7
ega emasmiz. Bizgacha yetib kelgan oz sonli yozma manbalarda ular haqida
ma’lumot berilmaydi. Shuning uchun bo’lsa kerak, yuqorida ta’kidlab o’tilganidek
ayrim arxivshunoslar O’rta Osiyoda to Rossiya istilosiga qadar maxsus arxivlar
bo’lmagan degan fikrlarni bildirganlar. Ammo, bu fikrlar haqiqatga to’g’ri kelmaydi.
Avvalo shuni qayd etish kerakki, har qanday davlat hujjatlarsiz faolit
ko’rsatishi amri maholdir. Shunday ekan, Ahmoniylar, Yunon-Baqtriya va Kushon
davlatlarida zamonigacha kechgan davrda ham arxivlar bo’lgan, lekin ular bizgacha
yetib kelmagan yoki hozirga qadar topilmagan. Bundan keyingi arxeologik
tadqiqotlar jarayonida O’rta Osiyoda eng qadimiy arxivlarning topilishi ehtimoldan
holi emas.
Vatanimiz hududida qadim zamonlarda arxivlarning mavjud bo’lganligi 1948-
1950 yillarda Xorazmdagi Tuproqqal’a xarobasida S. P. Tolstov boshchiligida olib
borilgan arxeologik qazishmalar paytida isbotlandi. Bu yerda milodiy III-IV asrlarga
oid xorazm tilida yozilgan 100 ga yaqin hujjat topildi.
Bu hujjatlar Xorazm podsholari arxiviga tegishli ekanligi aniqlandi. Ularning
18 tasi yog’ochga, ko’pchiligi oshlangan charmga yozilgan. Hujjatlarning 8 tasi
yaxshi saqlangan. Hozirgi kunga qadar 100ga yaqin hujjatdan atigi 26 tasini olimlar
o’qishga muvaffaq bo’ldilar.
Tuproqqal’a arxiv hujjatalarining 2 guruhga bo’lish mumkin. Birinchi guruhga
soliq hujjatlari kiradi. Ular yog’ochga yozilgan. Ikkinchi guruh (teriga yozilgan)
asosan xo’jalik hujjatlari bo’lib, ularga podsho xazinasiga tushgan jarimalarning
nomi, miqdori hamda qayerdan kelganligi yozib qo’yilgan.
Shunday qilib, tarixiy faktlar O’rta Osiyoda arxivlar qadimgi zamonlardan
mavjud bo’lganligini ko’rsatmoqda.
Ilk o’rta asrlarda O’rta Osiyo hududida mavjud bo’lgan
mayda davlatlarda arxivlar mavjud edi. Bu fikrni 1932-
1933 yillarda hozirgi Tojikiston Respublikasi Panjikent
nohiyasidagi Mug’ tog’ida joylashgan qadimgi qasr
xarobalaridan topilgan so’g’d arxivi to’la tasdiqlaydi. Mug’ tog’idagi so’g’d arxivi
deb ataluvchi bu majmua VII asr oxiri va VIII asr boshlariga oid 80 ga yaqin noyob
hujjatni o’z ichiga oladi. Ular So’g’d podsholigiga tobe bo’lgan Panj hokimi saroyi
hamda turli viloyatlar hokimlari va amaldorlarga tegishli hujjatlar yig’indisidan
iborat. Arablarga qarshi kurash jarayonida Panj hokimi, bir muddat So’g’d podsholigi
taxtiga da’vogarlik qilgan Divashtich o’z otryadi bilan Mug’ tog’ida joylashgan
mudofaa qasriga chekingan. Shunda saroy hujjatlari ham bu yerga keltirilgan. 722
yilda arablar qasrni shturm bilan olib, uni buzib tashlaganlar. Hujjatlar vayron
bo’lgan qasr ostida qolib ketgan va 1210 yil o’tgandan so’ng topildi. So’g’d arxivi
hujjatlari yurtimizning ilk o’rta asrlar tarixiga doir g’oyat muhim ma’lumotlar beradi.
Arab halifaligi hukmronligi tugatilgandan so’ng Movarounnahrda tashkil
topgan Somoniylar davlatida arxivlar tashkil etiladi. Mashhur olim Abu Ali Ibn Sino
o’z tarjimayi holida saltanat poytaxti – Buxoroda ulkan kutubxona-arxiv mavjud
bo’lganligini qayd etadi. Ishonch bilan aytish mumkinki, Qoraxoniylar va
Xorazmshohlar
davlatlarida,
mo’g’ullar hukmronligi davrida, Temuriylar,
Shayboniylar va Ashtarhoniylar zamonida ham arxivlar faoliyat ko’rsatgan. Lekin
Do'stlaringiz bilan baham: