ikkita yarim sharlardan iborat bo’lib chuvalchang shaklida birikkan bo’ladi. Miyachaning
kulrang moddasi uning po’stlog’i shaklida ustki yuza qismida yotadi. Bu po’stloqning qalinligi
1-2,5 mm. miyachaning yuzasi ko’p sonli egatlar bilan g’adir-budur uyma-chuqurliklar
ko’rinishida bo’ladi. Miyacha po’stlog’ining ostida oq modda joylashgan va uning ichida esa
kulrang moddaning to’rtta yadrosi joylashadi. Oq moddaning tolalari, miyachaning o’zini turli
qismlarini orasidagi bog’lanishlarni ta’min etadi, hamda pastki, o’rtangi va yuqorigi miyacha
oyoqchalarini hosil qiladi va miyachani miyaning boshqa bo’limlari bilan bog’laydi.
Miyachaga gavda harakatlanayotgan paytda qo’zg’atiladigan barcha reseptorlardan
impulslar keladi. Miyacha murakkab harakat aktlarini koordinasiyalashda ishtirok etadi. Miyacha
bilan bosh miya katta yarim sharlari po’stlog’ining ikki tomonlama aloqasi har xil harakatlarni
bajarilishiga ta’sir ko’rsatish imkonini beradi. Bosh miya katta yarim sharlari miyacha orqali
skelet muskullari tonusini (taqsimlaydi va qayta taqsimlaydi) boshqaradi va ularning qisqarishini
koordinasiyalaydi. Odamlarda miyachaning funksiyasi buzilganida yoki olib tashlanganida
koordinasiyalashmagan, telbalarcha harakat, qo’l-oyoqlar va bosh tinimsiz qaltiraydi va
tebranadi. L.A.Orbeli ishlari bilan vegetativ funksiyalarning bajarilishida (yurak-tomirlar tizim
20
faoliyatida, nafas, ovqat hazmi, termoregulyasiya) miyachaning ishtiroki har tomonlama
ko’rsatib berildi. Yangi tug’ilgan bolalarda miyacha yaxshi rivojlanmagan, lekin miyacha
nervlari yarim sharlarnikidan yaxshi rivojlangan bo’ladi. Hayotning birinchi yilida miyacha jadal
o’sadi. Keyinchalik uning o’sish tempi susayadi, 15-yoshli bolalarda miyacha voyaga yetgan
odamlardagi o’lchamga yetadi.
O’rta miya. O’rta miya, katta miya oyog’idan va to’rt do’ngliklardan iborat. O’rta
miyaning bo’shligi torgina kanal-miya suv o’tkazuvchisi (vodoprovod) dan iborat bo’lib pastdan
to’rtinchi va yuqoridan uchinchi qorinchalar bilan tutashgan bo’ladi. Miya suv o’tkazuvchisining
devorlarida III va IV –bosh miya nervlari ko’zni harakatga keltiruvchi va chig’irli nervlarni
yadrosi joylashgan bo’ladi.
O’rta miya orqali katta yarim sharlar po’stlog’i va miyachaga boradigan yuqoriga
ko’tariluvchi, uzunchoq va orqa miyaga nerv impulslarini olib boruvchi, tushuvchi nervlarni
barchasi o’tadi.
O’rta miyada to’rt do’nglik yadrolari, ko’zni harakatlantiruvchi va chigirli, nervlarni
yadrolari, qizil yadro va qora substansiya shaklidagi kulrang moddaning jamlamasi joylashgan.
To’rt do’nglikning oldingi bњrtigi, birlamchi ko’rish markazi hisoblansa keyingi bњrtigi esa –
birlamchi eshitish markazi hisoblanadi. Ularning ishtirokida yorug’lik va tovushlarga chamalash
reflekslari bajariladi: ko’zning, boshning harakati, hayvonlarda quloqning dikkayishi va hokazo.
Qora substansiya, yutish va chaynash, qo’l barmoqlarining nozik harakatlari singari murakkab
koordinasiyalovchi aktlar bilan bog’liq. Qizil yadro esa to’g’ridan-to’g’ri muskullar tonusini
boshqarilishi bilan bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: