10-mashq.Ko'chiring. Badiiy tasvir vositalarini izohlang.
Endi Zebi «Yor-yor»ni yolg‘iz o‘zi aytardi. Aravakash bilan birga, qolgan qizlar — hammasi bir quloqqa aylangan edilar. Ot bu go‘zal ovozning shirin kuylari ostida boshini quyi solib, bo‘ynini asta-asta likkillatib, bitta-bitta qadam bosardi... «Yor-yor»lar bitib, boshqa har xil kuylarga otildi. Endi Zebini to‘xtatmoq mumkin emasdi. Dalalarning keng quchoqlaridan uchishib kelgan mayin shabadalar qiz og‘zidan chiqqan unlarni o‘z qanotlariga mindirib, allaqayerlarga, olislarga olib ketardilar. Hov yiroqlarda lipillab ko‘ringan qishloq chiroqlari ham, tepadagi yulduzlar singari, shabada qanotlari bilan kelgan chiroyli unlaning zavqi bilan mast bo‘lib yonardilar. (Cho'lpon)
Do'stlaringiz bilan baham: |