Ko’rgazmali qurollar va jihozlar:
O’rta Osiyo va O’zbekistonning tabiiy xaritasi,
O’zbekiston iqlimi xaritasi. Samarqand viloyat tuproq xaritasi, O’zbekiston suv resurslari
xaritasi, kontur xaritalar. Ko’llarning morfologik va morfometrik elementlarining chizmalari va
rasmlariyu
O’rganish tartibi.
Xaritalardan foydalanib O’zbekiston ko’llari haqida, ularning joylashishi xususiyatlari
haqida ma’lumatlar olinadi.
O’zbekistonda ko’llar nisbatan kam, ular respublika hududida notekis tarqalgan.
Ko’llarningaksariyati ichki ko’llar bo’lib, ular ko’proq daryo vodiylari buylab joylashgan.
Respublika ko’llari paydo bo’lishi jihatidan xilma – xildir. Tog’larda ko’llar to’g’on va marena
ko’llar, tekislikdagilari esa qoldiq ko’llar yoki zovur – drenaj suvlarining to’planishidan
vujudga kelgandir.
O’zbekiston hududidagi ko’llarning ko’pchiligi uning tekislik qismida, xususan
Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Chirchiq kabi daryo vodiylarida, asosan , ularning quyi
qisimlarida joylashgan. Bu ko’llar ko’pchiligi kichik, sayoz va sho’r bo’lib, bahorda hamda
daryo suvi kupaygan vaqtda suvlarga to’lib, yozning oxirlariga borib, suvi juda ozayib
sayozlashib, ba’zilari qurib, botqoqlik sho’rxokka aylanib qoladi.
O’zbekiston tekislik qismidagi ko’llar kelib chiqishi jihatidan turlichadir. Ba’zilari
daryo vodiylarining pastqam joylarida hosil bo’lib, yomg’ir qor, irrigasiya shaxobchalarining
tashlama suvlari yoki er osti suvlaridan, ba’zan esa daryolar toshganda sizib borgan suvdan
to’yinib turadi. Bunday ko’llar berk ko’llar hisoblanib, suvi sho’r, ba’zilarining suvi yozda
qurib qolib, tagida tuz cho’kib qoladi, ba’zilari botqoqli joyga aylanadi.
O’zbekistonda tektonik yo’l bilan vujudga kelgan eng katta ko’l Orol ko’lidir. Orol
ko’li katta bo’lganligidan u dengiz deb ataladi ( Ergashev, 2003).
Orol dengizi suvining kamayishini karta sxemada o’rganiladi.
Respublikamiz tekislik qismida daryo qayrlarida joylashgan ko’llar suvi bahorda, yoz
oylarida keskin kamayadi, ba’zilari qurib qoladi.
Asosiy ko’llarni xaritadan topish. Respublikamizning asosiy ko’llari Orol,
Mirzacho’ldagi Arnasoy, Zarafshon daryosi qo’yi oqimidagi Dengizko’l, Somonko’l,
Sho’rko’l, Oqko’l, va boshqalar. Bu ko’llar kichik bo’lib ularning suv yuzasi maydoni bir
necha yuz gektardan bir necha km
2
gachadir. Ko’rinib turibdiki Orol suv sathining pasayishi
ham ekologik, ham iqtisodiy jihatdan juda katta zarardir. Orol suv sathining ma’lum yuzada
saqlab turishining yagona yo’li bu uning havzasidagi mahalliy suv boyliklaridan tejab - tergab
foydalanishdir.
Mavzuni o’rganish uchun qo’ydagilarni bajaring.
1.
Orol ko’lining joylashishi va suvining kamayishini xaritadan ko’rish va kontur
xaritaga chizib olish.
2.
Zarafshon daryosi qo’yi oqimidagi Dengizko’l, Somonko’l, Sho’rko’llarni
xaritadan aniqlash.
3.
Farg’ona vadiysidagi Axsikentko’l, Quyi Amudaryodagi Sariqamish, Sudache,
Ulug’sho’rko’l, Abilko’l, Oqko’l ko’llarining joylashishini xaritadan aniqlash va
kontur xaritaga tushirish.
61
4.
Ekologik xaritadan er usti suvining ifloslanish darajasi bo’yicha iflos, ifloslangan,
ifloslanish arafasida, toza ko’llarni aniqlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |