Alimov A. va b. Arxivshunoslik: O’quv qo’llanma. Toshkent, 1997.
Tileukulov G. S. Arxivnoye delo v Uzbekistane (1918-1980): opqti i problemq.
zaruratga aylandi. Bu esa xalq tarixiy xotirasining ajralmas qismi bo’lmish arxivlar
isbotlagan arxiv tizimi asosan saqlanib qoldi. Bu urushdan keyin shakllanib, asosan
davlat arxivlari, idoraviy arxivlar va shaxsiy arxivlarni o’z ichiga olgan tizimdir.
Mustaqillik yillarida faqatgina sobiq partiya (KPSS) arxivlari qayta tuzildi.
Toshkentdagi sobiq O’zkompartiya Markaziy Komiteti arxivi va viloyatlar partiya
komitetlari arxivlari negizida Prezident Devoni arxivi va uning viloyatlardagi
Mustaqillik yillarida respublika arxivlari faoliyatida chuqur sifat o’zgarishlari
ro’y berdi. Eng avvalo 1999 15 aprelda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
tomonidan qabul qilingan “Arxivlar to’g’risida”gi Qonunni eslab o’tish joizdir. Bu
qonun arxivlar faoliyatining huquqiy negizidir. Mazkur qonunda Dalvat arxiv fondi,
hujjatlariga bo’lgan mulkdorlik, hujjatlarni saqlash tartibi, davlat arxivlarini
moliyalash, arxivlarni yangi hujjatlar bilan to’ldirish, hujjatlardan foydalanish kabi
masalalar o’z yechimini topgan. Qonunda O’zbekiston Respublikasining hozirgi
21
zamon arxiv tizimi o’z aksini topdi.
O’zbekistonning hozirgi zamon arxiv tizimi idoraviy
arxivlar, davlat arxivlari va shaxsiy arxivlardan iborat.
O’zbeiston Respublikasida davlat hokimiyati va
boshqaruv organlari, korxonalar, muassasalar va
tashkilotlar qoshida hujjatlarni vaqtincha saqlash,
ulardan xizmat, ishlab chiqarish, ilmiy va boshqa maqsadlarda foydalanish maqsadida
idoraviy arxivlar tashkil etilgan. Qonunda belgilanganidek, zarurat tug’ilganda
idoraviy arxiv o’rniga birlashgan idoraviy yoki idoralararo arxivlar ham tuzilishi
mumkin. Idoraviy arxivlarda hujjatlar vaqtincha saqlanadi. Belgilangan muddatdan
so’ng idoraviy arxivlarning hujjatlari davlat arxiviga topshiriladi. Hujjatlarni idoraviy
arxivlarda saqlash, ulardan foydalanish va o’z vaqtida davlat arxivlariga topshirish
uchun mazkur idora yoki muassasa rahbarlari javobgardirlar. Idoraviy arxivlarning
faoliyati, hujjatlarni idoraviy arxivlardan davlat arxivlariga o’tkazish tartibi “Arxivlar
to’g’risida”gi Qonun va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh Arxiv boshqarmasi
tasdiqlagan nizomlar asosida amalga oshiriladi.
Idoraviy arxivlarda hujjatlar nizomlarda belgilangan muddat davomida
saqlanadi. Bu muddatning qancha davom etishi u yoki bu muassasaning ish faoliyati
xususiyatlari bilan bog’liqdir. Shahar, tuman va qishloqlar muassasalarning idoraviy
arxivlarda hujjatlar 5 yil davomida saqlanadi. Viloyat muassasalari va tashkilotlari
hujjatlari ularning arxivlarida 10 yil davomida saqlanishi mumkin. O’zbekiston
Respublikasi oliy davlat va hokimiyat boshqaruv organlarining hujjatlari idoraviy
arxivlarda 15 yil davomida saqlanadi. Tashqi ishlar vazirligi hujjatlari 30 yil
davomida, fuqarolik holatlarini qayd etish (ZAGS) hujjatlari esa 75 yil davomida
idoraviy arxivlarda saqlanishi nazarda tutilgan. Mavjud nizomlarga binoan shaxsiy
tarkibga doir hujjatlar idoraviy arxivlarda 40 yil davomida saqlanishi kerak.
Idoraviy arxivlar davlat arxivlarini yangi hujjatlar bilan to’ldirib boruvchi
asosiy manbadir.
O’zbekiston Respublikasining hozirgi zamon davlat
arxiv tizimi respublikaning siyosiy-ma’muriy tuzilishi
negizida tashkil etilgan. Respublika davlat arxiv
tizimiga quyidagi arxivlar kiradi:
1.
Qoraqalpog’iston Respublikasi markaziy davlat arxivi, viloyat davlat arxivlari
va ularning filiallari, Toshkent shahar davlat arxivi;
2.
Respublika Markaziy davlat arxivlari
Hozirgi kunda Qoraqalpog’iston Respublikasi markaiy davlat arxivi, Andijon,
Do'stlaringiz bilan baham: