O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi saida kasimxodjayeva


N. Sidelnikovning “Muhabbat va o‘lim haqida romansero”



Download 1,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/107
Sana09.06.2022
Hajmi1,66 Mb.
#646988
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   107
Bog'liq
fayl 1681 20210827

N. Sidelnikovning “Muhabbat va o‘lim haqida romansero”
 
xor poemalari
 
to‘plami.
 
Romantik mavzu N. Sidelnikovning “Muhabbat va o‘lim haqida 
romansero” (1976-1977) xor poemalari to‘plamining rivojlanish ko‘lamini belgilab 
beradi. 
Mazkur asar XX asrning buyuk kuychisi, jo‘shqin qalb egasi bo‘lgan ispan 
shoiri Garsia Lorkaning she’rlariga asoslangan


106 
Shoir she’riyatiga xos bo‘lgan jo‘shqinlik, zamonaviylik, yorqin obrazlilik 
kompozitorni xor majmuasini yaratishga ilhomlantiradi. Kompozitor shoir yaratgan 
obrazlarni musiqada iloji boricha yorqin, muallifning fikrini esa aniq aks ettirishga 
harakat qiladi. G. Lorkaga xos bo‘lgan hayot va o‘lim, muhabbat va xoinlik 
mavzulari xor ijrosida shoirona tarzda shiddat bilan bayon etiladi. G. Lorka ijodining 
asosiy xususiyati – bir-birini inkor etadigan tushunchalarni birlashtirish, bir paytning 
o‘zida o‘tmish va kelajak kesimida fikr yuritishdir. 
Asarda bayon etishning asosiy uslubini monolog tashkil etadi. Turli qutblarning 
bir-biriga nisbatan g‘oyaviy qarama-qarshiligi qism xulosalarining taqqoslanishida 
ko‘zga yaqqol tashlanadi. Asarning birinchi yarmidagi muhabbat madhiyasi bo‘lib 
ijro etiladigan “Amparoga”, asarning ikkinchi yarmidagi dramatik “Sigirga 
bag‘ishlangan rekviyem”ga qarama-qarshi qo‘yiladi. Janr nuqtai-nazaridan 
taqqoslanish lirik qo‘shiq tarzida yozilgan yakuniy qism bilan, oldingi qismlarning 
harakatida ko‘rsatiladi. 
Garsia Lorka she’riyati o‘xshatishlar, timsollar bilan to‘lib-toshadi. Unda 
Ispaniya obrazi ham yetakchilik qiladi. Bu obrazni yaratish maqsadida kompozitor 
xor ijrosiga gitara tembrini qo‘shadi. Gitara sozining ijrosi obrazlilikdan tashqari 
muhim dramaturgik ahamiyatga ham egadir. Aynan gitaraning ijrosi asarning 
birinchi-muhabbat mavzuiga bag‘ishlangan bo‘limini yakunlab, asar epilogidan oldin 
ham yangraydi. 
Gitaraning sof instrumental tembri xor ijrosi bilan taqqoslanadi. Ko‘p hollarda 
esa xor ijrosini boshqaradi. Asarning yakuniy qismlarida gitara - Shoir obrazi, 
Ispaniya obrazi sifatida yangraydi. 
Gitara sozi bilan xor ijrosining yakdilligi ispan musiqasi uchun an’anaviy 
bo‘lgan “kante xonde” uslubiga yaqinlashadi. Andaluz qo‘shiqchiligi namunasi 
bo‘lgan “kante xonde” chuqur ijro Garsia Lorka she’riyatiga ayniqsa yaqindir. Kezi 
kelganda shuni ham aytib o‘tish kerakki, “Romansero”ning ba’zi qismlarida 
shoirning boshqa asari - “Kante xondega bag‘ishlangan poema” she’rlaridan 
foydalanilgan. “Kante xonde” uslubi sharqona ijroga yaqin turib, mikrointerval yoki 


107 
mikroxromatika intonatsiyalariga asoslanadi. Har bir qo‘shiq tuzilish jihatidan ko‘p 
qatlamli bo‘lib, ijro murakkabligi bilan ajralib turadi. 
Shoirning o‘zi “kante xonde”ni quyidagicha ta’riflaydi: “Bizning kante 
xondening tubi yo‘q... U eng chuqur quduqlardan, hatto ko‘l va dengizlardan 
chuqurroqdir. Yer sharini o‘rab olgan okeanlar chuqurligi ham u bilan bahslashadi. 
Unga faqat ijro etadigan ovoz va tushunadigan qalb tenglasha oladi. Zero, bizning 
kante xondening chuqurligi bepoyondir... Bizga qadimdan ota-bobolarimiz merosi 
bo‘lib yetib kelgan, zamonlar va toshqinlar qarshiligini yengib o‘tgan, chaqaloq 
yig‘isidan birinchi muhabbatga qadar kuylangan...” (120). 
Kante xonde ta’sirida N.Sidelnikovning asarida o‘ziga xos lirik muhit yuzaga 
keladi. Unda barcha tashqi dunyoning belgilari “jonlanib” yorqin xarakterga ega 
bo‘lishadi. Kompozitor she’riy obrazlarni tasvirlash maqsadida yangi musiqiy til 
ixtiro etadi. Masalan, “Sharq shamoli” obrazini Sprechstimme orqali, “O‘lim 
odimlari” obrazi sinkopalangan ostinato jo‘rligida ko‘rsatiladi. Ammo fikr 
ziddiyatlari, qalb jo‘shqinligi, ichki kechinmalarning murakkab rivojlanishi, tashqi 
ko‘rinishdan ko‘ra ko‘proq musiqiy til vositalarining ummoni orqali, monolog tarzda 
bayon etiladi. Asarning yakuniy qismi “Memento” bir qarashda stilistik jihatdan 
sodda ko‘rinsa ham, murakkab va chuqur mazmunga egadir. “O‘lganimda meni 
gitaram bilan dafn qilinglar...” so‘zlarida fojeaviy ko‘tarinkilik, estradaga xos bo‘lgan 
lirik tarzda bayon etiladi. Musiqaning dilkash navolari, matn murakkabligini 
soddalashtirib, asarning asosiy mazmunini tomoshabinga yetkazishga ko‘maklashadi. 
Zamonaviy qo‘shiqlarning bayoniga yaqin bo‘lgan oxirgi qism o‘tmish va bugungi 
kun o‘rtasida ko‘prik vazifasini ado etadi. Turli musiqiy uslublarning bunday 
taqqoslanishida, shoirning asosiy maqsadi yanada bo‘rttirib ko‘rsatiladi. Musiqada 
hatto shoirning o‘zi, ya’ni, Garsia Lorka obrazi gavdalanadi. Uning jo‘shqin qalbi, 
fojeaviy bevaqt o‘limi va bizga meros bo‘lib qolgan ijodi timsol sifatida bayon 
etiladi. 
Tarixda “Turg‘unlik davri” deb nom olgan davr san’atda ham o‘ziga xos 
namoyon bo‘ladi. Bir tomondan hukmron siyosatni maqtash, hayotni chiroyli va 
muammosiz qilib ko‘rsatish odat tusiga kirgan bo‘lsa, ikkinchi, jonkuyar ijodkorlar 


108 
tomonidan o‘z fikrini turli ko‘rinishlarga o‘ragan holda bayon etish, romantik 
o‘xshatishlarga murojaat qilish uslubi keng yoyiladi. Kino san’atida bu uslub
S. Solovyov, V. Tadarovskiy, G. Daneliya kinofilmlarida; telefilmlarda M. Zaxarov 
ijodida ( “O‘n ikki stul”, “Baron Myunxauzen”, “Oddiy mo‘jiza”); teatrda LenKom, 
Taganka, Sovremennik kabi jamoalarning M. Zaxarov, A. Efros, Y. Lyubimov 
qo‘ygan spektakllarida; tasviriy san’atda I. Glazunov ijodida namoyon bo‘ladi. 
Tomoshabin o‘zini qiynayotgan savollarga javobni, hayotga bo‘lgan 
munosabatini mazkur asarlar ta’sirida shakllantiradi. 
Keyinchalik san’atda “romantik kinoya” deb nom olgan uslub ham aynan shu 
davrda paydo bo‘ladi. Bu uslub ayniqsa musiqa san’atida keng quloch yoyadi. 
Rus madaniyatida mazkur uslubga N. Gogol asos solgan bo‘lib, uning kinoyali 
asarlari XX asrda ham qiziqish uyg‘otadi. D. Shostakovichning “Burun” operasi hatto 
XX asr zodagonlari tomonidan salbiy qabul qilinadi. 
“Romantik kinoyaning” yana bir ko‘rinishi bu xalq forlklorida mavjud bo‘lgan 
hazil-mutoyibalardir. Barcha xalqlar ijodiyotiga xos bo‘lgan optimizm, kinoya bilan 
boyib, zamonaviy muammolar kesimida talqin qilinadi. Ana shunday asarlarga
A. Chaykovskiyning “Qariya kulganida” operasi misol bo‘la oladi. 

Download 1,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish