Ishning ilmiy va amaliy ahamiyati. Bitiruv malakaviy ishi natijasi Oliy ta’lim muassasasi hujjatlar ijrosini monitoringini ta’minlash uchun axborot tizimini ishlab chiqish hisoblanadi. Bu hujjatlar ijrosini monitoringida qo‘llanilayotgan vositalarni aniqroq tahlil qilish, ularni turli xil mezonlar (vaqt, muhimligi va sh.k.) bo‘yicha baholashga imkon beradi. Bu tahlillar bo‘yicha qo‘llanilayotgan vositalar samaradorligini aniqlash va ijro intizomini yaxshilash mumkin bo‘ladi. Natijada, boshqaruvda istiqbolli rejalar tuzish imkoniyati vujudga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |