Oliy ta’lim tizimining qonunosti hujjatlari va ularning mazmuni.
O’bekiston Respublikasining xuquqni ifodalashning asosiy shakli normative-huquqiy hujjatlar hisoblanadi. Normativ-huquqiy hujjatlar o’zining quyidagi 3 xususiyati bilan ijtimoiy normalarning boshqa turlarudan ajralib turadi: 1)normative-huquqiy hujjatlar vakolatli davlat organlari tomonidan yaratilib, barcha uchun umumiy majburiy qoidalarni ornati, o’zgartiradi (takomillashtiradi)yoki bekor qiladi: 2)ularda huquqiy qoidaning mazmuni, ya’ni huquqiy munosabat ishtirokchilarning huquq va burchlari ifoda etiladi: 3)normative-huqiqiy hujjatlarda mustahkamlan qoidalar bajarilmagan yiku buzilgan taqdirda muayyan huquqiy oqibatlar kelib chiqadi,qoida bo’yicha, davlatning, majburlov kuchi ishga solinadi.
Normativ-huquqiy hujjatlarning turlari quyidagilar kiradi:
O’zbekiston Respublikasininh konstitutsuyasi;
O’bekiston Respublikasining konstitutsiyaviy qonunlari;
O’bekiston Respublikasining joriy qonunlari;
O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Palatalarning qarorlari;
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari;
O’bekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining qarorlari;
Vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarning buyruqlari, qarorlari va boshqa hujjatlari;
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlari.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, O’z Respublikasi vazirlar mahkamasining qarorlari, vazirliklar , davlat qo’mitalari va idoralarining buyruqlari hamda qaroqlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qaroqolari qonunosti hujjatlari hisoblanadi. 2019-yil 8-oktabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi. O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimi 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi oliy ta’lim tizimini ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda fan, ta’lim va ishlab chiqarishning mustahkam integratsiyasini ta’minlash asosida ta’lim sifatini yaxshilash, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innavatsion faoliyatni samarali tashkil etish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-iyulda PQ-4391-son “Oliy va o’rta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori ijrosi yuzasidan ishlab chiqildi.
Quyidagilar Oliy ta’lim tizimini rivojlantirishning strategik maqsadlari hisoblanadi:
Mamlakatni modernizatsiya qilish, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan barqaror rivojlantirish uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, inson kapitalini mehnat bozori talablari asosida rivojlantirish;
Oliy ta’lim bilan qamrov darajasini oshirish, xalqaro standartlar asosida yuqori malakali, kreativ va tizimli fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan kadrlar tayyorlash, ularning intelektual qobilyatlarini namoyon etish va ma’naviy barkamol shaxs sifatida shakllanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
Oliy ta’lim bilan qamrovni kengaytirish, oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish;
Ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish;
Oliy ta’lim muassasalarining moliyaviy mustaqilligi va barqarorligini ta’minlash , moddiy-texnik ta’minotni mustahkamlash;
Korrupsiyaga qarshi kurashish, shaffoflikni ta’minlashning ta’sirchan mexanizmlarini joriy etish;
Konsepsiyada quyidagilar nazarda tutilgan:
O’zbekiston milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarining flagmaniga aylantirish, ularni Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Higher Education yoki Academic Ranking of World Universities TOP-500 ro’yxatiga kiritish, shuningdek respublikdagi kamida 10 ta OTMni ushbu reytinglarning TOP-1000 ro’yxatiga kiritish.
OTM da ta’lim,fan,innovatsiya va ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish faoliyatining uzviy bog’liqligini nazarda tutuvchi “Universitet 3.0” konsepsiyasini bosqichma-bosqich joriy etish;
Mamlakatimiz Oliy ta’lim tizimini Markaziy Osiyoda xalqaro ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi “Xab”ga aylantirish;
OO’MTV xuzuridagi jamoatchilik kengashi hamda O’zbekiston oliy ta’lim muassasalari rektorlari kengashi negizida Respublika oliy ta'lim ’engashi tashkil etildi. Bu tashkiliy, taxliliy va maslahat vazifalariga ega NNT dir. Uning faoliyati natijalari , ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar soha vazirligining hay’at majlisida yiliga kamida ikki marta ko’rib chiqiladi va ular yuzasidan qarorlar qabul qilinadi. Shuningdek kengash ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar yuzasidan har chorakda Prezident Administratsiyasi va Vazirlar maxkamasiga axborot kirib boradi.
Davlat OTM raxbarlari tomonidan xorijiy mamlakatga xizmat safariga chiqishining yangi tartibi joriy etilmoqda. Bo’ysunuvchi bo’yicha vazirlik va idorani xabardor qilish.
OTM saytida asosiy ma’lumotlarni (mamlakat nomi, tashrif maqsadi va rejasi), safar natijalari yuzasidan esa – OTM kengashiga amalga oshirilgan ishlar va xarajatlar to’g’risida taqdim etilgan hisobotni joylashtirish lozim.
Bu DXX , milliy gvardiya , Adliya vazirligi,IIV , Mudofa vazirligi va DBQ tizimidagi OTM larga tegishli emas.
.
Do'stlaringiz bilan baham: |