Kiyinish madaniyati
Qadimdan har bir millat va elatning urf odati, manaviy dunyoqarashini ustida aks ettirib turadigan o‘ziga hos kiyinish uslublari bo‘lgan.
Muqaddas islom dinimiz ta’limotlarida kiyinish odobiga alohida ahamiyyat qaratilgan. Kiyinish madaniyyati arzimagan narsa emas, balki bu juda ham etiborga sazovor ishlardandir. Zero, o‘ziga va o‘zgalarga hurmati bor or-nomuslik har qanday inson, o'zining obro'sini saqlaydigan, boshqalarning nafratini qo'zitmaydigan bo'lib kiyinadi.
Hikoya qilishlaricha Umar roziyallohu anhuning oldilariga bir ayol eridan shikoyat qilib keldi. U: “Men erimdan talog'imni so'rayapman, u esa talog'imni bermayapti, erimdan ajralmoqchiman, u bilan yashashni istamayman”, - dedi. Umar roziyallohu anhu uning erini chaqirtirdilar. U kelgandan keyin: Buni hammomga olib borib, yaxshilab hammom qildirib, yaxshi kiyimlarni kiyintiringlar, uning soch soqoliga ziynat beringlar”, - dedilar. Ular shunday qilishdi. Ayol hali o'sha masjidda o'tirardi. U sahobiyni olib kelishganida, Umar roziyallohu anhu u kishiga qarata: “Ey sahobiy, ayoling sendan shikoyat bilan kelgan: buning javobini berarkansan, rozimisan? – deganlarida, ayol erkakka qaradi va: “Bu kim ey Umar?” - dedi. Umar roziyallohu anhu: “Bu sening ering”, - dedilar. Ayol: “Eh, mening shunday erim bor ekan, men bundan aslo ajralmayman”, deb uylariga ravona bo'lishgan ekan.
Kiyim olib kiyishga imkoniyati bo‘la turib, juda ham o‘ngib eskirib , yuvilmaganidan hidlanib ketgan yirtiq yamoqda kiyimni kiyib yurishlik musulmon insonga yarashmaydigan holatlardan biridir. Zero hadisi sharifalarda
Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam bir kuni sahobalar bilan o'tirganlarida bir odam kirib keldi. Ust kiyimi kir edi, kiyimiga kamroq e’tibor bergan edi. Shunda Rasululloh sahobalarini chaqirib: “Tezda pul yig'inglar, yordam qilinglar, bu birodarimizni chiroyli kiyintirib qo'yaylik”, - dedilar. Bu gapni eshitgan sahobiy: “Ey Rasullulloh, men o'zimga kiyim sotib olishga qodirman”, - deganda. Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam: “Alloh taolo bir bandaga bir ne'mat bergandan keyin, uni asarini ko'rinib turishini yaxshi ko'radi”, - dedilar.
Bugungi kunda ayrim yoshlarimiz “ommaviy madaniyat” ning ta’siriga tushib qolganliklari hech kimga sir emas. Ko‘pincha ayrim yoshlar o‘zimizning milliy va diniy qadriyatlarimizni ifoda etadigan liboslarimiz o‘rniga chet el urf-odatlariga xos, milliyligimizga mutlaqo zid bo‘lgan kiyimlarni kiyishlikni afzal ko‘rmoqdalar. Masalan, qizlarning ayrim a’zolarini bo‘rtib bilinib tursin uchun chiqarilgan fudbolka, shim va yupkalar. Yoki o‘g‘il bolalar kiyayotgan sintetik matodan ishlangan tor shim va shunga o‘xshash liboslar bunga yaqqolmisol bo‘la oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |