O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand veterinariya meditsinasi instituti


V.Fan bo‘yicha baholash mezonlari



Download 2,34 Mb.
bet115/120
Sana21.01.2022
Hajmi2,34 Mb.
#395107
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   120
Bog'liq
O‘ZBEK TILINING SOHADA QO‘LLANILISHI

V.Fan bo‘yicha baholash mezonlari
Talabalarning fanlarni o‘zlashtirishi 5 ballik tizimda baholanadi.

5 ( a’lo) baho:

Xulosa va qaror qabul qilish;

Ijodiy fikrlar olish;

Mustaqil mushohada yurita olish;

Olgan bilimlarini amalda qo‘llay olish;

Mohiyatini tushunish;

Bilish, aytib berish;

Tasavvurga ega bo‘lish;



4 (yaxshi) baho:

Mustaqil mushohada yurita olish;

Olgan bilimlarini amalda qo‘llay olish;

Mohiyatini tushunish;

Bilish, aytib berish;

Tasavvurga ega bo‘lish;



3 (qoniqarli) baho;

Mohiyatini tushunish;

Bilish, aytib berish;

Tasavvurga ega bo‘lish;



2 (qoniqarsiz) baho:

Dasturni o‘zlashtirmaganlik;

Fanning mohiyatini bilmaslik;

Aniq tasavvurga ega bo‘lmaslik;

Mustaqil fikrlay olmaslik.

VI. Fan bo‘icha tarqatma materiallar

1- mashaq. Ko‘chma ma’noda qo‘llangan so‘zlarni ajratib, ma’no ko‘chishning turini yozing.
1. «Semurg‘» «Sug‘diyona»ni qabul qilib, raqiblar darvozasiga ketma-ket beshta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi. 2. Qo‘shnimizning o‘g‘li dadasi bilan tortishayotganining ustidan chiqib qoldim. 3. Yangi binolar qurilishi asossiz ravishda cho‘zib yuborilmoqda. 4. Beodob qizning gapini onasi tekislab turdi. 5. Prezidentimiz adashganlar uchun to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib berdi. 6. Bolam, ho‘l-u quruqqa qanoat qil, ana o‘shanda sen, kayvoniy odam bo‘lasan. 7. Muallif dutor haqida yozadi va bu bilan o‘zbek cholg‘u asbobini birinchi bo‘lib tilga oladi. 8. O‘g‘lining dardida sarg‘aygan onaning oh-vohlariga chidab bo‘lmasdi. 9. Тun o‘z o‘rnini tongga bo‘shatib berdi. 10. Navoiy ko‘hna Sharqning ulug‘ mutafakkiri sifatida o‘z asarlari bilan o‘sha davr ijtimoiy masalalarini ham ko‘tarib chiqdi. 11. Go‘zal bu gaplarning hammasini yuragining tubiga joylagan edi, uni hech kimga oshkor ayta olmasdi. 12. Yigitning uylanayotganini eshitgan qizning qalbi yaralandi.

2-mashq.Ko'chiring. Gaplarning qaysi uslubga mansubligini va uslubiy xoslangan so'zlarni aniqlang.
1.Ko‘kdan quyosh mo‘ralab qaraydi. (Uyg‘un) 2. Kapalakday kelib, qoshingga qo‘nib, Ko‘zingga termulib umrim o‘tsaydi. (Muhammad Yusuf)

3. Bir narsani surishtirib, tagiga yetmoqchi bo‘lsak, aslidan kelamiz: asli nima edi? Asli qanday edi? va hokazo. (N.Kornilov) 4. Fe’llar harakat ma’nosini bildruvchi so‘zlardir. (AHojiyev) 5. Ertaga soat 15.00 da maktab jamoasining umumiy yig'ilishi bo'ladi.


3-mashq.Ko'chiring. Matnning qaysi uslubga xosligini ayting va uslubiy xoslangan so'zlarni aniqlang.
Qo'shma gap tarkibidagi sodda gaplar ikki xil aloqaga kirishishi mumkin:

1) teng aloqa, 2) tobe aloqa.

Grammatik jihatdan teng aloqaga kiruvchi gaplar bog'langan qo'shma gapni tashkil etadi. Biri ikkinchisiga tobe bo'lgan gaplar esa ergashgan qo'shma gapni hosil qiladi. (G ‘.Abdurahmonov)
3-mashq.Matnni o'qing, og'zaki so'zlashuv uslubiga xos bo'lgan so'zlarni toping.
Men Abdulla Qodiriyga qayin ini bo'laman, ya’ni u kishining zavjalari Rahbarniso mening opam bo'ladilar.

«О’tкаn kunlar» nashr etilishi bilan men uni darrov o‘qib chiqdim. Bir kuni Abdulla pochchamiz uyimizga mehmonga keldilar. Ziyofat chog'ida so‘radilar:

Xo‘sh, mulla Asomiddin, «О’tкаn kunlar»ni o‘qidingizmi?

Ha, o‘qidim, — dedim g‘ururlanib.

-Necha marta o‘qidingiz?

-Bir marta.

-Hm-m. Bu kitobni bir marta emas, besh marta o‘qish kerak. Shunda siz muomalani, odobni, hayotni, tarixni, tilni o‘rganasiz,- degandilar. (Asomiddin Rasulmuhammad o‘g‘li)
4-mashq.Ko'chiring. Matnning qaysi nutq uslubiga xosligini va bu uslubning o'ziga xos xususiyatlarini aniqlang.
Turing, Nazira buvi! Turing, To‘xta buvinikiga chiqamiz.

A? Nimaga?

To‘xta buvinikiga chiqamiz. Rais kelibdi.

Rais?..


Endi, o‘glim, dabdurustdan majlis deding... asli shu gapni avval jo‘n gaplashib, pishiqtirib olsag-u, keyin majlisga solsang bo‘lardi.

To‘g‘ri, avval jo‘n gaplashib olaylik. Xo‘p, majlis yopiq. Gapni bir joyga qo‘yganimizdan keyin ochamiz.(Abdulla Qahhor)


5-mashq. Matnni o'qing, publitsistik uslubga xos bo'lgan so'zlarni toping. Siz ham bahorgi ishlar haqida kichik hikoya yozing.
Bu yil bahorni juda-juda sog'indik. Ayniqsa, yanvaming izg'irinli, ayozli kunlarida ko'klamning qadri juda bilindi. Mana, bobo quyosh charaqlab, kunlar iliy boshladi. Ona zamin qish uyqusidan uyg'ondi. Odamlaming bahri-dili ochilib, kayfiyatlari ko’tarilib, bahorgi tashvishlarga sho‘ng‘ib ketishdi. Hammaning niyati yaxshi, ularni qulay imkoniyatdan foydalanish istagi chulg'ab olgan.

Dehqonlar yerdagi namlikdan, tog'dagi qor zahirasidan xursand — bu yil

obi hayot mo‘l bo'lishidan umidvor. Dalalar esa xamirturishdek ko'pchib turibdi. Dehqon yerga tezroq baraka urug'ini qadash umidida yonmoqda. (I.Normatov)
7-mashq.Matnni o'qing. Mazmunini so'zlab bering. Uning qaysi nutq uslubiga mansubligini va uslubiy belgisini aniqlang.
Yer qish uyqusidan uyg'ondi. Bahorning mayin sabolari esa boshladi. Ariqlarning bo‘yi yam-yashil maysalar bilan qoplandi, daraxtlar kurtak chiqarib, ifor isli naparmon gullar bilan bezandi.

Loyshuvoq tomlarda lolaqizg'aldoqlar yal-yal yondi.

Dalalardan yengil hovur ko'tarilib, qirlarda anvoyi chechaklar ochildi. Qishloq va shaharlarning tor ko'chalarida, maydonlarida bola- baqra ko'paydi. Kichkintoylar akalari yasab bergan «laylak»larni uchiraman deb jonlari halak.

Ahyon- ahyonda turnalar arg'imchoq solib uchib o'tishadi. Ularning dilni entiktiruvchi «qurey-qurey»lari osmonni tutadi...



8-mashq.O'qing, matnda qanday badiiy tasvir vositalaridan foydalanilganini aniqlab, ularni ko'chiring.
Martning oxirgi kunlari. Ko‘k yuzida suzib yurgan bulut parchalari oftobni bir zumda yuz ko'yga solyapti. Oftob har safar bulut ostiga kirib chiqqanda, bahor kelganidan bexabar, hanuz g'aflatda yotgan o‘t-o‘lanni, qurt-qumursqani uyg‘otgan, avvalgidan ham yorug‘roq, avvalgidan ham issiqroq shu’la sochayotganday tuyuladi.

Kasalxonaga yaqinda tushgan Madrahimov, jikkakkina kishi, o‘ziga juda ham katta ko‘k xalatga burkanib, yengchadan boshini chiqarib turgan sichqondek, derazadan ko‘chaga qarab o'tirgan edi. (Abdulla Qahhor)


9-mashq.She’rni o'qing, badiiy uslubga xos bo'lgan so'zlarni topib, ularni izohlang.
Muruvvat-u ma’rifatdir buyuklikning nishonasi,

Qadam qo'ying, mana sizga asl yo‘lning ostonasi.

Jahon ichra buyuk yurtni ulug‘ doston etaylik biz,

Zamon keldi Vatan bag‘rin go‘zal bo‘ston etaylik biz.

Ming-ming shukr, kelib davron istiqlolga erishdik biz,

Xarob bo'lgan xonadonni butlamoqqa kirishdik biz.

Iymon nuri oqib turar bir gavhar bor qonimizda,

Ne-ne buyuk bobolarning bardoshi bor jonimizda.

Oldindadir hali hikmat, oldindadir imkonimiz,

Yetishgaymiz kelajakka, pokizadir vijdonimiz.

Jahon ichra buyuk yurtni ulug‘ doston etaylik biz,

Zamon keldi Vatan bag‘rin go‘zal bo'ston etaylik biz. (A. Oripov)



Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish