O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti



Download 3,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/141
Sana31.03.2022
Hajmi3,13 Mb.
#522147
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   141
Bog'liq
2-kurs Ona tili

Anvar Obidjon
O‘zbekiston xalq shoiri, adib va dramaturg. 1947-yilda Farg‘ona 
viloyatining Oltiariq tumanida tavallud topgan. Hozirgi O‘zbekiston milliy universitining jurnalistika 
fakultetini tamomlagan. U bir qator gazeta va jurnallarda xodim, bo‘lim mudiri bo‘lib ishlagan. 
“Cho‘lpon” nashriyotida bosh muharrir, direktor lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan. 
A.Obidjonning 1974-yilda “Ona yer”, 1980-yilda “Bahromning hikoyalari”, 1983-yilda “Ey, 
yorug‘ dunyo”, “Olovjon va uning do‘stlari”, 1985-yilda “Ketmagil”, “Bezgak shamol”, 1986-yilda 
“Masxaraboz bola”, 1987-yilda “Akang qarag‘ay Gumat”, “Juda qiziq voqea”, 1988-yilda “Oltin 
yurakli avtobola”, 1989-yilda “Dahshatli mishpolvon”, 1990-yilda “Yerliklar”, 1992-yilda 
“Alamazon va Gulmat hangomasi”, 1993-yilda “Ajoyibxona”, 1994-yilda “Meshpolvonning 
janglari”, 1996-yilda “Alisher va Xusayin yoki uch o‘g‘ri”, 1999-yilda “Oltiariq hangomalari”, 2001-
yilda “Bulbulning cho‘pchaklari” qator to‘plamlari chop etilgan. 


243 
A.Obidjonning “Latifachi oyim” she’ri nafaqat shoirning, balki butun o‘zbek bolalar 
adabiyotining katta yutug‘i hisoblanadi. Asarda bola ta’lim-tarbiyasida xalq og‘zaki ijodining 
ahamiyati ochib beriladi.
Qand uzatsa ham 
Oyim, 
Tinmay yig‘lar
Guloyim. 
Aytgach qiziq
“Afandi” 
Singlim darrov 
Yupanadi. 
Kichkintoylarni kelajakda sog‘lom, doyurak bo‘lib kamol topishlarida oila, atrof-muhitning 
ta’siri kuchli bo‘ladi. Bu g‘oya A.Obidjonning “Darboz bola” she’rida ko‘zga tashlanib turibdi.
Langarcho‘pni mahkam ushla, 
O‘yna, lochin!
Botirlarning ko‘nglin xushla, 
O‘yna, lochin!
Qo‘rqoq esa havas qilmay, 
Turaversin. 
Ehtiyot bo‘l, deb maslahat 
Beraversin. 
A.Obidjonning “Vatan” asarida vayronada yashaydigan Boyqush o‘z hayotida mamnun, 
vayronasi bilan shod. Negaki, vayrona bo‘lsa ham o‘z uyi bor. 
- Senga bitta savol, 
Menga quloq sol hoy, qush. 
Vayronada yashaysan, 
Noming esa naq Boyqush. 
Ayt-chi nahot sen boysan? 
- Asl boylik neligin
Tushunmaysan, chamasi, 
Bu – vayrona bo‘lsa ham, 
O‘zimniki, hammasi, 
Shuning uchun men boyman. 
A.Obidjon o‘zbek adabiyotida o‘ziga xos maktab yaratgan shoirlardan biri hisoblanadi. 
Buni ko‘proq uning turli buyumlar, jonzotlar, o‘simliklar haqida yaatgan asarlarida ko‘zga tashlanadi. 
G‘azal janrida yaratgan “Bulbulning salomnomalari” o‘zbek bolalar adabiyotida katta voqea bo‘ldi. 
Bu asarda turli xil narsalarning o‘ziga xos qirralari ochib beriladi. 
A.Obidjonning o‘nlab qissa va dostonlari, ertak va dramalari bolalar qo‘lidan tushmay 
kelayotir. 

Download 3,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish