Noverbal so‘zlar muloqot kuzatish kuchi bilan yaqindan bogʻlanadi. Muloqot qabul qiluvchi so‘zlovchini koʻrish, eshitish va hattoki, his qilish pozitsiyasida boʻlishi kerak. Muloqotni qabul qiluvchi so‘zlovchining yuzi, imo-ishorasi, ohangi, kiyim-kechagi, koʻrinishini aniq koʻrishi va ovozini ham eshitadigan joyda boʻlishi kerak. Bu kuzatish orqali boʻlarkan, noverbal muloqot rejalashtirilgan va rejalashtirilmagan boʻlishi mumkin. So‘zlovchi tinglovchilarga ongli imo-ishora, gavdasini tutishi xatti-harakatlarning boshqa shaklllari orqali aniq xabarni bildirmoqchi boʻlganda rejalashtirilgan boʻladi. Noverbal muloqot esa, so‘zlovchining xatti-harakatlari, gavdasini tutishi, yoki koʻrinishi qabul qiluvchi tomonidan gʻayriixtiyoriy qilinsa ham rejalashtirilmagan hisoblanadi. Pala-partish kiyinish yoki norasmiy kiyim-bosh kiygan notiq e’tiborli boʻlsa ham, jiddiylik yetishmaganday izoh berilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |