Transport xizmatlari.
Oilaviy turistlar uchun ekoturizm
marshrutlarini ishlab chiqishning tamoyillari o'z mohiyati jihatidan turistik
marshrutlardagi xizmatlarni ham o'z ichiga oladi. Ayniqsa, imkoniyatning
yaratilganligi, ko'p variantlilik, qulaylilik va axborotlanganlik tamoyillarida
marshrutlarda oilaviy turistlar uchun qanday xizmatlar tashkil qilinishi va
ko'rsatilishining ayrim, umumiy nomlanishlariga to'xtaldik.
Ekoturizm marshrutlaridagi xizmatlar quyidagi, alohida-alohida
sohadagi xizmatlarni o'z ichiga oladi:
1.
Transport xizmatlaridan marshrutda bo'lish davomida quyidagi
holatlardan foydalanish mumkin:
a)
turistik firmaning xususiy transportlaridan foydalanish mumkin;
b)
boshqa tashkilotlardan maxsus jihozlangan transport xillarini ijaraga
olish mumkin;
v)
oilaviy turistlar oilaviy sayohat qilish uchun qulay bo’lgan rotel
(harakatlanuvchi mehmonxona)larni ijaraga olishlari mumkin;
g)
Oilaviy turistlar mahalliy aholidan ot, eshak, tuya va aravalarni ijaraga
olishlari mumkin;
d)
Oilaviy turistlar o'zining shaxsiy transportidan foydalanishlari mumkin.
79
Ekoturizmning katta masofali marshrutlaridan foydalanilganda albatta
hozirda mavjud bo'lgan quyidagi transport turlari turmarshrutning o'ziga tegishli
xizmatini bajarib beradi:
1.
Aviatsiya transportlari (samolyot, vertalyot);
2.
Avtobus transportlari (kichik va katta hajmdagi avtobuslar,
mikroavtobuslar);
3.
Avtomobil transporti (yengil, jiplar, arzon, qimmat, maxsus).
4.
Temir yo'l transportlari;
5.
Mahalliy aholi transportlari (ot, eshak, tuya, arava, bug'u, it
chanalari);
6.
Kombinatsiyalashgan transport xillari;
7.
Suv havzalari transportlari (kater, qayiq, kemalar, maxsus sollar).
Ekomarshrut davomida oilaviy turistlarga xizmatlar ko'rsatish xillari
quyidagilardan iborat bo'lishi mumkin:
1. Dam olishni tashkil qilish xizmatlari (marshrut davomida qisqa
muddatli dam olishda yig'ma stol-stullarning bo'lishi, kofe yoki choy tayyorlash,
tunash-palatkalarda,
yig'ma
karovatlar,
ko'chma
tele-radio
vositalari,
mehmonxonada);
2. Marshrut davomida va marshrut oxirida–ekologik resurs maskanidagi
xizmatlar (qisqa muddatli va 1-2 kunlik ekskursiyalarda);
3. Turistlarga ko'ngil ochar xizmatlarni (o'yinlar, musobaqalar, ekzotik
harakatlar) ko'rsatish;
Qayd qilingan xizmat xillari ekoturizm marshrutlarini ishlab chiqishdagi
axborotlanganlik tamoyili bo'yicha ham talab qilinadi. Ekoturizm marshrutlarida
xizmatlarni sifatli qilib bajarish, turistga taklif qilishning mukammal ishlab
chiqilgani va a'lo darajada bajarilgani turistik firmada turistlar oqimini
ko'paytirib olinadigan daromadning oshishini ta'minlaydi, turizm bozorida
turfirmaning mavqeini ko'taradi.
Transport vositalarini turistik marshrut mavzusi bo'yicha tanlash
marshrutni ishlab chiqishdagi birinchi va asosiy talablardan hisoblanadi. Bu
80
talab barcha turistik resurslarga marshrut ishlab chiqilganda qo'yiladi. Bu
holatda turistik marshrutga transport vositalarini turning marshrutlari sharoiti
bo'yicha tanlash oson bo'ladi. Qayd qilish lozimki, aksariyat hollarda turning
mavzusi transportni tanlaydi. Turoperator yoki marshrutni ishlab chiquvchi
marshrut yo'lini, uning sharoitini yaxshi bilsa transport turini to'g'ridan-to'g'ri
hech ikkilanmasdan tanlaydi (2-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |