O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat сhet tillar instituti



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/119
Sana27.02.2021
Hajmi1,62 Mb.
#60492
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   119
Bog'liq
yosh fiziologiyasi fanidan maruzalar matni

Gipotalamus  unga  pastdan  o’ziga  xos  egat  bilan  ajratib  turuvchi  ko’rish  burtagiga 

tutashgan  bo’ladi.  Uning  oldingi  chegarasi  bo’lib  ko’rish  nervlarining  kesishgan  joyi 

hisoblanadi.  Gipotalamus  3-guruhga  bo’linuvchi  32  juft  yadrolardan  iborat  bo’ladi,  va  ular 

oldingi o’rtanchi va keyingi guruhlarga birlashgandir. 

Gipotalamus  nerv  tolalari  yordamida  miya  tanasidagi  retikulyar  formasiya,  gipofiz  va 

talamus  bilan  keng  bog’lanishlikga  ega.  Gipotalamus  organizmning        vegetativ  funksiyalarini 

boshqaruvchi  bosh po’stloqosti  markazi  hisoblanadi.  Gipotalamusning ta’siri  asab tizimi  bilan  

va ichki sekresiya bezlari bilan  bajariladi. 

Gipotalamusning  oldingi  qismi  hujayralari  yadrolarida  gipatalo  –gipofizar  yo’l  orqali 

neyrogipofizga tashiluvchi neyrosekret ishlab  chiqiladi. Buni gipotalamus va gipofizning tomirli 

bog’lanishligi  va  qon  bilan  juda  kuchli  ta’minlanishi  ta’min  etadi.  Ko’pchilik  hollarda 

gipotalamus va gipofiz gipotalamo-gipofizar tizimga birikadi. 

Gipotalamus  bilan  buyrak  usti  bezlarining  to’g’ridan-to’g’ri  aloqasi  borligi  haqida  ham 

yozilgan, gipotalamusning qo’zg’atilishi adrenalin va noradrenalinning sekretsiyasini chaqiradi. 

Shunday qilib gipotalamus endokrin bezlar faoliyatini ham boshqaradi. 

Yurak- tomirlar va ovqat hazmi tizimlarining faoliyatini boshqarilishida ham gipotalamus 

faol ishtirok etadi. 

Gipotalamus  oldingi  guruh  hujayralari  yadrolari  qo’zg’atilganida  oshqozon  va  siydik 

pufagini  motorikasi  tezlashadi,  me’da  bezlarining  sekresiyasi  ortadi,  yurakni  qisqarish  ritmi 

sekinlashadi.  Bularning  barchasi  gipotalamusni  oldingi  qismida  vegetativ  asab  tizimining 

parasimpatik bo’limini funksiyalarini boshqaruvchi  yadrolar joylashgan deyishga asos bo’ladi. 

Gipotalamusning  keyingi  bo’limini  qo’zg’atish  esa  oshqozon-  ichaklar  tizimi  faolligini 

yo’qotadi,  arterial  bosimni  ko’taradi,  yurakni  qisqarishi  ritmini  tezlashtiradi,  qon  tarkibida 

adrenalin  va  noradrenalinni  miqdorini  oshiradi.  Mana  shularning  o’zidan  gipotalamusning 

keyingi yadrolarining vegetativ asab tizimining simpatik bo’limiga ta’siri ko’rinib turibdi. 

Gipotalamusning  eng  katta  yadrolaridan  biri  –kulrang  bo’rtik-ko’plab  endokrin  bezlar 

funksiyasini  va  moddalar  almashinuvini  boshqarilishida  ishtirok  etadi.  Kulrang  bo’rtikni 

jarohatlash  jinsiy  bezlarni  atrofiyaga  uchrashini  chaqiradi.  Uning  uzoq  muddat  qo’zg’atilishi 

juda erta jinsiy yetilishga, terida yaralarni yuzaga kelishiga, me’da yarasiga va o’n ikki barmoqli 

ichak yaralarini hosil bo’lishiga olib keladi.  

Gipotalamus  tana  haroratini  ham  boshqarilishida  ishtirok  etadi.  Suv  almashinuvi  va 

uglevodlar  almashinuvining    boshqarilishidagi  roli  aniqlangan.  Gipotalamusning  bir  qator 

yadrolarini jarohatlash  yog’li ovqatlarni ko’p iste’mol qilish hisobiga va «bo’ridek och qolish» 

ni  yuzaga  kelishi  tufayli    haddan  tashqari  semirish  (bo’lmiya)  yuz  bersa,  boshqa  yadrolarni 

jarohatlash ishtahani keskin pasayishi natijasida katostrofik oriqlab ketish yuz beradi. Bo’rtikosti 

funksiyalari buzilgan  kasallarda juda ko’pchilik holatlarda menstural sikl buziladi, jinsiy zaiflik 

kuzatiladi  va  hokazo.  Gipotalamus  yadrolari  juda  ko’plab  murakkab  axloqiy  reaksiyalarda 

(jinsiy,oziqaviy,  agressiv-himoya)  ishtirok  etadi,  bundan  tashkari  uyqu  va  bedorlikni 

boshqarilishida  ham  ishtirok  etadi.  Hayvonlarda  gipotalamusning  jarohatlanishi  uyquni 

chaqiradi;  bu  paytda  kuchli  faollik  elektro-ensefalogrammada  bedorlikka  xos  bo’lgan  holat, 

uyquga xos bo’lgan sekin-kuchsiz faollik   bilan  almashinadi. 

Tug’ilish  paytiga  kelib  ko’rish  bo’rtigidagi  yadrolarning  katta  qismi  yaxshi  rivojlangan 

bo’ladi.  Tug’ilgandan  keyin  nerv  hujayralarining  o’sishi  va  nerv  tolalarining  rivojlanishi 

hisobiga ko’rish bo’rtigining hajmi kattalashadi. Bu jarayon 13-15 yoshgacha davom etadi. 

Yangi tug’ilgan bolalarda bo’rtik osti yadrolarining tabaqalanishi tugallanmagan bo’ladi 

va uning yakuni notekis kechadi. Umuman olganda bu yadrolar o’z rivojlanishini jinsiy yetilish 

davrida tamomlaydi. 


Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish