O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi sayyora abduraximovna masharipova san’AT, arxitеktura va shaharsozlik tarixi


QADIMGI YUNON ARXITEKTURASI. ELLINIZM DAVRI VA



Download 5 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/51
Sana13.01.2022
Hajmi5 Mb.
#358634
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   51
Bog'liq
arxitektura tarixi

QADIMGI YUNON ARXITEKTURASI. ELLINIZM DAVRI VA 
SHAHARSOZLIKNING RIVOJLANISHI 
 
Qadimgi  Yunon  shaharsozligi  jamiyat  sotsial  tuzilishi  bilan  chambarchas  bog‘liq 
bo‘lib,  ijtimoiy  va  xususiy  funksiyalar  uchun  mo‘ljallangan  aniq  tarkibiy  qismlardan 
tashkil topgan. 
Shahar ijtimoiy markazi - «agora» deb nomlanib, katta maydon va bir necha jamoat 
binolaridan  tashkil  topgan  va  jamoat  marosimlari  o‘tkazish  uchun  mo‘ljallangan.  Ular 
orasida  shahar  hokimiyati  binosi  —  «pritaney»  va  jamoat  yig‘inlari  zali  -  «bulevteriy» 
o‘zining  mahobatli  shakli  va  o‘lchamlari  bilan  ajralib  turadi.  Shaharlarda,  shuningdek, 
jismoniy  mashqlar  va  musobaqalar  o‘tkazish  uchun  gimnasiy  va  stadionlar  qurilgan. 
Masalan,  Afina,  Olimpia  va  Epidavrdagi  stadionlar.  Qadimgi  Yunonistonda  Olimpiya 
o‘yinlariga  asos  solingan.  Stadionlar  asosan  tabiiy  chuqurlikdan  foydalanilgan  holda 
qurilgan. Qadimgi Yunoniston shaharlarida turli tomoshalar uchun ochiq teatr inshootlari 
qurilgan. Teatr inshooti uchun odatda tog‘oldf qoyalaridan foydalanib, o‘rindiqlar yarim 
ayiana  shaklida  toshlardan  tayyorlanib,  sahna  vazifasini  bajaruvchi  aylana  maydoncha  - 
«orxestra»  balandroq  qilib  joylashtirilgan.  Epidavrdagi  eramizdan  avvalgi  IV  asrda 
qurilgan teatr diametri 1 metrni tashkil qiladi. Priyenadagi e.a. III asrda qurilgan va Pergam 
shahridagi eramizdan avvalgi II asrda qurilgan teatr inshootlari hozirgacha saqlanib kelgan. 
Jamoat binolari kompozitsion jihatdan ochiq turda qurilishiga qarama-qarshi xususiy 
turar joy binolari yopiq kompozitsion xususiyatga ega. Turar joy binolari asosan ichki hovli 
atrofida joylashtirilib, bino oldida ayvonlar qurilgan. Shuning uchun bu turdagi turar joy 
«peristil» hilidagi imorat nomini olgan. Peristil turi asosan ellinizm  davrida rivojlangan. 
Undan oldin esa «pastada» turidagi turarjoy imorati ham ichki hovli atrofida qurilib, faqat 
shimol  tomonidan  ustunli  ayvonga  ega.  Odatda  turarjoy  imoratlari  guruhlashtirilib, 
kvartallarga birlashgan. 
Arxaik  va  klassik  davrda  shaharsozlikda  erkin  joylashtirish  keng  tarqalgan  bo‘lib, 
bunga  Afina  shahri  joylashuvi  misol  bo‘la  oladi.  Ellinizm  davrida  esa  shaharsozlikda 
to‘g‘ri  to‘rt  burchakli  bo‘linishga  asoslangan  «Gippodam»  sistemasi  keng  tarqaladi.  Bu 
sistema  bo‘yicha  ko‘chalar  geometrik  shakli  to‘g‘ri  qilib  olinadi,  bir  yoki  ikki  ko‘cha 


 
21 
o‘zining  kengligi  va  ahamiyati  asosida  asosiy  qilib  tanlanib,  jamoat  markazlari  shu 
ko‘chalarda joylashtiriladi. Shahar atroflari baland qal‘a devorlari bilan o‘ralib, darvozalar 
mustahkamlanadi.  Bu  davrda  shaharlar  sopol  quvurlar  orqali  suv  bilan  ta‘minlanadi  va 
yerosti kanalizatsiya ariqlari ishlatilgan suvni shahardan tashqariga olib chiqadi. Bu ishlar 
natijasida  shaharlar  obodonchiligi  yuqori  darajaga  yetkaziladi.  Aleksandriya,  priyena. 
Mitet, Olinf, Pergam shaharlari aholisi qariyb 500 ming kishini tashkil qilgan. 
Shaharsozlik  rivojlanishi,  asosan,  Aleksandr  Makedonskiyning  harbiy  yurish  va 
g‘alabalari  natijasida  Yunonistonga  katta  boylik  keltirilishi  bilan  bog‘liq  edi.  Buning 
natijasida  esa  shaharda  joylashgan  bino  va  inshootlar  turlarida  ham  katta  o‘zgarishlar 
amalga oshiriladi. Savdo markazlari - «agora» atrofi ustunli ayvonlar bilan o‘raladi, shahar 
markazida jamoat binolari - yig‘inlar o‘tkaziladigan zal -«bulevteriy», mahalliy hokimiyat 
binosi-  «bulevteriy»;  maktablar,  kutubxona  binolari  mahobatli  qilib  quriladi.  Bino  va 
inshootlar  shakli  va  kompozitsion  tuzilishi  boshqa  (zabt  etilgan  xalqlar)  arxitekturasi 
yutuqlari bilan qo‘shilib,  yangicha ko‘rinish hosil qiladi.  Klassik order  sistemasida ham 
o‘zgarishlar amalga oshiriladi. Doriy order sistemasi o‘rnini ioniy order sistemasi va korinf 
order sistemasi egallaydi. Order sistemalarida sharq arxitekturasi uslublari qo‘llaniladi. 
Illunizm  davrida  binoning  badiiy  xususiyatlari  ko‘proq  erkin  kompozitsiya,  antiqa 
g‘oyalar  va  turli  haykallar  bilan  bezatilishi  bilan  xarakterlanadi.  Masalan,  Pergam 
shahridagi  Zevs  ibodatxonasi.  Bu  bino  eramizdan  avvalgi  180-yilda  qurilgan  bo‘lib, 
binoning pastki devor qismi to‘iliq haykaltaroshlik namunalari bilan bezatilgan. 
Afinadagi  Shamol  minorasi,  Bassadagi  Appolon  ibodatxonasi  va  boshqa  binolarda 
order  sistemasi  ishlatilishida  bir  qancha  yangiliklar  kiritiladi.  Ustunlar  kapiteliga  akant 
o‘simligi shakli berilgan bo‘lib, natijada korinf order sistemasi yaratilgan. 
 

Download 5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish