O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi saida kasimxodjayeva


R. Shedrinning “ O‘lik jonlar” operasi



Download 1,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/107
Sana09.06.2022
Hajmi1,66 Mb.
#646988
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   107
Bog'liq
fayl 1681 20210827

R. Shedrinning “ O‘lik jonlar” operasi
 . 
N. Gogolning shu nomli asari asosida 
yaratilgan operada, adibning o‘tkir kinoyali qalami musiqiy obrazlar vositasida 
yangicha jilolanadi. 
Kompozitor tomonidan libretto tuzish jarayonida asar negizida mavjud bo‘lgan 
yorqin sotsial muammo yuqoriga qalqib chiqadi. Zero, asosiy e’tibor hayot bir necha 
qatlamlardan iborat bo‘lganiga, unda jasorat va tubanlik, insoniylik va kundalik 


111 
mashmashalar yonma-yon turganiga qaratiladi. Dramaturgiyaning negizida hayotning 
bir necha qatlamlari bir-biriga qarama-qarshi qo‘yiladi. Asar davomida turli sahnalar 
ketma-ketlikda berilib, taqqoslanish yo‘li bilan rivojlanadi. Turli qatlamlarning 
tasvirlanishida turli stilistik uslublar qo‘llaniladi. Natijada “stilistik polifoniya” 
yuzaga keladi. Shartli ravishda uni lirik-epik monolog bilan romantik kinoyaning 
taqqoslanishi, deb atash mumkin. 
Hayotiy lavhalar, xalq obrazlari qo‘shiq janri orqali gavdalanadi. Qadimiy 
qatlamlarga ega bo‘lgan rus qo‘shig‘i o‘tmish va zamonaviylik timsoli sifatida 
beriladi. Uning ijrosida o‘n ikki tonlik ketma-ketlik bilan sonoristika qo‘llaniladi. 
Meshanlik va fisqi-fasod dunyosini tasvirlashda kompozitor grotesk 
bo‘yoqlaridan keng foydalanadi. Har bir obraz Gogolning asariga xos yorqin satirik 
tusda bo‘rttirib ko‘rsatiladi. Satirik portretlarni yaratishda kompozitor leyttembrlar 
usulubini qo‘llaydi. Masalan: Manilov obrazi fleytaning yumshoq va “shirin” tembri, 
Korobochka fagotning “iltijolari”, Nozdrevning lagambardarligini valtornaning 
to‘lqinlari, nochorlikni niqob qilib olgan Plyushkin uchun gaboy, ig‘vogar 
Sobakevichni ikki kontrabas, turli niqoblarga ega bo‘lgan Chichikov uchun turli 
tembrlar orqali esda qoladigan yorqin satirik portretlar yaratiladi. 
Satira va grotesk bo‘yoqlar nafaqat asosiy qahramonlar, balki hodisalar va 
sahnalarni tasvirlash uchun ham qo‘llaniladi. 
Masalan, “Prokurorning uyidagi ziyofat” sahnasi fuguto shakliga asoslanadi. 
Jamiyatning ma’naviy inqirozi, unda hukm surgan kayfiyatlarning tubanligi satirik 
tarzda oshkor etiladi. Boshlang‘ich qismida quvnoq ko‘ringan fugato, rivojlanish 
jarayonida fojeaviy kulminatsiyaga olib keladi. Unda o‘rin egallagan yig‘i-motam 
xori opera mazmuniga mutlaqo yangi mazmun olib kiradi. Yuqorida aytilgan turli 
qatlamlarni taqqoslanishi oxir-oqibatda fojea bilan yakun topadi. Turli musiqiy 
qatlamlarning qiyoslanishida kino san’atida bo‘lgani kabi montaj uslubi o‘rin 
egallagan. 
Montaj uslubini musiqada birinchilardan bo‘lib S. Prokofyev qo‘llagan. Ammo 
S. Prokofyevning montaji R. Shedrining uslubidan tubdan farq qiladi. 


112 
Yillar davomida kinofilmlar uchun musiqa yaratgan S. Prokofyev, montaj 
uslubiga ehtiyotkorlik bilan yondashadi. Jumladan, uning asarlarida (“Aleksandr 
Nevskiy” oratoriya-kantatasida, “Urush va tinchlik” operasida) turli musiqiy 
sahnalarning taqqoslanishi kotrastlikni yaratadi. R. Shedrin esa, turli stilistik 
uslublarni montaj orqali taqqoslab, bir-birini inkor etadigan vaziyatni yuzaga 
keltiradi. Liriko-epik monolog bilan grotesk sahnalarining ketma-ketligida ikki xil 
dunyo ziddiyatlari fojea darajasiga olib chiqiladi. Poklik, ma’naviy boylik bilan 
tubanlik hech qachon birlasha olmasligi xulosa sifatida ta’kidlanadi. 
Zamonaviy muammolarni bunday yoritilishi 70-80-yillar uchun xosdir. Shu 
yillarda yaratilgan Ch. Aytmatovning hikoya va romanlarida, dramaturg Said Ahmad 
pyesalarida kulgili vaziyatlar zaminida chuqur muammolar o‘rin egallaganligi sezilib 
turadi. 

Download 1,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish