1-jadval
Makkajo’xorini takroriy ekin sifatida silos uchun o’stirishning texnologik sxemasi.
O’tmishdosh: kuzgi bug’doy.
Texnologik jarayonlar
|
Agregat tarkibi
|
Ko’k massa hosili gektaridan tonna bo’lganda agrotex. talablar.
|
|
|
60
|
80
|
100
|
Ang’izni yuza yumshatish.
|
T-4, BDT-2,1 PPL-10-25
|
O’tmishdosh yig’ishtirilgandan keyin 6-8 sm chuqurlikda
|
O’g’itlar solish.
|
MTZ-80
NRU-0.5
|
1 gektar maydonga 20 t. yarim chirigan go’ng
|
|
|
N90 R80
K 60
|
N110 P90
K 80
|
N190 P100
K 90
|
Xaydash
|
T-4, PN-3-35
|
30-32 sm chuqurlikdA*.
|
Joriy tekislash
|
T-4, uzun bazali tekislagich
|
Haydovdan keyin, tuproq qurib ketishiga yo’l qo’yilmaydi.
|
Boronalash
|
T-4, BZSS-1,0
|
Joriy tekislashdan keyinoq.
|
Gerbisidlar sepish.
|
MTZ-80,
OVX-16.
|
1 ga 7 kg eradikan 6Yeni tuproqqa tezda aralashtirish.
|
Tuproqni boronalash bilan yuza yumshatish.
|
MTZ-80,
Kultivator,
BZSS-1.0.
|
Urug’ni ekish chuqurligi 6-8 sm.
|
Ekish qator oralari 70 sm.
|
MTZ-80,
SPCh-6M
|
Iyulning birinchi o’n kunligida, qatorlar yoniga R15 solish bilan
|
Undirib olish uchun sug’orish.
|
Kulda
|
Ekilgandan keyinoq.
|
Gerbisidlar sepish.
|
MTZ-80,
OVX-16.
|
Begona o’tlar ko’p bo’lganda, makkajo’xori 4-5 barg chiqarganda 2,4-D amin tuzi.
|
O’suv davrida sug’orishlar.
600-700 m3/ga
|
Qo’ldA*.
|
Tuproq namligi NS nisbatan foiz.
|
|
|
70
|
75
|
80
|
Kultivasiya va oziqlantirish.
|
MTZ-80
KRX-2,8
|
N30
|
N45
|
N70
|
|
|
Kultivasiya 10-12 barg chiqargandA*.
|
Ko’k massa hosilini yig’ishtirish.
|
MTZ-80.
KSK-100,
Ye-281.
|
Sut-mum pishish fazasida
|
O’tkazilgan tajribalar natijalariga asoslanib, yuqori va sifatli silos massa hosili yetishtirish uchun 1 ga maydonda, Farg’ona vodiysi sharoitida ekinzorda 80 ming m2 atrofida barg sathi shakllanishi ma’qul deb aytish mumkin. Bunday barg sathi 1 ga maydonda kechpishar nav va duragaylarda (O’zbek-100, O’zbek oq tishsimon) 70-75 ming tup, o’rtacha kechpisharlarda (VIR-338, BS-6661) 90-100 ming tup o’simlik bo’lganda shakllanadi, o’rtapishar va ertapisharlar ekilganda esa yanada ko’proq (gektariga 300 ming tupgacha) o’simlik bo’lishi mumkin.
Har gektar maydondan ko’proq va sifatli ozuqa olish uchun makkajo’xorini silos uchun yig’ishtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Yig’ishtirish vaqtini belgilashda siloslanadigan massaning to’yimliligi va namligi alohida o’rin tutadi, ular o’simlikning qaysi fazada ekanligiga bog’liq (-jadval).
2-jadval
Turli fazalarda yig’ishtirilgan makkajo’xorining
(butun o’simlik) kimyoviy tarkibi (%)
(Tomme ma’lumoti)
Tarkibiy qismlar |
makkajo’xori fazalari
|
|
gullash
|
sut pishish
|
sut-mum pishish
|
mum pishish
| Suv |
83,5-84,5
|
79,2-81,4
|
77,7-81,1
|
74,4-75,0
|
Protein
|
1,8-2,2
|
1,6-1,8
|
1,8-2,0
|
2,0-2,3
|
Oqsil
|
1,2-1,6
|
1,3-1,5
|
1,2-1,4
|
1,5-1,6
|
Yog’
|
0,4-0,5
|
0,4-0,7
|
0,4-0,5
|
0,6-0,7
|
Kletchatka
|
3,6-4,2
|
4,5-5,6
|
4,4-5,5
|
5,4-6,3
|
Azotsiz ekstraktiv moddalar
|
7,8-8,5
|
11,1-11,5
|
11,2-12,8
|
14,7-15,1
|
Kul
|
1,1-1,2
|
1,0-1,3
|
0,9-1,5
|
1,6-1,9
|
Jadval ma’lumotlaridan ko’rinadiki, makkajo’xorining mum pishish fazasida to’yimli moddalar eng ko’p bo’ladi. Bu fazada u yaxshi siloslanadi va 1 ga maydondan eng yuqori ozuqa birligini ta’minlaydi.
Ammo bu faza uzoq davom etmaganligi uchun katta maydonlarga ekilganda, yig’ishtirishni yoppasiga sut-mum fazasida boshlash mumkin va mum pishishida tamomlash yaxshi natijalar beradi. Bu vaqtda barg va poyalar yashil, sersuv bo’lib, so’talar silosni to’yimliligini oshiradi.
Takroriy ekin sifatida ekilganda silos uchun makkajo’xorini sut-mum pishish fazasidan oldinroq yig’ishtirishga to’g’ri keladi, chunki ozgina sovuq (-2-3S ) o’simlikni nobud qiladi, ozuqaligini pasaytirib yuboradi. Bunday holatda makkajo’xori maydalangan somonga qo’shib siloslanadi, shunday qilinganda, tarkibidagi ortiqcha namlik somonga shimiladi. Makkajo’xorini silos uchun kuzgi sovuqlar boshlanishidan 7-10 kun avval yig’ishtirib olish ma’quldir.
KUNGABOQAR
Xalq xo’jaligidagi ahamiyati. Kungaboqar asosiy moyli ekindir. Urug’ida 50-52 % gacha mazali, oziq-ovqatga ishlatiladigan moy bo’ladi. Moydan margarin tayyorlanadi, past navlisi texnik maqsadlar uchun ishlatiladi. Poyasi yoqilganda qoladigan kul kaliyga juda boydir.
Urug’lar moy olish uchun qayta ishlanganda olinadigan kunjara juda to’yimli bo’lib, unda 20-35% oqsil bo’ladi, ayniqsa, sog’in sigirlar uchun yaxshi yem sanaladi. Qimmatli silosbop ekindir. Silosbop navlari serbarg va baland bo’yli bo’lganligi uchun yuqori ko’k massa hosili beradi.
Bu ekin to’g’ri agrotexnika tadbirlari qo’llab o’stirilganda makkajo’xori kabi ko’k massa hosili bera oladi. Ko’k massasini sof holda yoki boshqa o’simliklar bilan aralashtirib siloslash mumkin.
Kungaboqar silosini barcha turdagi hayvonlar yaxshi yeydi. Bu silosning ozuqaligi ancha yuqori. Unda oson hazmlanuvchi oqsil, uglevodlar, mineral tuzlar va vitaminlar bo’ladi. 75 % namlikdagi silosning 100 kilogrammida 16,2 ozuqa birligi va 0,7 kg hazmlanuvchi protein bo’ladi.
Respublikamizda asosan silos uchun ekiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |