O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/308
Sana18.01.2022
Hajmi2,37 Mb.
#385134
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   308
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008

6.3. Diniy turizm  
 
Diniy  turizm  tarixi.
  Hozirgi  kunda  xalqaro  turizmning  eng  muhim 
tarmoqlaridan  biri  diniy  ya’ni  ziyoratchilik  turizmi  bo‘lib  hisoblanadi.  Diniy 
turizmning  shakllanish  tarixi  uzoq  o‘tmishga  borib  taqaladi.  Ya’ni  uning  ilk  bor 
vujudga  kelishi  antik  davriga  to‘g‘ri  keladi.  Diniy  turizmning  asosiy  paydo  bo‘lgan 
maskanlari  qadimgi  greklar  va  rimliklar  vatani  bo‘lib  hisoblanadi.  Qadimda  greklar 
va rimliklar ibodatxonalar va cherkovlar qurib, ularda sig‘inishganlar. Elladaning eng 
mashhur ibodatxonasi birinchi bor 
Delfax
 shahrida qurilgan. Ushbu ibodatxona butun 
greklar olamida eng mashhur va u guyoki har qanday savolga tangri nomidan qat’iy 
javob beruvchi karomatli kohin, sajdagoh maskani bo‘lgan. Rivotlarga ko‘ra, minglab 
darvishlar  mana  shu  ibodatxonaga  kelishib,  o‘zlarini  qurbon  qiluvchi  majusiylar 
ruxoniysi avliyo Pifining bashoratlarini tinglashganlar. 
O‘rta  asrlar  davriga  kelib,  diniy  turizm  migratsiyasi  yangicha  tus  ola 
boshladi.  Muqaddas  diniy  sajdagoh  joylarga  borib  ziyorat  qilib  kelish  ommaviy  tus 


                      
157 
olib, salb yurishlari kabi shaklga aylanib ketdilar. Ayniqsa, ziyorat qilish harakati XV 
asr  oxiri  va  XVI  asr  boshlariga  kelib  eng  yuqori  darajaga  ko‘tarildi.  Ziyoratchilik 
doirasining  o‘sishi  bilan  birga  uning  turli  oqimlari  ham  kuchaya  bordi.  Shu  bilan 
birgalikda  ziyoratchilar  tarkibi  ham  xilma-xil  bo‘lib,  unda  diniy  etiqodga  amal 
qiluvchi kishilar bilan bir qatorda, turli xil kasbkor, mansabdor, kishilar ham ishtirok 
etaboshlaganlar. Ziyoratchi-hojilar  o‘rtasida  oqsuyaklar, ritsarlar  (olijanob  odamlar), 
sayohatchilar,  harbiylar,  ijodkorlar,  hukumat  idorasi  xodimlari,  savdogarlar, 
qolaversa oddiy kishilar qatnashganlar.  
XIX  asrga  kelib  diniy  turizm  uyushgan  holdagi  shaklga  ega  bo‘la  boshladi. 
Ma’lumotlarga  ko‘ra,  ziyorat  qilib  keluvchilar  soni  tobora  ko‘paya  borib,  birgina 
Fransiyada  1861  yilda  300-400  ming  kishiga  yetgan.  1870  yil  oxirlarida  uyushgan 
holdagi  ziyoratchilik  oqimi  Yevropaning  Avstriya,  Germaniya  kabi  bir  necha 
mamlakatlarida ham keng rivojlana bordi.  
Hozirgi  kunga  kelib,  yer  kurrasining  turli  xil  mintaqalarida,  ko‘p  asrlar 
oldingi singari, diniy qadamjolarga borib sig‘inadigan sayyohlar soni tobora ko‘payib 
bermoqda.  Har  yili  butun  yer  yuzasi  bo‘yicha  200  mln.  dan  ortiq  kishilar  turli  xil 
diniy  haj  safarlariga  borib  ziyorat  qilib  kelishadilar.  Shulardan  150  mln.  dan  ortiq 
xristianlar,  20-30  mln.  atrofida  induistlar,  40  mln.dan  ko‘proq  musulmonlar, 
buddistlar, sintoistlar va boshqalar ishtirok etadilar. 
Ziyoratchilarning  sayyohat  qilishidan  asosiy  mahsadi  aziz  avliyo  joylarga 
qadam ranjida qilishi, sig‘inish chog‘ida ruhiy jihatdan yengillashishi,  ko‘ngillarning 
poklanishi,  og‘ir  kasalliklardan  xolos  bo‘lmoqligi,  qilib  quygan  gunoh  ishlarini 
ollohdan so‘rab kechirishlarini, safar chog‘ida safdoshlari bilan ma’naviy yaqinlikda 
bo‘lishni  orzu-umid  qilishadilar.  Ziyoratchi  sayyohlar  safarga  chiqishida  o‘z  orzu 
umidlariga  erishish,  yaratganga  shukronlar  aytib  uning  izzat  hurmatini  bajo 
keltirishni o‘z ko‘ngillaridan o‘tkazadilar. 
Hozirgi kunga kelib dunyoda ziyoratchilik sayyohligining 10 dan ortiq yirik 
markazlari mavjud bo‘lib, ular yer sharining deyarli hamma qit’alarida joylashgan:  

 
Xristian Yevropasi; 

 
xristianlik  va  boshqa  ko‘psonli  dinlar  bilan  mustahkam  o‘rin  egallovchi 
Shimoliy Amerika; 

 
Xristianlik va an’anviy dinlar bilan Lotin Amerikasi; 

 
Islomni qabul qilgan Shimoliy Afrika; 

 
Islom  hukmron  va  alohida  xristianlik  va  an’anaviy  dinlar  mavjud  G‘arbiy 
va Sharqiy Afrika; 

 
Buddizm,  islom,  xristianlik  va  hinduzimni  egallagan  Janubiy-Sharqiy 
Osiyo; 

 
Buddizm bilan (asosan lamaizm) mustahkamlangan Markaziy Osiyo; 

 
Islom hukmron O‘rta Osiyo; 

 
Islom va xristianlik, iudizm bilan mustahkamlangan G‘arbiy Osiyo; 

 
Iudizm  va  buddizm  tarqalgan, shuningdek  xristianlik,  jaynizm,  sikxizm  va 
islam mavjud Janubiy Osiyo. 
Har  bir  makrohudud  eng  avvalo  ziyoratning  jahoniy  markazlari  bilan 
mashhur.  Ular  e’tiqodchilarning  xalqaro  oqimini  qabul  qiladilar  va  ko‘pincha  diniy 


                      
158 
ixtisoslashtirishning  ma’muriy,  sanoat,  madaniy  va  turistik  markazlari  funksiyalari 
bilan  qo‘shilib  ketadilar.  Bundan  tashqari,  makrohududlarda  milliy  va  mahalliy 
ahamiyatga ega diniy sig‘inish ob’ektlari mavjud.  
Yer  sharida  eng  qadimiy  va  yirik  diniy  markazlardan  biri  Yaqin  Sharqda 
joylashgan  Iordaniya  davlatining  Iyerusalim  (Quddus)  shahri  bo‘lib  hisoblanadi. 
Iordan  daryosining  o‘ng  qirg‘og‘ida  joylashgan  ushbu  hudud  1967  yil  iyun  oyida 
Isroil  tomonidan  bosib  olingan.  U  hanuzga  qadar  Iordaniyaga  qaytarib  berilmasdan 
kelmoqda. 
Ma’lumki,  Iyerusalim  shahri  uchta,  ya’ni  xristian,  islom  va  iudaizm 
dinlarining  kelib  chiqishi  va  asoslanishi  markazi  bo‘lib  hisoblanadi.  U  dunyodagi 
ibodat qilish markazlari o‘rtasida alohida  o‘rinni egallaydi. Shaharning o‘tmish tarixi 
uzoq-uzoqlarga  borib  taqaladi.  Bu  yerda  ilk  bor  iudaizm  diniga  e’tiqod  qiluvchi 
monoteist (bir xudolik, ya’ni xudoni bitta deb biluvchi) din tarafdorlari, undan keyin 
xristian va islom dini kelib chiqqanligidan dalolat beradilar. 
Iyerusalim  xristian  diniga  e’tiqod  qiluvchilar  uchun  muqaddas shahar bo‘lib 
hisoblanadi.  Shaharda  eng  yirik  ziyorat  qiluvchi  joy  bu-

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   308




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish