O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti “O„zbek tili va adabiyoti” kafedrasi



Download 2,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/128
Sana13.02.2022
Hajmi2,08 Mb.
#446685
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   128
Bog'liq
2 5206718909398389745


yog`mir (yomg`ir), supra 
(
surpa) kabilar. 
2. So‗z tarkibidagi ayrim tovushlar tushirib qoldirilgan holda talaffuz 
qilinadi. Masalan, usha (ushla), to`r (to`rt), so`rma (so`rama), tashama (tashlama), 
kabi. 
3. Tovushlar orttirilgan holda talaffuz qilinadi. Masalan, chechmoq 
(yechmoq). 
4. 
So‗zlar 
qisqartirilgan 
holda 
talaffuz 
qilinadi. 
Qopti 
(qolibti), kepti (kelibti), opkel (olib kel), opti (olibti) kabilar. 
Oddiy so‗zlashuvlarga xos bu xildagi talaffuzlar dialekt va shevalarning 
ta‘siri natijasida bo`lib, adabiy normalarga mos kelmaydigan holatlardir. 
So‗zlashuv 
uslubining 
lug`aviy 
va 
grammatik 
xususiyatlari. 
So‗zlashuv uslubida ham boshqa uslublarda bo`lgani kabi umumiste‘mol so‗zlari 
asosiy lug`aviy qatlamni tashkil etadi. Chunki, umumiste‘-mol so‗zlarining katta 
qismi kundalik turmushni aks ettiruvchi so‗zlardir. Bunday so‗zlar barcha uslub 
turlarida keng qo`llaniladigan, uslubiy bo`lmagan neytral so‗zlardir; ota, ona, aka, 


uka, singil, non, suv, tuz, osh, tosh, oy, quyosh, yulduz, qish, yoz, bahor, yamoq, 
ichmoq 

uxlamoq, turmoq, oq, qizil, yaxshi, yomon, qora, tez, lekin, erta, kech, 
kunduz, men, sen, u va boshqalar hutq uslublarini birlashtirib turuvchi 
umumiste‘mol so‗zlaridir. Shu bilan birgalikda, so‗zlashuv uslubida vaziyat talabi 
bilan bog`liq ravishda ilmiy atamalar ham, kasb-hunarga oid so‗zlar ham, adabiyot 
san‘at, madaniyat va musiqaga oid so‗zlar ham, sodda so‗zlashuv bo`yog`i bilan 
farqlanuvchi erkalash, qarg`ashni ifodolovchi so`zlar ham, obrazli, emotsional 
buyoqdor so‗zlar ham qo`llaniladi. So‗zlashuv uslubini lug`aviy jihatdan 
xarakterlovchi vositalar so‗zlashuv bo`yog`iga ega bo`lgan dag`al, qo`pol 
so‗zlardir. Bunday so‗zlar asosan jonli so‗zlashuv hutqiga xos bo`lib, turli 
emotsional bo`yoqlarga ham ega. Masalan, mahmadana (sergap), barzangi 
(gavdali) ochofat, (yeb to`ymaydigan), ofatijon (go`zal), daroz (uzun) kabilar 
so‗zlashuv uslubini tayanch uslubiy ijobiy va salbiy emotsional so‗zlarga 
boyligidadir. By holat so‗zlashuv uslubinng tub mohiyatidan kelib chiqqan. Bu 
holat so‗zlashuv uslubi turli fikr va mulohazalarni tinglovchilarga ta‘sirli tarzda 
yetkazish vazifasini o`z oldiga qo`yadi. Bunda tildagi turli emotsional bo`yoqdor 
so‗zlardan keng foydalaniladi.
So‗zlashuv uslubi morfologik jihatdan ham muayyan xususiyatlarga ega. 
Chunonchi, so‗zlashuv uslubi qisqalikka ixchamlikka tayanuvchi uslub bo`lganligi 
uchun bu uslubda so‗zlarni qisqartirib qo`llash holatlari ko`p uchraydi. Ana 
shunday qisqartirilgan holda qo`llash morfologik vositalarga ham to‗g'ri keladi. 
Binobarin, so‗zlashuv uslubi qaratqich va tushum kelishiklarining qo`shimchalari 
ko`pincha tushirib qoldiriladi

kitob varag`i, olma bargi, uy yig`ishtirmoq kabi 
so‗zlashuv uslubida qo`shimchalar yoki so‗zlarni qisqartirib qo`llash fe‘l 
turkumida yaqqol ko`rinadi. Masalan, emas, ekan, to`liqsiz fe‘llari qisqargan 
shaklda 
o`zidan 
oldingi 
so‗zga 
qo`shilgan 
holda 
ishlatiladi: 
borganmas

ko`rganmas, bo`ldimikan, aytdimikan kabi. 
Fe‘lning sifatdosh shakli -gan qo`shimchasi shakllanadigan so‗zlar 
so‗zlashuv uslubida -yotuvdi shaklida aytiladi: Masalan, borayotuvdi, o`qiyotuvdi, 
chopayotuvdi kabi. 


Felning adabiy tildagi - (b) edi ravishdosh shakli so‗zlashuv uslubida uvdi - 
ovdi 
shaklida 
talaffuz 
qilinadi. 
Boruvdi, 
keluvdi, 
o`tiruvdi 
kabi. 
So‗zlashuv uslubida erkalash, hurmatlash ma‘nolarida -jon, -xon, -lok 
qo`shimchalarini olgan otlar ham qo`llaniladi. 
Biroq bunday holatlar so‗zlashuv uslubini morfologik jihatdan alohidaligini 
belgilamaydi. Qo`shimchalar nutqning barcha uslublarida bir xilda qo`shiladigan 
yagona vositalardir. Ayrim qo`shimchalarning farqli jihatlar asosan so‗zlashuv 
uslubining qisqalikka, ixchamlikka asoslanishining natijasida.

Download 2,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish