19.2. Turizmni davlat tomonidan boshqarishning funksiya va
usullari
Turizm faoliyatining davlat tomonidan tartibga solishning
asosiy maqsadlari bo‗lib quyidagilar hisoblanadi:
fuqarolarning dam olish, sayohatga chiqqanda harakatlanish
erkinligi va boshqa huquqlarini ta‘minlash;
tabiiy atrof-muhitni muhofaza qilish;
turistlarni sog‗lomlashtirish, tarbiyalash va ta‘lim berishga
yo‗naltirilgan faoliyatlar uchun shart-sharoitlarni yaratish;
fuqarolarning sayohatdagi ehtiyojlarini ta‘minlovchi turizm
industriyasini rivojlantirish, yangi ish o‗rinlarini yaratish, xalqaro
aloqalarni rivojlantirish, turizmga doir obyektlarni saqlab qolish,
tabiiy va madaniy merosimizdan oqilona foydalanish.
Turizm faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning
ustuvor yo‗nalishlari bo‗lib ichki, kiruvchi, ijtimoiy va tashabbuskor
turizm turlarini qo‗llab-quvvatlash va rivojlantirish hisoblanadi.
Turizmni davlat tomonidan boshqarishning asosiy funksiyalari va
usullari quyidagi 19.2.1-jadvalda ko‗rsatilgan:
19.2.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |