat qozongan edi, xolos. Endi esa, Najib Mahfuz siymosida hozirgi zamon arab adabiyotiga yuksak baho berilgan edi. Najib Mahfuz butun ijodi, umr bo‘yi adabiyotga qilgan beminnat xizmati bilan bu mukofotga loyiq edi. Yarim asrlik tinimsiz, fidokorona mehnat natijasida qirqdan ziyod kitob dunyoga keldi, ularda XX asr arab nasrining izlanish yo‘llari ko‘zgudagidek o‘z aksini topdi. Najib Mahfuz tuganmas ijodiy kuch-quvvatining siri faqat uning bebaho tabiiy iste’dodidagina
emas, balki hayratomuz ishchanlik qobiliyatida, shaxsning teran fazilatida, adabiyotning yuksak ma’naviy-axloqiy burchiga so‘zsiz ishonch, odamlarga o‘z qalb so‘zini, uning ta’sirchan kuchini yetkazishidadir.
San’atkor Mahfuzning bebaho xususiyati - davrni nozik his etishi, hamdardlik tuyg‘usi. Uning romanlarida nima haqida so‘z ketmasin, undagi voqealar uzoq o‘tmishdami, afsonaviy davrlardami sodir bo‘lmasin, hamisha ulardan hayot nafasi ufurib turadi. Mahfuz hamisha bugungi kun talabi bilan yozadi, eng dolzarb, hammani hayajonlantiradigan masalalarni ko‘taradi, bu esa kitobxonni o‘ziga chorlaydi, har bir
asari munozara qo‘zg‘atadi. Dolzarblik bilan abadiylik Mahfuz ijodini yangilab turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |