11
Ushbu tarmoqqa ko‘plab investitsiyalar jalb qilinmoqda va mehmonrxonalar
qurilmoqda. Mamlakatimizdagi Hotel Grand Mir, Le Grand Plaza, Radisson Sass,
Dedeman Silk Road, Miran International kabilar shular jumlasidarndir.
Mehmonxonalarda xizmat ko‘rsatishdan olingan daromad 2010 yilda 103,1
mlrd. so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, ulushi 46,9%ni tashkil etgan. 2014
yilda bu
ko‘rsatkich 40,7%ni tashkil etgan va mehmonxona xizmatlaridan 183,5 mlrd.
so‘mlik daromad olingan. 2010 yilga nisbatan 2014 yilda o‘sish 177 foizni tashkil
qilgan. 2010-2014 yillarda mehmonxona xizmatlarining daromaddagi ulushining
kamayishi turizm sohasida talabning o‘zgarishi, yangi xizmatlar vujudga kelishi
bilan bog‘liq.
Ayni vaqtda mehmonxonalarimizda joy bron qilishning yangi tizimi yaratilib,
welcomehotels.uz sayti orqali mijozlarga xizmat ko‘rsatish tizimi yo‘lga
qo‘yilmoqda. Kelgusida mobil ilovalar yordamida bron qilish va to‘lovni amalga
oshirish mexanizmi ham joriy etilishi ko‘zda tutilgan. Milliy portalga
joylashtirilgan axborotdan xorij turistik xizmatlarini
bron qilish tizimlari ham
foydalanishi mumkin.
Mehmon kutish, unga izzat-ikrom ko‘rsatish xalqimizga xos ezgu
qadriyatlardan. Buni shahrimizga tashrif buyurgan mehmonlar ham alohida e’tirof
etadi.
Samarqand shahri mehmonxonalari ko‘rkamligi, o‘ziga xos va bir-birini
takrorlamaydigan me’moriy yechimi, yon-atrofidagi bino va inshootlarga
uyg‘unligi, qulay joylashgani bilan shaharning umumiy qiyofasida alohida o‘rin
tutadi. Mamlakatimiz mehmonxonalarida va, umuman, sayyohlik xizmatlari uchun
belgilangan narxlarning nisbatan arzonligi mamlakatimizda
sayyohlikni jadal
rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Bunyodkor, shijoatli va mehnatsevar
xalqimizning amalga oshirayotgan bunday xayrli ishlari tahsinga loyiq.
Mehmonxonalarning dunyo miqyosida tan olingan xalqaro tarmog‘i mavjud.
Dunyodagi mashhur mehmonxona tarmoqlari – “Dedeman”, “Radisson” kabi
brendlar ostida xizmat ko‘rsatuvchi otellar eng rivojlangan shaharlarda faoliyat
12
ko‘rsatadi. Poytaxtimizdagi “Dedeman Silk Road”, “Radisson SAS Tashkent”
otellari ana shular jumlasidan.
Bugun O‘zbekistonni butun dunyo yaxshi biladi.
Yurtimizda tinchlik-
osoyishtalik barqaror, barcha sohalarda ulkan o‘zgarishlar yuz bermoqda.
Sayyohlik infratuzilmasi ancha rivojlangan. Buni, ayniqsa, yurtimizda qad
rostlayotgan ko‘plab zamonaviy mehmonxonalar, dam
olish maskanlari misolida
ko‘rish mumkin. O‘zbekistonda barcha talablarga javob beradigan, yuqori servis
xizmati yo‘lga qo‘yilgan mehmonxonalar safi kengayib borayotganiga guvohmiz.
Dunyo miqyosida yakka tartibda sayohat qilishning ko‘payishi shinam va
ixcham xususiy mehmonxonalar tarmog‘ini rivojlantirishni taqozo etayotir.
Mamlakatimizda xususiy mehmonxonalar tarmog‘i ham jadal rivojlanmoqda.
Sohada chet ellik sheriklar bilan hamkorlikni
kengaytirish uchun qulay
sharoitlar yaratilgan. Bu borada “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi tomonidan
tashkil etilayotgan marketing loyihalari – mega-info-turlar yaxshi samara
bermoqda. Ushbu loyiha doirasida Italiya,
Ispaniya, Fransiya, Yaponiya, Xitoy,
Buyuk Britaniya, Rossiya,
Niderlandiya, Vengriya, Singapur kabi ko‘plab
mamlakatlarning ikki yuzdan ziyod sayyohlik kompaniyasi bilan hamkorlik yo‘lga
qo‘yilgan.
Mehmonxonalar marketingida muhim masalalardan biri bu O‘zbekistonning
xorijiy bozordagi bir qator yirik turoperatorlar dasturiga kiritilishidir. Bunda
albatta narxlar siyosati ham muhim o‘rin egallaydi. Shu munosabat bilan turizm
tizimiga mahalliy va xorijiy sarmoyadorlarni jalb qilishning iqtisodiy mexanizmini
ishlab chiqish zarurati paydo bo‘ladi. Mehmonxona xo‘jaligini
rivojlantirishga
xorijiy sarmoyadorlarni jalb qilishga va mamlakatimizga tashrif buyuradigan
turistlarga bir qancha omillar ta’sir etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: