O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


 O„zbekiston Respublikasida qabul qilingan turizm



Download 6,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet331/417
Sana29.01.2022
Hajmi6,69 Mb.
#417563
1   ...   327   328   329   330   331   332   333   334   ...   417
Bog'liq
2 5336871798745074121

 
19.3. O„zbekiston Respublikasida qabul qilingan turizm 
sohasiga oid me‟yoriy-huquqiy hujjatlar 
 
Turizm sohasiga oid ishlab chiqilgan ilk me‘yoriy hujjat – bu
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 27-iyuldagi 
«O‗zbekturizm» MKni tashkil etish to‗g‗risida»gi Farmoni va 
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining shu yil 20- 
oktabrdagi «O‗zbekturizm» MK faoliyatini tashkil etish masalalari 
haqida»gi Qaroridir. Mamlakatimizda jahon andozalariga javob 
beradigan turizm tizimini barpo etish, ushbu soha boshqaruvini 
takomillashtirish, uning iqtisodiy samaradorligini oshirish, shuning-
dek, mamlakatimizda mavjud bo‗lgan va sobiq ittifoqqa bo‗ysungan 
turistik tashkilotlar va muassasalarni respublika ixtiyoriga o‗tkazish 
ushbu farmon va qarorning bosh maqsadi qilib olindi. Mazkur 
farmon O‗zbekistonda turizm sohasini takomillashtirish, uni yangi 
bosqichga ko‗tarish, «O‗zbekturizm» MK ni tuzish uchun dastur 
bo‗lib xizmat qildi.
1993-yilda esa «O‗zbekturizm» Milliy kompaniyasi Butun-
jahon turizm tashkilotiga (BTT) haqiqiy a‘zo bo‗lib kirdi va bu, o‗z 
navbatida, xalqaro turizmni rivojlantirishning katta imkoniyatlarini 
yaratdi.
Birlashgan millatlar tashkilotining YUNESKO tashkiloti 
hamda O‗zbekiston hukumatining tashabbusi bilan 1994-yilda 
Samarqand shahrida Buyuk Ipak yo‗lidagi shaharlarda xalqaro 
turizmni rivojlantirish bo‗yicha Samarqand deklaratsiyasini qabul 
qildi. Unda butun dunyo davlatlariga murojaat qabul qilinib, 
turizmni rivojlantirish masalalariga e‘tibor berildi. Ayniqsa, «Buyuk 
Ipak yo‗li» ning markazini tashkil etgan, O‗zbekistonga turizm 
ishida keng ahamiyat berilishi xususida, yurtimizdagi mavjud 


316 
turistik resurslardan samarali foydalanish uchun imkoniyatlarni 
izlab topish haqida fikr-mulohazalar bildirildi. 
Keyingi yillarda ishlab chiqilgan muhim hujjatlar qatoriga 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 2-iyundagi «Bu-
yuk Ipak yo‗li» ni qayta tiklashda O‗zbekiston Respublikasi ishtiro-
kini avj oldirish va respublikada xalqaro turizmni rivojlantirish 
borasidagi chora-tadbirlar to‗g‗risida»gi Farmoni hamda mazkur 
farmonni amalga oshirish maqsadida e‘lon qilingan O‗zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 3-iyundagi «O‗zbe-
kiston Respublikasida xalqaro turizmning zamonaviy infratuzil-
masini barpo etish chora-tadbirlari to‗g‗risida»gi Qarorini kiritish 
mumkin. 
Yurtimizda turizm ishini yanada rivojlantirish va uni tashkil 
etishni takomillashtirish, turizm xizmatlari bozorida kichik turistik 
tashkilotlarining qatnashishini faollashtirish, xorijiy sarmoyador-
larni turizm sohasidagi faoliyatga keng jalb qilish maqsadida 
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1998-yil 8-avgustda 
«Turizm tashkilotlari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish 
to‗g‗risida» Qaror qabul qildi. Qarorda Xususiy turistik tashkilotlar 
uyushmasi (XSTU) ni tashkil etish va uni «O‗zbekturizm» MK 
tarkibiga a‘zo sifatida kirishi belgilab berildi. XSTU faoliyatining 
asosiy yo‗nalishlari etib quyidagilar belgilandi: 

«Buyuk Ipak yo‗li»ni tiklashda, respublikada turizmning 
zamonaviy infratuzilmasini rivojlantirishda faol qatnashish; 

uyushma a‘zolari bo‗lgan xususiy turizm tashkilotlariga 
ko‗maklashish va ular faoliyatini muvofiqlashtirish; 

turizm sohasida marketing tadqiqotlarini o‗tkazish; 

xususiy turizm tashkilotlarini rivojlantirishga xorijiy sarmo-
yadorlarni va mamlakatimizdagi yuridik va jismoniy shaxslarning 
mablag‗larini jalb qilish; 

«O‗zbekturizm» MK da, davlat organlarida va jamoat tash-
kilotlarida uyushma a‘zolari bo‗lgan xususiy sayyohlik tashkilot-
larining manfaatlarini ifodalash; 

uyushma a‘zolariga axborot, maslahat va uslubiy yordam 
ko‗rsatish; 


317 

turizm biznesi sohasida xodimlarning kasb tayyorgarligiga 
va ularni qayta tayyorlashga ko‗maklashish. 
«O‗zbekturizm» MK tomonidan vazirliklar, korxonalar, tash-
kilotlarning taklif va mulohazalarini inobatga olgan holda O‗zbe-
kiston davlat standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish 
markazi 1998-yil 31-dekabrda ro‗yxatdan o‗tkazgan «Mehmon-
xonalar klassifikatsiyasi» ishlab chiqildi. Mazkur standart kamida 
10 nomerga ega bo‗lgan mehmonxonalar, motellar, kempinglar, 
turistik bazalar, shuningdek, O‗zbekiston Respublikasiga kelayotgan 
turistlar va fuqarolarning boshqa vaqtincha yashab turish joylarining 
klassifikatsiyasini belgilaydi. Unda, shuningdek, ishlatiladigan 
asosiy terminlarning sharhi, mehmonxonalarga qo‗yiladigan umu-
miy talablar, ularning javobgarligi, turli toifadagi mehmonxonalarga 
qo‗yiladigan talablar haqida batafsil ma‘lumotlar berilgan. Ayniqsa, 
turli toifadagi mehmonxonalarga qo‗yiladigan talablarda: bino va 
unga tegishli hudud, texnik jihozlar, nomerlar fondi, texnik ta‘mi-
not, mebel va boshqa jihozlar ta‘minoti, jihozlash va nomerlardagi 
sanitariya-gigiyena buyumlari, umumiy foydalanish sanitariya 
obyektlari, jamoat joylari, ovqatlanish xizmatlari ko‗rsatish joylari, 
xizmatlar, ovqatlanish xizmatlari, xizmatchilar va ularni tayyor-
lashga bo‗lgan talablar haqida 1-5 yulduzli mehmonxonalarga xos 
aniq vazifalar berilgan. 
1999-yil 20-avgustda O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
tomonidan «Turizm to‗g‗risidagi» Qonun qabul qilindi. Bu qonun 
asosida turizm sohasidagi bozor munosabatlari uzil-kesil yo‗lga 
qo‗yildi hamda dunyo bozori bo‗yicha raqobatbardosh turistik 
mahsulot yaratila boshlandi. 
O‗zbekistonda turizm sohasini yangi bosqichga ko‗tarishda 
Respublika Prezidentining 1999-yil 15-apreldagi «2005-yilgacha 
bo‗lgan davrda O‗zbekistonda turizmni rivojlantirish Davlat dasturi 
to‗g‗risida» gi Farmoni alohida ahamiyatga egadir. Ushbu Farmon 
millatlararo aloqalarni kengaytirish va mustahkamlashga ko‗mak-
lashish hamda xalqaro turizm bozoriga uzviy qo‗shilish, 
O‗zbekistonning madaniy-tarixiy va ma‘naviy merosini jahon 
hamjamiyatiga targ‗ib qilish, shuningdek, turistlarga xizmat 
ko‗rsatish sifatini xalqaro andozalar darajasiga ko‗tarish maqsadida 
qabul qilinib, 2005-yilgacha bo‗lgan davrda O‗zbekistonda turizmni 


318 
rivojlantirish Davlat dasturi va uni amalga oshirish bo‗yicha 
Muvofiqlashtiruvchi kengash tarkibi tasdiqlandi.
Farmonda mulkchilik shaklidan qat‘i nazar, turistik tashkilotlar 
xorijdan keltiriladigan texnologiya va mehmonxona uskunalari, 
turizm maqsadlariga mo‗ljallangan transport vositalari uchun 
bojxona bojlari to‗lashdan uch yil muddatga ozod qilinishi ko‗rsatib 
o‗tildi. Shuningdek, «O‗zbekturizm» MK tizimidagi korxonalarga 
xorijiy turistlarga erkin ayirboshlanadigan valyuta hisobidan turistik 
xizmat va qo‗shimcha xizmat ko‗rsatish huquqi berilib, buning 
uchun maxsus kassalar ochilishiga ruxsat berildi. «Umid» jam-
g‗armasi har yili talabalarni turizm industriyasi mutaxassisliklari 
bo‗yicha yetakchi xorijiy mamlakatlarga ta‘lim olish uchun yu-
borishni ko‗zda tutishi ko‗rsatib o‗tildi. O‗zbekiston Respublika-
sining Tashqi ishlar, Moliya va Madaniyat ishlari vazirliklarining va 
«O‗zbekturizm» MKning O‗zbekiston Respublikasining AQSH, 
Yaponiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya va Italiyadagi 
elchixonalarida madaniyat va turizm masalalari bo‗yicha masla-
hatchi lavozimi birliklarini joriy etishlariga ijozat berildi. 
Ushbu Davlat dasturi olti bo‗limdan iborat bo‗lib, 1-bo‗lim: 
«Turizmning me‘yoriy - huquqiy bazasini shakllantirish» deb nom-
lanib, unda O‗zbekiston Respublikasining «Turizm to‗g‗risida» gi 
Qonunini tayyorlash, fuqarolarimizning xorijga chiqishi va O‗z-
bekistonga xorijiy fuqarolarning kirishi haqidagi takliflarni o‗rgan-
gan holda, xorijiy turistlar uchun boj, viza va boshqa hujjatlarni 
rasmiylashtirish Nizomiga o‗zgartirishlar kiritish; 

Download 6,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   327   328   329   330   331   332   333   334   ...   417




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish