GLOSSARIY
Guvohnoma
muayyan shaxsning xizmat va boshqa holatlarini, shuningdek,
biror ishga oid vakolatini ko‗rsatuvchi hujjatdir.
Yo„riqnoma
qonun yoki boshqa me'yoriy hujjatlarni tushuntirish maqsadida
chiqariladigan huquqiy hujjatdir.
Nizom-ustav
tashkilot yoki uning tarkibiy bo‗linmalari, kichik yoki
qo‗shma korxona va
shu kabilar tuzilishi, huquqi, vazifalari, burchlari, ishni tashkil
qilishlari tartibini belgilaydigan huquqiy hujjatdir.
Ustav
muayyan munosabat doirasidagi faoliyat yoki biror davlat organi,
tashkilot,
muassasaning tuzilishi, vazifasini yo‗naltirib turadigan asosiy nizom va
qoidalar majmuidir.
Shartnoma
ikki
yoki undan ortiq fuqarolarning, yuridik shaxslarning
huquqiy
munosabatlari, majburiyatlari va boshqalarni belgilash, o‗zgartirish yoki
to‗xtatishni nazarda tutadi.
Shartnomalar davlatlararo, korxonalar,
tashkilotlar,
muassasalar, xususiy korxonalar va hatto fuqarolar o‗rtasida ham tuzilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: