F a r m o y i sh x a t i.
Bir tarmoqqa tegishli quyi muassasalarning
barchasiga yo‗llanadigan rasmiy hujjatdir. Farmoyish xatlar xizmat aloqalarining
ko‗pgina sohalarida qo‗llaniladi. Ularning asosiy vazifasi aynan bir xil
mazmundagi xabarni bir necha manzilga yetkazishdir.
E s l a t m a x a t.
Jo‗natilgan iltimos va so‗rov xatlarga javob olinmasa,
shuningdek, tuzilgan shartnomalar muddati buzilganda yoki unga amal qilinmagan
hollarda eslatma xat yuboriladi. Mazkur xatlar mazmun jihatidan uncha katta
bo‗lmaydi. Ular mazmun va hajm jihatidan telegrammalarga yaqin turadi. Odatda,
eslatma xat bir yoki bir necha jumladan iborat bo‗lib, kotib yoki referent
tomonidan tasdiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |