Otlarda ko'plik (Множественное число имён существительных)
Otlarda ko'plik shaxsni yasash uchun -lar qo'shimchasi qo'shiladi. Masalan: odam-odam+lar, kitob kitob+lar;
Narsalar sanash ohangida aytilsa, -lar qo'shimchasi oxirgi so'zga qo'shilishi mumkin. Masalan:
Stolda kitob, daftar va darsliklar bor.
Sondan keyin kelgan otlarga -lar qo'shimchasi qo'shilmaydi. Masalan: Bog‘imizda o‘n beshta daraxt bor.
|
Для образования множественного числа к существительным присоединяется аффикс -лар. Например: При перечислении ряда предметов аффикс -лар можно прибавить к последнему слову. Например: На столе есть книга, тетрадь и учебники. Существительные, стоящие после числительного,употребляются без аффикса -лар.
|
Topshiriq. Quyidagi gaplardan otlardagi ko‘plik qo‘shimchasining ma’nolarini aniglang.
Oziq–ovqat do‘konida har xil yog‘lar sotiladi. Dadamlar ishdan juda kech keldilar. Talabalar imtihonlarga puxta tayyorgarlik ko‘rdilar. Oyimlar do‘konda ishlaydilar. Buvimlar hali ancha baquvvat.
Topshiriq. Faqat birlikda qo‘llanadigan otlarni namunadagidek yozing.
Belgi–sifat nomlari: do‘stlik ,…..
Donalab sanalmaydigan narsa–jism nomlari: shakar,…
Juft predmetlar nomi: qosh,…
Atoqli otlar :Sirdaryo,…
Terim, guruch, chaqqonlik, qo‘l, oyoq, Ma’mura, Nargiza, hushyorlik, sut, tirishqoqlik, uyqu, bug‘doy, arpa, temir, ko‘z, kiprik, kamtarlik, ko‘mir, neft, saranjomlik , benzin, boylik.
Topshiriq. Berilgan matnni o‘qing. Matndagi otlarni mavhum va aniq otlarga ajrating.
HADISI SHARIF
Islom shariatining asosiy manbalaridan ikkinchisi sunnatdir. Sunnat Rasulullohdan naql qilingan hadisi shariflar orqali shakllanadi. Hadisi shariflarda Rasululloh alayhissalomning so‘zlari, qilgan ish faoliyatlari va sahobalar tomonidan amalga oshirilgan ishlarga munosabatlari to‘g‘risida hikoya qilinadi. Shu uch xil uslubning har biri sunnat deyiladi.
Hadisi shariflarni yig‘ib kitob shakliga keltirish, asosan, Payg‘ambarimiz alayhissalomning vafotlaridan keyin amalga oshirilgan. Bu sharafli ish hijratning uchinchi asriga kelib keng quloch yoygan. Islom olamining o‘sha paytdagi madaniy markazlaridan sanalgan shaharlarda Hadis ilmi bilan shug‘ullanuvchi muhaddislar ko‘p bo‘lgan. Ular Hadis to‘plamlarini tuzishgan. Ular ichida eng ishonchli manba sanalganlari oltita bo‘lib, bularni Imom al-Buxoriy, Imom Muslim, Imom Abu Dovud, Imom at-Тermiziy, Imom an-Nasoiy va Imom ibn Mojalar tuzishgan. Bu buyuk muhaddislarning to‘rt nafari turonzaminlik bo‘lgani bilan butun Islom dunyosi miqyosida faxrlansak arziydi. Muhaddislik shu qadar sharafli va sermashaqqat ishki, u kishidan zakovat, kuch-quvvat, fidoiylik, yuksak iqtidor va kuchli quvvayi hofizani talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |