Vegetativ asab tizimi
Vegetativ asab tizimining ahamiyati. Ichki organlarning silliq muskullari, qon tomirlari,
va teri, yurak muskullari va bezlar vegetativ asab tizimi bilan innervasiya qilinadi. Vegetativ
tolalar skelet muskullariga ham boradi. Lekin ular qo’zg’atilganida muskullarning qisqarishi
kuzatilmaydi, ammo ularda moddalar almashinuvi ortadi va shu yo’l bilan ularning ish qobiliyati
stimullanadi. Asab tizimining organlarga bunday ta’siri trofik ta’sir deb ataladi. Vegetativ asab
tizimi markaziy asab tizimiga ham trofik ta’sir ko’rsatadi. U ichki organlar va tomirlar
faoliyatini bezlar sekresiyasini yurak ishini boshqaradi. Moddalar almashinuvi ham vegetativ
asab tizimi bilan boshqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |