Ta’lim sohasini boshqarishning huquqiy asoslari hamda sohaga oid qonun hujjatlari. Ta’lim sohasiga oid hujjatlar va ularning mazmunini o’rganish.
Davlatimizning ta’lim sohasidagi amaliy faoliyati uning ko’p qirrali muxum va mustaqil funksiya sifatida namoyon bo’moqda. Ta’limga oid normativ-hujjatlar fuqaroning ta’lim olishiga oid konstitutsiyaviy huquqini ta’minlash, ta’lim tizimini huquqiy tartibga solish, moliyaviy va moddiy-texnik ta’minlash, ta’lim va kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini rivojlantirishga yordam beradi. O’zbekiston Respublikasida barcha fuqorolar bir xil haq huquqlarga ega bo’lib jinsi, irqi,tili dini, millati, ijtimoiy kelib chiqishidan qatiy nazar qonun oldida tengdirlar. O’zbekiston Respublikasining konstitutsiyasi barcha munosabatlarning huquqiy asosi bo’lganidek, Ozbekistonda ta’limni, xususan oliy ta’limni yuridik tartibga solishning ham asosiy normative hujjati sanaladi. Bunga ko’ra
41-moddada: Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir.
42-modda: Har kimga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi. Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga g’amxo’rlik qiladi; deb belgilab qo’yilgan.
Xozirgi kunda ta’limni davlat tomonidan nazorat qiluvchi organlarga quyidagilar kiradi:
O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi
O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Xar kimg a (chet el fuqarolariga xalqaro shartnomaga muvofiq) bilim olishda teng huquqlar, ushbulardan qatiy nazar kafolatlanadi.
Jinsi,
Tili,
Yoshi,
Irqiy mansubligi,
Milliy mansubligi,
E’tiqodi
Dinga munosabati,
Ijtimoiy kelib chiqishi,
Xizmat turi,
Ijtimoiy mavqesi,
Turar joyi,
O’zbekiston Respublikasi xududida qancha vaqt yashayotganligi.
Bugungi kunda ta’lim sohasini tubdan takomillashtirish davr talabiga aylangan. Ushbu talabdan kelib chiqgan holda, ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonunlar qabul qilinmoqda. Jumladan O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risidagi ” qonuni 2020 yil 23-sentabr kuni qabul qilingan bo’lib, uning maqsadi ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Xujjat 1997 yildan buyon amal qilib kelayotgan eskirgan “Ta’lim to’g’risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida”gi qonunlarni almashtiradi. Shuningdek mazkur qonun bilan ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplar belgillangan bo’lib, ular asosan ta’lim ustuvorligining tan olinishi; ta’lim olish shaklini tanlash erkinligi; ta’lim sohasida kamsitishlarga yo’l qo’yilmasligi; ta’lim olishga doir keng imkoniyatlarning ta’minlanishi; ta’lim va tarbiyaga milliy hamda umuminsoniy qadryatlarning singdirilganligi; ta’lim va tarbiyaning insonparvarlik,demokratik xususiyati hisoblanadi.
Ushbu qonunning o’ziga xos xususiyatlari ta’lim sohasiga bir qator yangiliklar kiritilganida namoyon bo’ladi. Jumladan unda belgilangan masofaviy ta’lim to’g’risidagi qoidalar o’quv rejalari va o’quv dasturlariga muvofiq ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko’nikmalarni axborot komunikatsiya texnologiyalaridan hamda internet jahon tarmog’idan foydalangan holda masofadan turib olishga qaratilgan.
Bundan tashqari, qonunga inklyuziv ta’lim to’g’risidagi qoidalar kiritilib unga binoan, inklyuziv ta’lim alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha ta’lim oluvchilar uchun ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishga bolgan teng imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilgan.
Shuningdek ta’limda dual ta’limga oid qoidalar belgilanib, u ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko’nikmalarni olishga qaratilgan bo’lib ularning nazariy qismi ta’lim tashkiloti negizida, amaliy qismi esa ta’lim oluvchining ish joyida amalga oshiriladi.
Xulosa sifatida e’tirof etish joizki “Ta’lim to’g’risida”gi mazkur qonun ta’lim sohasidagi munosabatlarni yanada takomillashtirishga o’zining munosib hissasini qo’shadi.
.
Do'stlaringiz bilan baham: |