O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti fakultet: Magistratura bo‘limi Kafedra: Xalqaro turizm va turizm servisi «Himoyaga tavsiya etildi»


uylari soni ( 2020yil 1- iyun holatiga )  O’rinlar



Download 2,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/42
Sana31.03.2022
Hajmi2,2 Mb.
#521401
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   42
Bog'liq
oilaviy mehmon uylari xizmatlarini takomillashtirish yollari samarqand viloyati misolida.

uylari soni
(
2020yil 1-
iyun holatiga


O’rinlar 
soni
Yaratilgan 
ish 
o’rinlari 

Qoraqolpog’iston Respublikasi 
12 
111 
23 

Andijon viloyati 
19 
188 
34 

Buxora viloyati 
144 
1276 
213 

Jizzax viloyati 
50 
415 
94 

Navoiy viloyati
32 
290 
38 

Namangan viloyati 

84 


Samarqand viloyati 
156 
1418 
298 

Sirdaryo viloyati 

38 


Surxandaryo viloyati 
67 
597 
68 
10 
Farg’ona viloyati 
119 
821 
135 
11 
Qashqadaryo viloyati 
47 
386 
119 
12 
Xorazm viloyati 
67 
606 
129 
13 
Toshkent viloyati 
232 
1746 
292 
14 
Toshkent shaxri 
61 
533 
85 
JAMI 
1020 
8509 
1543 
Tadbirkorlar tomonidan turizm sohasiga 191,7 milliard so‘m investitsiyalar 
kiritilishi evaziga 1 ming 142 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Hozirgi kunda 23 ming 
xonaga ega jami 1 ming 46 ta sayyohlar va mehmonlarni qabul qiladigan joylar 
faoliyat ko‘rsatmoqda. Shuning 107 tasi joriy yil birinchi yarmida barpo etildi. 
Aholini turizm sohasidagi tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish borasida 
olib borilgan ishlar natijasida joriy yilning o‘tgan davrida 364 ta yangi oilaviy 
mehmon uylari tashkil etilib, ularning umumiy soni 472 taga yetkazildi.
Erishilgan bunday ko‘rsatkichlarning zamirida turizm sohasining huquqiy 
asoslarini mustahkamlashga qaratilgan bir qator farmon va qarorlarda belgilangan 
vazifalar ijrosining to‘liq ta’minlanayotganligini hamda yaqinda qabul qilingan 
O‘zbekiston Respublikasining “Turizm to‘g‘risida”gi qonunining hayotga tatbiq 
etilayotganligini ko‘rishimiz mumkin. Shu bilan birga, bu sohada ham qator 
20
Samarqand viloyati turizmni rivojlantirish departamenti ma’lumotlari. 


muammolar ham mavjud. Buxoro shahridagi tarixiy obidalarni aylanish davomida 
turkiyalik sayyoh bilan suhbatlashdim. O‘zbekcha-turkcha aralash mamlakatimiz 
haqida, turistlarga yaratilayotgan sharoitlar haqida to‘lib-toshib gapirib berdi. Shu 
bilan birga turizmni rivojlantirish bo‘yicha bir-ikki takliflar ham bildirdi.– 
Antaliyada va shunga o‘xshash kurort shaharlarda turistlarga bir tur davomida 
kompleks dastur taklif etishadi va unga umumiy xarajat stavkasi belgilanadi. 
Masalan, transport, ovqatlanish, suv havzalari, tarixiy ob’ektlarga tashrif, gid 
xizmati va hokazo. Bu yerda har bir obidaga borganda biz alohida pul to‘ladik, u 
yerdagi qo‘shimcha xizmatlarga ham boshqa to‘lov amalga oshirilar ekan. Buxoro, 
Samarqand, Xiva kabi shaharlardagi tarixiy obidalar vakillari o‘zaro kelishib, 
mahalliy va xorijiy shaxslar uchun bitta to‘lov tizimini joriy etish mumkin. 
Masalan, bizda bu bir martalik maxsus kartochkalar ko‘rinishida tatbiq etilgan, – 
dedi sayyoh.Aylanish davomida yana shunga guvoh bo‘ldimki, tarixiy obidalarda 
ishlayotgan gidlarning aksari faqat o‘zbek tilida so‘zlashuvchilardan iborat, bu 
ichki turizm uchun asqatar. Ammo xorijliklar uchun tarjimon o‘z yo‘liga, shu 
me’moriy obida tarixi, arxitekturasi va boshqa masalalar bo‘yicha ma’lumot bera 
oluvchi chet tilini biladigan gidlar kerak. Qo‘shimcha ravishda, har bir obida uchun 
audiogidlar tashkil qilish kerak. Mazkur audiogidlar dunyoning asosiy bir necha 
tillarida turistlar uchun obidalar haqida so‘zlab tursa, ko‘rinayotgan meros ortida 
yana qanday tarix borligini ko‘rsatib bergan bo‘lardiShuni ham ta’kidlash joiz, 
aloqador vazirliklar va idoralar mamlakatimiz turizmi salohiyatini oshirishda 
yetarlicha faollik ko‘rsatmayapti. Misol uchun, Madaniyat vazirligi uzoq vaqt 
mobaynida O‘zbekiston muzey va teatrlarining turistlar uchun jalb etuvchanligini 
oshira olmaganligini, muzey faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini joriy eta olmaganligini aytish mumkin.
Shuningdek, transport infratuzilmasidan foydalanish imkoniyati va uning 
qulayligi hali ham hal etilmay qolmoqda. Aviachiptalarga narx qo‘yish, temir yo‘l 
transporti xizmatlari narxi va sifati o‘rtasidagi farq, ichki avtotransport 
yo‘nalishlari tarmog‘ining rivojlanmaganligi ko‘plab savollar tug‘dirmoqda. Temir 
yo‘l, avia va avtotransport chiptalarini onlayn bronlash tizimi hozirgi kunga qadar 


joriy etilmagan. Bu omillar ichki va tashqi turizm rivojiga jiddiy to‘sqinlik 
qilayotganligi shubhasiz. Joriy yilning 13 avgust kuni davlatimiz rahbari 
tomonidan imzolangan “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada 
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmon sohaning rivojlanishi uchun 
tom ma’nodagi tarixiy qaror bo‘ldi. Chunki mamlakatimiz tarixida ilk bor “Ochiq 
osmon” rejimi joriy etilishi belgilandi. Unga ko‘ra, 2019 yil 1 oktabrdan boshlab 
“Qarshi”, “Nukus” va “Termiz” xalqaro aeroportlarida “beshinchi havo 
erkinligi”ni qo‘llagan holda, shuningdek, “Buxoro” xalqaro aeroportida “beshinchi 
havo erkinligi”ni xorijiy davlatlar fuqarolarini tashishda qo‘llagan holda “Ochiq 
osmon” rejimi joriy etiladi. Shuningdek, farmonda turizm faoliyati sub’ektlari va 
aviatashuvchilarning xorijiy mamlakatlardan O‘zbekistonga charter reyslarini 
tashkil qilish bo‘yicha xarajatlarining bir qismi har bir xorijiy turist uchun, u 
respublika hududida kamida besh kecha tunab qolgan taqdirda, 20 AQSh dollari, 
qish mavsumida esa 50 AQSh dollari miqdorida O‘zbekiston Respublikasi Davlat 
budjeti va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari 
Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan teng 
ulushlarda qoplab berilishi nazarda tutiladi. Farmonda Turizm sohasida 
tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, 
Toshkent shahridan tashqari respublikamizning barcha hududlarida chet el 
taomlariga yoki alohida yo‘nalishga ixtisoslashtirilgan mavzuli ovqatlanish 
shoxobchalarini, “karaoke” zallari va turistik ko‘ngilochar muassasalarni tashkil 
etish xarajatlarining bir qismi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi 
budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari 
hisobidan qoplanishi belgilangan.
Mamlakatimiz turistik salohiyatini oshirishga befarq bo‘lmagan aholining 
oilaviy mehmon uylarini, turistlar uchun kamida besh xil xizmat ko‘rsatish turlarini 
tashkil etganda “Turizm mahallasi”, “Turizm qishlog‘i” yoki “Turizm ovuli” 
maqomini berishga oid yangiliklar kiritilmoqda. Farmonning yana bir muhim jihati 
shundaki, respublikamizning yetib borish qiyin bo‘lgan va chekka joylarda turizm 
xizmatlarini ko‘rsatadigan yuridik shaxslarga bir qator soliq imtiyozlari berilishi 


nazarda tutilgan.Mamlakatda turizm sohasini rivojlantirish va ommalashtirishga 
munosib hissa qo‘shgan jamoat tuzilmalari vakillariga va xorijdagi vatandoshlarga 
“Turizm sohasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishonini ta’sis 
etish taklifining qo‘llab-quvvatlanishi nafaqat yurtdoshlarimizni, balki xorijda 
yashayotgan vatandoshlarimizning ham O‘zbekistonning ulkan turistik 
imkoniyatlarini ochib berishda muhim omil bo‘ladi.O‘zbekistonda oilaviy mehmon 
uylari faoliyatini rivojlantirish, aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish maqsadida 
2020 yilning birinchi choragida Toshkent hamda Xorazm viloyatlarning bu 
boradagi salohiyati o‘rganildi. Jumladan, o‘tgan davrda Toshkent viloyatining 
Parkent tumani, Kumushkon turizm qishlog‘ida mahalliy aholi va ayniqsa, 
ayollarni tadbirkorlikka jalb qilishga yo‘naltirilgan o‘quv seminari o‘tkazildi. 
Unda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 avgustdagi 
“Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 631-son hamda 
2019 yil 31 dekabrdagi “2019 – 2021 yillarda Toshkent viloyatida turizm sohasini 
jadal rivojlantirish to‘g‘risida”gi 1053-sonli qarorlarining mazmun-mohiyati 
tushuntirildi. Seminar ishtirokchilari Toshkent viloyatining turizm sohasini 
rivojlantirishga oid salohiyatidan to‘liq foydalanish va aholi daromadlarini 
oshirishni ko‘zda tutuvchi imkoniyatlar bilan tanishtirildi. Seminar doirasida 
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi vakillari hamda Viloyat Xotin-qizlar 
tadbirkorligiga ko‘maklashish markazi va Turizmni rivojlantirish departamenti 
rahbarlari tomonidan oilaviy mehmon uyi ochish istagidagi 28 nafar ayolga 
sertifikatlar topshirildi. Shuningdek, yuqoridagi hujjatlarga muvofiq, «Oltin halqa» 
turizm konsepsiyasi asosida Toshkent viloyati Parkent tumanidagi So‘qoq va 
Zarkent qishloqlari, Ohangaron tumanining Ertosh qishlog‘ida oilaviy mehmon 
uylarini rivojlantirishga doir targ‘ibot ishlari olib borildi. Tadbirda oilaviy mehmon 
uylarini tashkil etish tartibi to‘g‘risida bafurja ma'lumotlar berilib, soha 
mutaxassislari tomonidan mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan 
tavsiyalar berildi. Bundan tashqari, hududlarda "Turizm qishlog‘i" va "Turizm 
mahallalari"ni tashkil qilish maqsadida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va 
Xorazm viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti mas'ul xodimlari bilan 


birgalikda Xorazmdagi Shovot tumanining “Beshmergan” MFY, Yangiariq 
tumanining “Kattabog‘” MFY, Xiva shahrining “Lolazor” MFYlari salohiyati 
o‘rganildi. Yangiariq tumanining “Kattabog‘” MFYda ham turizm imkoniyatlari 
mavjud bo‘lib, milliy hunarmandchilikning temirchilik, zangori kulolchilik, 
tandirchilik, yog‘och o‘ymakorligi, kosibchilik, tikuvchilik, kashtachilik turlari 
ham yangi turizm yo‘nalishlari yaratilishi hamda sayyohlarning
21
tashrifi oshishiga 
xizmat qiladi. “Beshmergan” MFY fuqarolari rus, fransuz, ingliz, koreys, yapon va 
arab tillarini yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lib, sport turizmi (dzyudo, boks, erkin kurash) 
hamda milliy fol'klorchilik yo‘nalishida turistik salohiyati mavjud.
“Beshmergan”ning o‘ziga xosligi esa “Shovot” kanali, “Yusuf Hamadoniy”, “Hoja 
Abdulqodir G‘iloniy”, “Sayid Ali Hamadoniy” ziyoratgohlari, “Komiljon 
Otaniyozov” nomidagi uy muzeyining mavjudligida. Viloyatga tashrif 
buyurayotgan sayyohlarga qulayliklar yaratish va sifatli xizmat ko‘rsatishni 
kengaytirish maqsadida Xiva shahrining “Lolazor” hamda “Ichan Qal'a” 
mahallalarida Oilaviy mehmon uylarini tashkil etish imkoniyatlari mavjud 
xonadonlar o‘rganildi. Xonadon egalariga oilaviy mehmon uylarini milliy tarzda 
jixozlash, bezatish hamda ularga berilayotgan imkoniyat va imtiyozlardan unumli 
foydalanish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish