O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi samarqand davlat universiteti Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti


MAVZU: TENGLAMALAR TUZISH BILAN MASALALAR YECHISH



Download 346,96 Kb.
bet44/67
Sana06.02.2022
Hajmi346,96 Kb.
#433071
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   67
Bog'liq
Tanlov fan Boshlang’ich ta’limda didaktik o’yinlar orqali tenglamalar

MAVZU: TENGLAMALAR TUZISH BILAN MASALALAR YECHISH.

Matematika dastur o`quchilarni ba'zi xil masalalarni tenglamalar tuzish bilan yechishga o`rgatishni nazarda tutadi. O`quvchilar masalalarni Algebraik yo`l bilan yechishni o`rganib olishlari uchun ular masaladagi berilgan va izlanayotgan miqdorlarni ajratib olish; undan o`zaro teng bo`lgan ikkita asosiy miqdorni ajrata olish yoki undan bitta miqdorning o`zaro teng ikkita qiymatini ajrata olish va bu qiymatlarni har xil ifodalar bilan yoza olish malakalariga ega bo`lishlari kerak.


Tenglamalar tuzish yordamida sodda masalalar yechish ikkinchi sinfdan boshlanadi. Ikkinchi sinfda tenglamalar tuzish usuli bilan qo`shish, ayirish, ko`paytirish va bo`lish amallarining noma'lum komponyentlarini topishga doir sodda masalalar yechiladi.
Masalan, bunday masala taklif qilinadi:
«Vazada 11 ta olma bor edi. Tushlikda bir nechta olma yeyildi. Shundan keyin 7 ta olma qoldi. Nechta olma yeyilgan?».
Bor edi-11 ta olma.
Yeyildi-?
Qoldi – 7 ta olma.
Masalani Algebraik usul bilan yechishda o`quvchining taxminiy mulohazalari: «Tushlikda yeyilgan olmalar sonini x harfi bilan belgilayman. 11 ta olma bor edi, x ta olma yeyildi, 7 ta olma qoldi, tenglamani yozaman: 11-x=7».
Ko`paytirish va bo`lish amallarining noma'lum komponyentlarini topishga doir masalalar asosan abstrakt shaklda beriladi. Masalan: «O`ylangan sonni 3 ga ko`paytirib 18 hosil qilishdi. Qanday son o`ylashgan?».
Uchinchi sinfda noma'lum komponyentlarni topishga doir sodda masalalarni yechish malakasi mustahkamlanadi. Bu yerda o`quvchilar ayirma yoki nisbat tushunchasi bilan bog`liq bo`lgan sodda masalalar yechishning Algebraik usul bilan birinchi marta tanishadilar. Shunday masalalardan ba'zilarining yechilishlarini keltiramiz.
1. O`ylangan son 20 dan 15 ta ortiq. O`ylangan sonni toping. Masalan 79-rasmda ko`rsatilgandek chizma bilan (sxyematik) illyustratsiyalash mumkin.
O`quvchilar chizmaga suyangan holda tenglamalar tuzishni taxminan bunday tushuntiradilar:
1) x-20=15-masala shartidan noma’lum son bilan 20 orasidagi ayirma 15 ga teng;
2) x-15=20 agar noma'lum son 20 dan 15 ta ortiq bo`lsa, u holda uni 15 ta kamaytirib, 20 ni hosil qilamiz;
3) x=20+15-agar 20 soni noma'lum sondan 15 ta kam bo`lsa, uni 20 ta orttirib, noma'lum songa teng bo`lgan yig`indini topamiz.
20 15


?
Shuni ta'kidlab o`tamizki (bunda va bundan keyin), bitta masalaning sharti bo`yicha bir necha tenglama tuzishda o`quvchilardan mumkin bo`lgan hamma tenglamani tuzishni talab qilmaslik kerak. Tenglama qanday tuzilganligini tekshirishda tenglamalarning mumkin bo`lgan barcha variantlarini qarash maqsadga muvofiq.
2. O`ylangan son 12 dan 3 marta katta. Qanday son o`ylangan? (80-rasm).
Chizma tenglama tuzishni tushuntirishga yordam beradi:
x:3=12; x:12=3; x=12x3.
12 x

?
Masala: Ekskursiyaga 28 ta o`g`il bola va bir nechta qiz bola jo`nadi. Ularning hammasi 25 kishidan bo`lib, 2 avtobusga joylashdilar. Ekskursiyaga nechta qiz bola jo`nagan?


M: q.sh. a) 28+x- ekskursiyaga jo`nagan o`g`il va qiz.
25x2- nechta o`g`il va qiz avtobusga joylashdi.
Yechish: 28+x=25x2
b) 25- bir avtobus joylashdi.
(28+x):2 –har bir avtobus ekskursiya soni 2 ga bo`lindi.
Yechish: (28+x):2=25..
Demak, masalani tenglamalar yordamida yechish uchun noma'lum sonni xarf bilan belgilanadi, masala shartida noma'lumni o`z ichiga olgan tenglikni tuzishga imkon beradigan bog`lanishlarni ajratiladi, mos ifodalar yoziladi va tenglama tuziladi, yechiladi.
Hosil qilingan tenglama yechimini masala mazmuni bilan bog`lanmaydi. Istalgan masalani shu rejaga asosan tenglama tuzish yo`li bilan yechish mumkin. Bu usulning univyersallini ham shundadir.
Masalalarni tenglamalar tuzib yechish sodda masalalar va murakkab masalalarni yechishda ham qaraladi.
1-sinfda Qutida 12 ta yong`oq bor edi. Qizcha bir nechta yong`oqni yegandan keyin, qutichada 5 ta yong`oq qoldi. Qizcha nechta yong`oq yegan? 12-x=5
III-sinfda Noma'lum son 42 dan 9 ta kichik
Noma'lum sonni toping.
1 usul. 42-x=9
2 usul. x+9=42
3 usul. x=42-9
Murakkab masalalarni tenglamalar tuzib yechish asosan 4-sinfda o`rganiladi.



Download 346,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish