Topshiriqlar. 1. Quyidagi gaplarda ajratib ko‘rsatilgan birikmalarni erkin yoki turg‘un birikmalarga ajrating va faqat turg‘un birikmalar qatnashgan gaplarni daftaringizga ko‘chiring.
Uzumdan bir shingilini yedim – Bir shingil hazil bo‘lsa yo‘q demas edim. Semiz qo‘y o‘z yog‘ida o‘zi qovruldi – Dilnoza aybini tushinib o‘z yog‘ida o‘zi qovruldi. O‘qituvchi mavzuni o‘quvchining qulog‘iga quydi – Shifokor dorini kasalning qulog‘iga quydi. Uning ko‘zlari yaxshi ko‘radi – U onasini juda yaxshi ko‘radi. Opasi erta tongdan isitmasi tushib ko‘zini ochdi – Do‘stim hamma gapni aytib ko‘zimni ochdi. Iboralarga misollar keltiring.
Maqollar va iboralarni farqlab bering.
Ma’nodosh maqollar va iboralarni topishga harakat qiling.
“Qoplon” hikoyasidan barqaror birikmalar va tasviriy ifodalarni toping.