6-mavzu:
Nutq uslublari va ularning xususiyatlari
So‗zlashuv uslubi hutq uslublari orasida eng qadimiysidir. Bu uslub yozuv
paydo bo`lgunga qadar ham mavjud bo`lgan. So‗zlashuv quyidagi o`ziga xos
xususiyatlari bilan xarakterlanadi: Nutqning bu shakli vaziyatga ko`ra
hozirjavoblik asosida vujudga kelib, pauza, mimika va ohang yordamida
shakllanadi
.
So‗zlashuv uslubi vazifaviyligi jihatdan adabiy tilga mos, ya‘ni aloqa-
aralashuv vazifasini bajaradi. Shu boisdan, so‗zlashuv
uslubini tilning norasmiy
erkin muomila asosidagi ko`rinishi deyish mumkin. Biroq so‗zlashuv uslubi to`la
ma‘noda kundalik turmush hutqi, ya‘ni sodda so‗zlashuv elementlaridangina iborat
emas. Shunga ko`ra, so‗zlashuv uslubining ikki turi ajratiladi.
1.
Adabiy so‗zlashuv
.
2.
Oddiy so‗zlashuv.
Adabiy so‗zlashuv uslubi adabiy tilning barcha normalariga mos keladi.
Adabiy so‗zlashuv tili ixcham, qisqa jumlalardan iborat bo`lib, dialektal
so‗zlardan, shuningdek, boshqa nofaol qatlamga xos lug`aviy
vositalardan xoli
bo`lgan uslubdir. Shuning uchun, adabiy so‗zlashuv xuddi adabiy til singari
ko`pchilikka tanish va xalqning muayyan qismi uchun o`zlashtirilishi majburiy
bo`lgan uslubdir. Bu uslub turi asosan kundalik aloqa-aralashuvi
uchun xizmat
qiladi. Shunga ko`ra, uning qo`llanish doirasi ham kengdir. Chunonchi, oliy o‗quv
yurtlari esa maktablardagi o`qish - o`qitish ishlari, kundalik turmushdagi kamida
ikki kishi orasidagi o`zaro munosobatlar shu uslubda olib boriladi. So‗zlashuv
uslubga xos bo`lgan vositalardan badiiy adabiyotlarda ko`plab foydalanilganidek
bu uslub adabiy tilni boyituvchi manbalardan biri hamdir.
Oddiy so‗zlashuv uslubi adabiy til normasiga bo`ysinmaydigan, tezkorlik
hozirjavoblik, o`ylanmaganlik asosida paydo bo`luvchi norasmiy uslubdir.
Uning
normalari
shakllanmagan,
uslub
tabiiy
erkinlik
asosida
shakllanib
emotsionalikka boy bo`ladi. Chunki, bu uslubda kundalik turmush hutqi bo`lgan
jonli so‗zlashuvga xos vositalar ko`p bo`lib, ular adabiy til normalariga mos
kelmaydi. Shunga kura, so‗zlashuv uslubining bu ko`rinishlari ko`pgina qirralari
bilan,
jumladan, fonetik jihatdan ham bir-biri bilan mos kelmaydi. Chunki,
so‗zlashuv uslubi talaffuz jihatidan adabiy tilga xos xususiyatlarni ham oddiy
so‗zlashuvga, shevaga xos xususiyatlarni ham uchratish mumkin. Masalan,
borayapman
so‗zi adabiy so‗zlashuvda
borayapman
oddiy so‗zlashuvda
borappan,
borvoppan, borutta
kabi shakllarda ham talaffuz qilinadi. Birinchi holatdagi
talaffuz adabiy talaffuz normalariga mos keladi. So‗zlashuv uslubining bu turi
notiqlar,
aktyorlar, suxandonlar, olimlar
,
o`qituvchilar hutqi uchun xos bo`lgan
adabiy so‗zlashuvdir. Bu uslubda til normalariga rioya qilinib, so‗zlar
tanlangan,
saralangan holda ishlatiladi va to‗g'ri talaffuz qilinadi.
Ikkinchi holatdagi talaffuz turli joylardagi ogzaki hutqqa xos talaffuzdir. U
adabiy tildagi shakliga nisbatan ayrim fonetik o`zgarishlarga uchragan holda
talaffuz qilingan. Oddiy so‗zlashuvda so‗zlarning quyidagicha fonetik
o`zgarishlarda uchragan holda qo`llanishlarini kuzatish mumkin.
I. So‗z tarkibidagi tovushlarning o`rni almashtirilgan holda talaffuz qilinadi.
Masalan
Do'stlaringiz bilan baham: