4
ta’minlash uchun muhim poydevor bo‘ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi,
fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-
sharoitlar yaratildi
2
.
Iqtisodiyotda ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan boshqaruv tizimidan
mutlaqo voz kechilib, bozor islohotlari bosqichma-bosqich
amalga oshirilgani va
pul-kredit siyosati puxta o‘ylab olib borilgani makroiqtisodiy barqarorlikni,
iqtisodiyotning yuqori sur’atlar bilan o‘sishini, inflyasiyani prognoz ko‘rsatkichlari
darajasida saqlab qolishni ta’minladi hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik,
fermerlik harakatini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar va qulay sharoitlar
yaratilishiga xizmat qildi.
Bitiruv
malakaviy
ishi
mavzusining
dolzarbligi.
Iqtisodiyotni
modernizatsiyalash sharoitida xo`jalik yurituvchi subyektlarda asosiy vositalarni
va moddiy-texnika ba’zasini tubdan yangilashga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.
Asosiy vositalarni texnik modernizatsiya qilish
mamlakat iqtisodiyotining
rivojlanish darajasiga bog`liq. Lekin, o`z navbatida, korxonalarni asosiy vositalari
ham iqtisodiyotning rivojlanishiga bevosita o`z ta’sirini ko`rsatadi.
2017 yil 14 yanvar kuni Vazirlar Mahkamasining mamlakatimizni 2016
yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini har tomonlama tahlil qilish
hamda respublika hukumatining 2017 yil uchun iqtisodiy va ijtimoiy dasturi eng
muhim yo‘nalishlari va ustuvor vazifalarini belgilashga bag‘ishlangan
kengaytirilgan majlisida ta`kidlaganidek: 2016 yil yakunlari bo‘yicha yalpi ichki
mahsulot 7,8 foiz o‘sganligi qayd etib o‘tildi. sanoat mahsuloti hajmlari – 6,6 foiz,
qurilish-pudrat ishlari – 12,5 foiz, chakana savdo aylanmasi – 14,4 foiz,
xizmatlar – 12,5 foiz o‘sdi. Davlat byudjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,1
foiz miqdorida profitsit bilan ijro etildi. Tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi
ta’minlandi. inflyasiya darajasi prognoz parametrlaridan oshmadi va 5,7
foizni
tashkil etdi.
2
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoevning 2017 yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli 2017-2021 yillarda O`zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha “HARAKATLAR STRATEGIYASI”. “Xalq so`zi”
gazetasining 2017 yil 8 fevraldagi 28(6722)-soni.
5
Iqtisodiyotga 16,6 mlrd AQSH dollari miqdorida yoki 2015 yildagiga
nisbatan 9,6 foiz ko‘p investitsiyalar yo‘naltirildi. O‘zlashtirilgan xorijiy
investitsiyalar va kreditlar hajmi 11,3 foiz o‘sdi va 3,7 mlrd dollardan oshib ketdi
3
.
Iqtisodiyotni tubdan yangilash, uning barcha soxalarida
modernizatsiyalash
hamda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, xalqimiz farovonligini, turmush
darajasi va sifatini borgan sari yuksaltirish davlatimiz tomonidan olib borilayotgan
siyosatning
bosh
maqsadi
hisoblanadi.
Iqtisodiyotni
yangilash
va
modernizatsiyalash
negizida,
avvalambor,
eng
zamonaviy
texnika
va
texnologiyalarni xarid qilish va ishlab chiqarishda qo‘llash, eskirib qolgan mehnat
vositalari
va qurollarini yangilash, mavjud bino va inshoatlarni rekonstruksiya
qilish, kengaytirish kabi muhim jarayonlar yotadi. Iqtisodiyotning real sektorlari
subyektlarini tubdan yangilash va modernizatsiyalar,
ularda ichki va tashqi
investitsiyalarga asoslangan investitsion loyihalarni amalga oshirish bu
jarayonlarni miqdor va sifat jihatdan aks ettirish vositasi bo‘lgan buxgalteriya
hisobini yanada takomillashtirish,
uning axborot, tahlil va nazorat funksiyalarini
yanada yaxshilashdek dolzarb masalalarni ham hal etishni taqozo etadi.
Barchamiz so‘zsiz tushunamiz, iqtisodiy islohotlar va ijtimoiy o‘zgarishlarni
muvaffaqiyatli amalga oshirish eng
Do'stlaringiz bilan baham: