O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Chizma 2  Insentiv  turizm  tarkibi



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/308
Sana18.01.2022
Hajmi2,37 Mb.
#385134
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   308
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008

Chizma 2 
Insentiv  turizm  tarkibi 
                                                                          
 
                                                                          Rahbar hodimlar 31% 
 
                 Sotish bo‘yicha  
               menejerlar 29%                                          Agentlar va distribyu-                
                                                                                        terlar 14% 
 
 
 
Iste’molchilar  26% 
 
Manba: 
A.Yu. Aleksandrova. Mejunarodniy turizm. M., 2004. 
 
Insentiv  –  turizm  bozori  kengayishi  bilan  rag‘batlantiruvchi  safarlarni 
uyushtiruvchi  ixtisoslashgan  firmalar  paydo  bo‘ldi.  Ular  mehnat  jamoalarini 
rag‘batlantiruvchi  maxsus  dasturlar  ishlab  chiqish  va  amalga  oshirishda  malakali 
yordam  ko‘rsatmoqdalar.  Turistik  firma  korxona  ma’muriyati  bilan  shartnoma 
bo‘yicha insentiv turlarni rejalashtirmoqda va uyushtirayapti. Rag‘batlantirishning bu 


                      
155 
tizimi  muvaffaqiyati  firmaning  sayohat  yo‘nalishini  nechog‘lik  to‘g‘ri  tanlashiga 
bog‘liq.  Safar  xodimlar  uchun  maftunkor  bo‘lishi,  yoshiga,  salomatligiga,  diniy 
e’tiqodiga,  shaxsiy  qiziqishlariga  mos  kelishi  kerak.  Shuning  uchun  firma  ko‘p 
hollarda  o‘z  ishini  potensial  mijozlarni  kuzatish  orqali  olib  boradi.  AQShda 
rag‘batlantiruvchi  safarlar  uyushtirishda  ancha  taniqli  bo‘lgan  turistik  firmalar 
«E.F.Makdonald  Trevel  kompaniya»,  «Marits  Trevel  kompaniya»,  «Top  Velyu 
Interprayzis»lar hisoblanadi. 
Eng  oddiy  holda  insentiv  –  tur  bu  to‘rt  –  besh  yulduzli  mehmonxonalarda 
yashash  va  ekskursiya  dasturlari  bilan  boyitilgan  odatdagi  turdir.  Bunday  standart 
dasturlarni,  qanchalik  g‘alati  bo‘lmasin  hammadan  ko‘p  amerikalik  turistlar 
buyurishadi.  Insentivning  boshqa  turli  ko‘rinishlari  ham  mavjud.  Safar  dasturi 
qandaydir  boshqa  g‘oyalar  bilan  muvofiq  holda  to‘ldirilishi  mumkin.  Insentiv  – 
operatorlar  odatda  har  bir  mamlakat  bo‘yicha  20-30  xil  dasturlardan  tanlashni  taklif 
qiladi.  Bu  insentiv  guruh  uchun  shahardan  tashqarida  golf  bo‘yicha  turnir,  havo 
sharida  sayr,  Alp  cho‘qqilariga  chiqish,  musiqiy  –  raqs  kechalarida  tomosha,  ichish 
yoki gastronomik safar bo‘lishi mumkin. 
Insentiv  –  turlar  o‘sishi  kongresslar  –  ko‘rgazmalar  tematik  faoliyatini 
kengaytirish va rag‘barlantiruvchi turizm bo‘yicha ixtisoslashgan forumlar o‘tkazish, 
buning  uchun  turistik  biznes  segmentlari  va  universitetlarda  tayyorlashga  turtki 
bo‘ldi, ko‘p sonli assotsiasiyalar, jamiyatlar va boshqalar tashkil etishga imkon berdi. 
Ulardan  biri  rag‘batlantiruvchi  turizm  sohosida  mansabdor  shaxslar  jamiyati 
hisoblanadi  (SITE).  Uning  qarorgohi  Nyu-yorkda  joylashgan  bo‘lib  650  kishidan 
iborat  a’zolari  bor.  Hozirgi  vaqtda  SITYeda  18  komitet  ishlab  turibdi,  Insentiv  – 
turizm  universitetini  boshqradi,  hududiy  uchrashuvlar,  seminarlar,  savdo 
ko‘rgazmalari  o‘tkazadi.  Ekspertlarning  ta’kidlashlaricha,  insentiv  –  turizmning 
kelajagi  porloq.  XXI  asrda  u  jahon  xo‘jaligida  yetakchi  tarmoqlarda  xodimlarni 
raqobatlantirishning bosh shakli bo‘lib qoladi. 
Yevropada  ishga  aloqador  turistlarni  asosiy  «etkazib  beruvchi»  -mamlakat 
Germaniyadir. Har yili 5 mln. dan ziyod nemislar safarga jo‘nashadi. Ularning 3 % 
xorijga  chiqib  ketishadi,  21  %  chegaradan  tashqarida  va  mamlakat  ichkarisida 
sayohat  qilishadi.  76  %  Germaniya  bo‘ylab  xizmat  safarida  bo‘ladi.  Mamlakatda 
xizmat  safarining  o‘rtacha  davomiyligi,  boshqa  qit’ada  joylashish  muddati  12-13 
kunni,  hudud  ichida  5-6  kunni,  o‘z  mamlakati  bo‘ylab  3-4  kunni  tashkil  qiladi. 
Ishbilarmon  odamlar  oqimini  qabul  qilishda  Yevropa  davlatlari  orasida  Germaniya, 
Buyukbritaniya,  Fransiya,  Niderlandiya,  Italiya,  Ispaniya,  Shvesiya,  Shveysariya 
ajralib  turadi.  Belgiya  bosh  shahri  Bryussel  alohida  o‘rin  egallaydi.  Bir  vaqtning 
o‘zida u YEI poytaxti ham hisoblanadi.  
Fransiya  va  Belgiyaga  kelishlarning  har  o‘ntadan  bittasi  ish  bilan  bog‘liq 
maqsadlarda  amalga  oshiriladi.  Buyukbritaniyada  esa  har  uchinchisi  ishga  aloqador 
tashriflardir.  Biznes  turizm  bozorida  Markaziy  va  Sharqiy  Yevropa  mamlakatlari 
sezilarli rol o‘ynashadi. Jamiyat va iqtisodiyot hayoti qayta qurilishi munosabati bilan 
ular g‘arb ishbilarmon doiralarida qiziqish uyg‘ota boshladilar. Turistik bozorning bu 
segmenti  90-yillar  birinchi  yarimidan  boshlab  ayniqsa  dinamik  ravishda  rivojlana 
boshladi.  


                      
156 
Biznes  –  turizm  Amerika  qit’asida  tez  rivojlanmoqda.  Yangi  Dunyoga  har 
sakkiz  safarning  biri  xizmat  maqsadlarida  amalga  oshiriladi.  Ishbilarmon  kishilar 
oqimi  asosan  AQSH,  Kanada,  Meksika  singari  qarbiy  yarim  shar  turistik  bozori 
barcha  segmentida  yetakchilik  qilayotgan  mamlakatlarga  yo‘nalgan.  Bu 
mamlakatlarda biznes-safarlar soni turli sur’atlarda to‘xtovsiz o‘sdi. AQShda xizmat 
safarlari  dinamikasi  xalqaro  turizmning  rivojlanish  umumiy  manzarasini  belgilab 
berdi.  Kanadada  ishbilarmonlik  turizmi  hajmi  keluvchilar  soniga  nisbatan  sekin 
ko‘paydi. Meksikada ham biznes safarlar sur’atlari o‘sishi butun turistik kelishlarda 
xuddi shunday ko‘rsatkichga ega bo‘ldi. 
Lotin    Amerikasi  ishbilarmon  turistlar  oqimi  ko‘paymoqda.  Iqtisodiy 
yuksalish,  savdo  aloqalarining  kengayishi  va  mutahkamlanishi  bilan  bu  hudud  juda 
ko‘p  mamlakatlar  ishga  aloqador  turizm  bozorida  o‘z  mavqiyelarini  mustahkamlab 
oldilar.  Paragvay,  Gvetemala,  Kosta-Rikaga  xizmat  maqsadlarida  kelishlar  soni 
ko‘paymoqda.  
So‘nggi  yillarda  xizmat  safarlari  soni  o‘sishi  Janubi-Sharqiy  Osiyoda  turistik 
kelishlar umumiy dinamikasini belgilab berganligi bilan harakterlanadi. Hududga har 
bir  safarning  beshinchisi  ishga  aloqador  edi.  Kelishlarning  uchdan  biri  Syangan 
(Gonkong), Singapur va Tayvanga to‘g‘ri keldi.  
Afrika  va  Yaqin  Sharqda  ishga  aloqador  turizm  bir  tekis  rivojlanmayapti. 
Kelishlar  dinamikasida  yuksalishlar  va  pasayib  ketishlar  asosan  hududdagi  siyosiy 
vaziyatga  bog‘liq  bo‘lib  qolmoqda.  Afrikada  ishga  aloqador  turizmda  Kongo 
respublikasi,  Zimbabve  va  Efiopiya  yuqori  o‘sish  sur’atlarini  ko‘rsatdi.  Kelishlar 
bo‘yicha  mutlaq  ifodada  Misr,  JAR,  Marakko  yetakchilik  qilishdi.  Yaqin  Sharqda 
ishbilarmon  odamlar  oqimi  neft  qazib  oluvchi  mamlakatlar  (Saudiya  Arabistoni  va 
boshq.)ga,  shuningdek  Isroil  va  Iordaniyaga  intildi.  90-yillar  ikkinchi  yarimida 
siyosiy  vaziyat  keskinlashdi.  Yaqin  Sharqdagi  tahlikali  vaziyat  Afrikadagi  qator 
terroristik  xurujlar  (Misrda  islom  fundamentalistlari  tomonidan  turistlarning  halok 
bo‘lishi, Keniya va Tanzaniyada Amerika elchixonalarida portlashlar) ishga aloqador 
turizmni  kasodga  uchrashiga  olib  keldi.  Ikki  hududda  ham  ularning  rivojlanish 
istiqbollari aniq emas. 

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   308




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish