O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti



Download 3,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/141
Sana31.03.2022
Hajmi3,13 Mb.
#522147
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   141
Bog'liq
2-kurs Ona tili

Safo Ochil
Filologiya fanlari nomzodi, pedagogika fanlari doktori, O‘zbekiston Yozuvchilar 
uyushmasi a’zosi, O‘zbekiston xalq ta’limi a’lochisi. 1942-yil 20-mart kuni Xorazm viloyatining 
Yangiariq tumanida dunyoga kelgan. U boshlang‘ich ta’limni shu tumandagi “Olg‘a” va Oxunboboev 
nomli maktablarda oldi, keyin esa Bog‘ot tumanidagi Narimonov nomli o‘rta maktabni tamomladi. 
U 1958-yilda Toshkent davlat chet tillar pedagogika institutining nemis tili fakultetiga kirib, 
uni nemis tili, o‘zbek tili va adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha tugatdi. So‘ngra S.Ochil uzoq yillar Xorazm 
davlat pedagogika institutida o‘qituvchi, dotsent, bkafedra mudiri lavozimlarida ishlab, malakali 
kadrlar tayyorlash ishlarida samarali faoliyat ko‘rsatdi. Hozirda S.Ochil “O‘qituvchi” nashriyotining 
“O‘zbek tili va adabiyoti, pedagogika” adabiyotlari tahririyatini boshqarmoqda. Shuningdek, u 
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining professori sifatida O‘zekiston xalq 
ta’limi tizimi uchun malakali o‘qituvchi-kadrlar tayyorlashga o‘z hissasini qo‘shmoqda. 
S.Ochil ijodiy faoliyatini 1955-yilda boshlagan bo‘lib, u bolalarbop she’rlar mashq qildi. 
Shoir ramziy ifodalar orqali o‘zining falsafiy fikrlarini bolalar tilida jaonlantirishga harakat qildi. Bu 
o‘rinda “Kungaboqar” she’ri diqqatga loyiq.
Kungaboqar muloyimdir, 
Uyati bor, 
O‘ziga xos qiziq, ajib
Odati bor - 
Tunga yerga, kunduz esa 
Kunga boqar. 
Shu boisdan yeru kunga 
Birday yoqar. 
Qorni to‘ygach, “yig‘ib olar” 
U esini. 
Quyoshga ham ko‘rsatadi 
Yelkasini... 
Bu she’rda o‘zbek xalq og‘zaki ijodiga xos botiniy parallelizm uslubi gavdalangan. 
Kungaboqarning o‘ziga xos xusiyatlari, o‘sish, “yashash” tarzi yashirin ravishda insonga qiyoslanadi. 
“Soyam bilan o‘ynayman” she’rida ayrim subutsizlar timsoli yorqin ifodalangan. Bola o‘z 
soyasi bilan do‘st tutinadi, o‘ynaydi. Biroq soya esa yursa yuradi, tursa turadi. 


242 
“Po‘m” desam-da 
Ergashib kelar. 
Undan odam
Qanday qutilar? 
Shoirning “Qo‘rqoqlik” she’ridagi yosh lirik qahramon nohaqlikka, adolatsizlikka 
loqaydlikka qarshi isyon ko‘taradi. 
Sizni ham men singari
Birov nohaq urganmi? 
Shunda do‘stingiz chetda 
Yordam bermay turganmi? 
“Yarador qushcha” she’rida ilgari surilgan badiiy-pedagogik g‘oya qushlarga nisbatan mehr, 
g‘amxo‘rlik tuyg‘ularini shakllantirishga yordam beradi.
Tushdagidek ne uchun,
Uchib yura olmayman. 
Yarador qushchamni men 
Nahot ko‘ra olmayman. 
S.Ochil “Tog‘ lavhalari” (turkum), “Mudraydi qishloq”, “Ey, qor”, “Qor bola”, “Qish”, 
“Oqshom”, “Ko‘klam qo‘shig‘i” she’rlarida tabiat manzaralarini chizish orqali bolalarning estetik 
didini shaklantirish, “Kurashchi bola” da sportga mehr, “Xazonlarni supurmang”da insonparvarlik, 
“Yaxshilik yovlari”da ezgulikning yovuzlik ustidan tantana qilishi, boshqa ko‘pgina esa she’rlarida 
Vatanga muhabbat, ota-onaga hurmat singari tuyg‘ular rango-rang bo‘yoqlarda chizilgan. 
S.Ochil bolalar qo‘shiqchiligini rivojlantirishga samarali ta’sir qilgan shoirdir. “Gul 
ekaman”, “O‘z tilim”, “Ota-ona duosi”, “Osmoning tiniq bo‘lsin” singari she’rlar shular 
jumlasidandir. 
S.Ochilning “Qarg‘a va bulbul”, “Ilon va tipratikon”, “Tuya bilan kuchuk”, “Tovuq va 
simob pontomimasi”, “Qurbaqa va sigaret” singari masallari badiiy yuksak mahorat bilan bitilganki, 
ular bolalarning diqqatini o‘ziga tortadi. 
Shoirning “Gavhartosh” ertak dostoni xalq ichida tildan-tilga ko‘chib yurgan afsona bir 
syujet-voqea asosiga qurilgan bo‘lib, unda ota qadri, uning ma’naviy-axloqiy hikmatlari badiiy 
ifodasini topgan. Dostonning lirik qahramoni muayyan jamiyatda asrlar osha ahloqiy qonuniyatga 
aylanib qolgan urf-udum va an’analarga qarshi bosh ko‘taradi. 
Farmonigga ming la’nat, ey shoh, 
Farmonigdan o‘rgildik, tojdor. 
Udumlaring tufayli, evoh, 
Nahot bola Otaga ag‘yor! 
S.Ochilning “Burgut”, “Nodir pahlavon”, “Temirchi bobo va boyo‘g‘li” kabi ertaklari ham 
bolalarning ma’naviy-ahloqiy va estetik tarbiyasida muhim ahamiyat ksb etadi. Umuman olganda, 
shoir va olim S.Ochilning deyarli barcha asarlari milliy istiqlol g‘oyasi bilan sug‘orilgan bo‘lib, ular 
milliy bolalar adabiyotining ravnaq topishida muhim o‘rinni egallaydi. 

Download 3,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish