87
turistlarni to‘laqonli axborot bilan ta’minlash ehtiyojining yanada oshishiga olib
kelmoqda. Soha rivojida esa mobil ilovalarni yaratish turistlar oqimini
ko’paytirishga xizmat qiladi.
Mobil ilovalar nafaqat turizm sohasi uchun balki,
boshqa sohalar rivoji
uchun ham juda muhim hisoblanadi. Sababi har bir insonda doimo yangi bir
ehtiyoj mavjud bo’ladi, bugungi raqamli iqtisodiyot rivojlanayotgan yangi
davrda ushbu ehtiyojlarni qondirishda tez va aniq ishlaydigan mobil ilovalardan
foydalanish muhim hisoblanadi. Mobil ilovalar pul ishlash va daromad olish
uchun katta imkoniyatdir. Ushbu imkoniyatdan to'liq foydalanish uchun mobil
dasturlarni ishlab chiqaruvchi kompaniyalar tajribasidan foydalanish muhimdir.
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning uchinchisi
aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari
va internetdan samarali
foydalanishni tashkil etishga qaratilgan bo’lib, mobil ilovalarni yaratish va
sohada qo’llash uchun katta imkoniyatdir. Davlatimiz rahbari tomonidan yosh
avlodni tarbiyalash ishlariga bunday aniq va maqsadli yondashuv, tizimli va
tartibli qat’iy munosabat barcha soha vakillarini,
shuningdek, keng aholi
qatlami, ayniqsa, yoshlarni yanada sergaklantirib, daxldorlik hissi va
mas’ulligini oshirmoqda. Oliy hamda ezgu maqsadlar sari bir yoqadan bosh
chiqarib, birgalikda harakat qilish, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash
orqali yuqori
natijalarga erishish, yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga undamoqda.
O‘zbekistonda oilaviy turistlarga xizmat ko’rsatishni takomillashtirish
orqali oilaviy dam olishga bo‘lgan qiziqish ortib borishiga, xorijiy oilaviy
turistlarni jalb qilinishiga, oilaviy munosabatlarning mustahkamlanishuviga,
ajralishlarning
oldini olinishiga, yangi ish o‘rinlari ochilishiga, mahalliy
aholining turmush darajasini yaxshilanishiga, yangidan-yangi obyektlar, dam
olish maskanlari ko‘payib borishiga, eng muhimi kelajak avlodga dunyoqarashi
keng, yetuk va barkamol avlodlar yetkazib berilishiga zamin yaratgan bo‘lar
edik.
O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning
“O’zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash
88
chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2016-yil 2-dekabrdagi PF-4861
sonli
farmoni
mamlakatimizda turizmni rivojlantirishda tub burilishni, yangi bosqichning
zaminini, turizmda istiqbolli islohotlarning, yo’nalishlarning sharoitlarini
yaratdi. Prezident farmonida: “Mamlakatda turizmni jadal
rivojlantirish, mavjud
ulkan turizm salohiyatidan yanada to‘liq va samarali foydalanish, an’anaviy
madaniy-tarixiy turizm bilan birgalikda turizmning boshqa
salohiyatli turlarini
— ziyorat qilish,
ekologik,
ma’rifiy, etnografik, gastronomik, sport, davolash-
sog‘lomlashtirish, qishloq, sanoat, ishbilarmonlik turizmi va boshqa turlarini
jadal rivojlantirish, bolalar, o‘smirlar va yoshlar turizmini,
Do'stlaringiz bilan baham: