Tasdiq xatini yuborishning ishonchli va sodda yo„li
– xabarni yetkazib
berilganligi to‗g`risida bildirishnoma bilan ro‗yxatdan o‗tgan
pochta orqali
yuborish. Bu usul yuboruvchiga uning xabari qabul qiluvchiga yetkazilganiga
ishonch hosil qilish imkonini beradi, bunda bitta muammo mavjud – hatto, bitta
aholi punktida ham xat bir necha kun yoki haftada kelishi mumkin.
Samarali vosita
bir vaqtning o‗zida ikkita variantdan foydalanish: masalan,
xat nusxalarini elektron pochta va oddiy pochta orqali yuborish.
Xatda bayon qilingan masalalar bo„yicha javobgarlik
bir necha shaxs
zimmasiga yuklatilgan bo‗lsa, imzolar soni ikki yoki undan ortiq bo‗lishi mumkin
(masalan, to‗lov haqidagi kafolatnomalarda, moliyaviy hujjatlarda). Xatda imzolar
ma‘lum tartib asosida, ya‘ni egallab turgan lavozimiga ko‗ra joylashadi. Imzodan
so‗ng imzo chekuvchining familiyasi qavsga olinmay
;
ismi va ota ismining bosh
harflari familiyadan oldin yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |