3. Tarmoqning barcha kompyuterlari о’rtasida axborot almashishi. Ayni paytda tarmoqdan foydalanuvchilar о’rtasida dialog saqlanadi, shuningdek elektron pochta ishini tashkil etish imkoniyati ta‘minlanadi.
4. Bir yoki bir qancha umumtarmoq printerlarida tarmoqdagi barcha foydalanuvchilarning bir vaqtda yozishi. Bu paytda quyidagi omillar ta‘minlanadi: Har bir foydalanuvchining tarmoq printeriga kira olishi; kuchli va sifatli printerdan foydalanish imkoni (malakasiz muomaladan himoyalangan holda); dasturli mahsulotlar sifatida bosishi (yozish)ni amalga oshirish.
5. О’quvchilar va о’qituvchilar kompyuterlari о’rtasida axborot almashishning maxsus dasturini qо’llashhisobiga о’quv jarayonini uslubiy takomillashtirish uchun tarmoq muhitidan foydalanish imkoniyati. Shular sababli quyidagilarni amalga oshirish mumkin: о’qituvchi kompyuterida bajariladigan ishlarni о’quvchilar kompyuterida kо’rsatish; о’qituvchining kompyuter monitorida о’quvchilar kompyuterlari ekranlarini aks ettirish orqali о’quvchilar bajaradigan ishlarni nazorat qilish.